|
-yildan Janubiy Koreya va O’zbekiston Respublikalari o’rtasidagi munosabat
|
bet | 4/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 52,89 Kb. | | #253527 |
Bog'liq Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.2017-yildan Janubiy Koreya va O’zbekiston Respublikalari o’rtasidagi munosabat
2017-yildan Janubiy Koreya va O’zbekiston Respublikalari o’rtasidagi munosabat yanada yuqoriga ko’tarildi. 2016-yil dekabr oyida prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev Miromonovich bu munosabatning sababchisi bo’ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22 – 25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu tashrif davomida Koreya O’zbekiston diplomatik munosabatlari o’rnatilganligining 25-yilligi ham munosib nishonlandi. Ushbu davlat tashrifi natijalari bo‘yicha Strategik hamkorlikni har tomonlama kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi, davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi 20 dan ziyod kelishuvlar hamda qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda jami 64 ta hujjatlar imzolandi. Ulardan 4 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri koreys investitsiyalari hisoblanadi. 2017-yil 22-25-noyabr kunlaridagi tashrif ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamladi deya to’liq aytishimiz mumkin. Chunki, Koreya SH.M. Mirziyoyev tashrif davomida aytgan: “Koreyada ishlash maqsadida kelgan o’zbeklarning Koreyada tug’ilgan farzandlari koreys tilida a’lo darajada gapirayapti.” degan gaplari munosabatlar yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, dastlabki uchrashuvdanoq SH.M. Mirziyoyev: “Koreya va O’zbekiston davlatlarini aka-uka davlatlar” sifatida ta’kidlashi munosabatlarini yaxshilashdan dalolat beradi. Ikki davlat o’rtasida parlamentlararo almashinuv ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. 1995-yilda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida “KoreyaO‘zbekiston” do‘stlik Assotsiatsiyasi tuzildi. 2005-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Koreya bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus guruh ta’sis etildi. 2017- yilning sentabrida Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunning O‘zbekistonga, 2018-yilning fevralida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilovning Koreya Respublikasiga tashriflari amalga oshirildi. 1992-yildan beri Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat olib bormoqda va tanlov asosida Koreyada til o‘rganish bo‘yicha amaliyotlar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazib kelmoqda. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va Samarqand Davlat jahon tillari institutida koreys tili va madaniyati hamda kompyuter markazlari ish olib bormoqda. Respublika bo‘yicha jami 13 oliy o‘quv yurtida, 28 maktab, litsey va kollejlarda koreys tili o‘rgatiladi6. 1999-yildan “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati ish olib bormoqda. Ushbu jamiyat faoliyati natijasida Koreya va O’zbekiston o’rtasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Misol tariqasida oladigan bo’lsak, O’zbekistonda yashaydigan koreys diaporasini qo’llab-quvvatlanishini aytishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi almanishuvni faollashtirish, qo‘shma ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bunga misol tariqasida olib qaraydigan bo’lgan, O’zR FA akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bolib o’tgan ilmiy ma’ruza va seminarlarni olib qarashimiz mumkin. Aytib o’tish joizki, Janubiy Koreyaning Seul universitetida tarkibida 2009-yildan beri faoliyat ko’rsatayotgan Yevroosiyo va O’rta Osiyo tadqiqotlari markazida7 mustaqillikdan keyingi O’rta Osiyo mamlakatlari tarixi va madaniyatini faol tarzda o’rganishi natijasida O’zbekiston Respublikasi tarixi va madaniyatiga qiziqish ortganini kuzatishimiz mumkin. Faol hamkorlik sport sohasida ham amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda WTF (jahon taekvando federatsiyasi) faoliyat yurimoqda. Bilamizki, taekvondo Koreya Respublikasining milliy sport turi hisoblanadi. Bu sport turiga O’zbekistonda qiziqish ortib borishi ikki davlat o’rtasida munosabatlarning bardavom bo’lishiga ko’makchi hisoblanadi. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikalari o’rtasida o’rnatilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tarixan uncha uzoq bo’lmagan bo’lsa-da, bu ikki davlat munosabatlari ijobiy ekanligini aytishimiz mumkin. Aytish lozimki, hozirgi kunda Janubiy Koreyalik investorlar O’zbekistondagi iqtisodiy tizimni o’rganib, iqtisodiy jihatlarni yaxshilashga yordam berish uchun ko’plab investitsiyalar kiritmoqdalar. Hozirda Koreya Respublikasining O’zbekistonda amalga oshirayotgan eng keng loyihalaridan biri bu Mo’ynoqda olib borilayotgan neftgaz korxonasining qurilishidir. Kelajakda ushbu davlatlar o’rtasida barcha sohalarda hamkorlik bardavom bo’ladi deb to’laqonli aytishimiz mumkin.
