Siyosiy axborot - siyosiy munosabatlaming statika va dinami-
kasi, davlatning siyosiy yo'nalishi, siyosiy partiyalar va jamoat
birlashmalarining faoliyati, siyosiy arboblarning imiji, jamiyat si
yosiy tizimining barcha elementlari haqidagi axborotlar. Uning tur
xili - tashqi siyosiy axborot - davlatning tashqi siyosiy kursi,
tashqi siyosiy aksiyalar, mojarolar, xalqaro munosabatlaming ah-
voli haqidagi axborotlardir. Shu bilan birga, bir vaqtning o'zida
ham siyosiy bo'lgan, ya’ni «ikki tomonlama bo'ysunadigan» siy
osiy axborotlar ham mavjud. Bunga davlat tili to'g'risidagi (4-
modda), O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda ishti-
roki to'g'risidagi (17-modda) konstitutsiyaviy normalar misol bo'lishi
mumkin. Siyosat sohasidagi axborot oqimlari tartibga solinmagan
bo'lib, ko'p jihatdan xaotik xususiyatga egadir. Siyosiy tizimni
axborot bilan ta’minlash qonun chiqaruvchi organlar (Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi)ni ham, jamoat birlashmalarini ham, siyosiy