|
Reja: Kirish Asosiuy qism
|
bet | 1/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 52,89 Kb. | | #253527 |
Bog'liq Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.
Reja:
Kirish
Asosiuy qism
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning koreya bilan diplomatik munosabatlari.
KOICAning O‘zbekistonda texnik hamkorligi
2017-yildan Janubiy Koreya va O’zbekiston Respublikalari o’rtasidagi munosabat
Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlaming o’rnatish bosqichlari
O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining iqtisodiy aloqalarning asosiy yo’nalishlari tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Osiyo mintaqasi davlatlarida ichida O’zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu nafaqat O’zbekiston Respublikasi, balki, Janubiy Koreyalik hamkorlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Aytib o’tish joizki, “Hozirgi vaqtda Koreya va O’zbekistonning hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Ikki davlat o’rtasidagi manfaatli iqtisodiy aloqalar har tomonlama foydalidir: O’zbekiston ishchi kuchi va resurslarga boy mamlakat, Koreya esa ishlab chiqarish texnologiyalari va qisqa davrda tez sur’atlar bilan rivojlanish tajribasiga ega”dir.1
O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Ikki xalqning madaniyati, mentaliteti o‘xshash. Taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan koreyslar o‘zbeklar bilan do‘st-birodar bo‘lib ketgan, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan. Koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida, mahalliy Kengashlarda, boshqaruv organlarida, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yuritayotir.
Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda ko‘p sonli koreys diasporasi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu millat vakillari MDHda eng yirik diaspora bo‘lib (180 mingdan ziyod), nufusi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Joriy yilda koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda yashayotganining 80 yilligi keng nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi aloqalari 2006-yilda imzolangan Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2014-yilda qabul qilingan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va boshqa muhim hujjatlar asosida izchil rivojlanmoqda. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi strategik sheriklardir. Janubiy Koreya yuksak darajada taraqqiy etgan, ulkan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlat sifatida dunyoda e’tibor qozongan. Ochiqlik, o‘zaro anglashuv va manfaatlarga hurmat asosida qaror topgan hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz, dedi davlatimiz rahbari.
Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan qutlab, oliy darajadagi an’anaviy muloqotlarni davom ettirish va yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston bizning eng yaqin hamkorlarimizdan biri bo‘lib, turli sohalardagi aloqalarimiz izchil rivojlanib borayotganidan mamnunmiz. Janubiy Koreya bugungi kunda butun Yevrosiyoda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. Markaziy Osiyoda asosiy o‘ringa ega O‘zbekiston ushbu rejaning markazidadir, dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri 14 marta davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda ushbu muloqotlar yanada faollashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarida va gumanitar sohada o‘z aksini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi siyosiy munosabatlari xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlash ruhida davom etmoqda. Tomonlarning global hamda mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha yondashuvlari o‘xshash yoki yaqindir.
Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildilar.
Bugungi kunda hukumatlar, vazirlik, idora, moliya, bank institutlari va biznes tuzilmalari o‘rtasida mustahkam munosabatlar tobora kengayib bormoqda. Parlamentlararo aloqalar rivojlanib, Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari doimiy ravishda o‘tkazilmoqda. Koreya Respublikasi Osiyo – Tinch okeani mintaqasida O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklaridan biridir. 2016-yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi. Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasida O‘zbekiston ulushi qariyb 50 foizni tashkil qiladi.
Oliy darajadagi uchrashuvda ayni paytdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanishi ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan izchil islohotlar zamirida xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ezgu g‘oya mujassam ekanini ta’kidlar ekan, Koreya Respublikasida ham davlatning haqiqiy egasi xalqdir, degan g‘oya uyg‘unligiga e’tibor qaratdi. Koreya Respulikasi Prezidenti ham O‘zbekistonda xalqchil va oqilona siyosat olib borilayotgani, bu mamlakatning izchil taraqqiyotida muhim omil bo‘lishini qayd etdi.
|
| |