2019-yilning 18-aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya imzolandi, muhim kelishuvlarga erishildi va umumiy qiyma’i 12 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlar imzolandi. Ular energetika, neft-gaz, kimyo, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik va yengil sanoat, transport va logistika, infratuzilma, АКТ, raqamli tibbiyot kabi sohalami qamrab oladi. Bulardan, xususan, “Angren” iqtisodiy zonasini “Inchon” erkin iqtisodiy zonasi boshqaruviga o‘tkazish, ommabop dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi kelishuv e’tiborga molik.
2021-yil 28-yanvar kuni pandemiya sababli O‘zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning videokonferensaloqa forma’ida sammiti bo‘lib o‘tdi. Onlayn sammit yakunlari bo‘yicha “to‘rtinchi sanoat inqilobi”ni ilgari surish maqsadida “raqamlashtirish” sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, Janubiy Koreya Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi (EDCF) bilan umumiy qiyma’i 1 mlrd dollar bo’lgan kelishuv, shuningdek, Koreyaning yangi kelishuvi loyihasining asosiy elementi bo‘lgan raqamli va yashil sektorlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Muhim yo‘nalishlarda, shu jumladan, Koreya kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilayotgan farma’sevtika klasteri negizida samarali vaksina va zardoblar, kasalliklami tez va aniq tashxislash tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish taklifi bildirildi.
Bundan tashqari, zamonaviy laboratoriyalar yaratish va chegaralardagi sanitariya nazorati punktlarini modernizatsiya qilish, yuqori malakali vrachlami tayyorlash, tibbiy chiqindilami utilizatsiya qilish korxonalarini tashkil etish, mintaqada epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va barvaqt prognozlashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasini mamlakatimizga raqamli va “yashil” texnologiyalami keltirishda asosiy hamkorlardan biri deb bilishini alohida ta’kidladi.
Oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy meros ob’yektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalami o‘zlashtirilishi ma’lum qilindi.
Bugungi kunga qadar ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 14 raund siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi (oxirgisi 2020 yil 5 noyabrda videocinjumcin shaklida o'tkazilgan). 2018-yil 17 - 18-aprel kunlari Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. 2007-yil noyabr oyidan buyon “Koreya Respublikasi - Markaziy Osiyo” yillik hamkorlik forumi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2020-yil noyabr oyida Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov Forumning 13-yig‘ilishida ishtirok etdi8.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunga qadar Koreya Respublikasining barcha tashabbuslarini qo‘llab-quwatlab kelgan. Xususan, BMT ning irqiy kamsitishni bartaraf etish bo‘yicha Qo‘mitasiga (2018 -2021 yillar), EKOSOS (2016 у.), inson huquqlari Kengashiga (2013 - 2015 y. va 2016 - 2018 y.), xalqaro huquq Komissiyasiga (2017 - 2021 y.), BMTning xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasiga (2013-2019 y. va 2019-2025 y.), xalqaro telekommunikatsiya Ittifoqi Kengashiga (2010 - 2014 y., 2014 - 2018 y. va 2018 -2022 y.), xalqaro telekommunikatsiya Ittifoqi Kengashi telekommunikatsiya standartlashtirish byurosi direktorligiga (2014 y.), Jahon meteorologiya tashkiloti Ijroiya Kengashi a’zoligiga (2011 y., 2015 y., 2019 y.) ilgari surgan nomzodlarini qo‘llab quwatladi.
O‘z navbatida rasmiy Seul ham BMT Bosh assambleyasi doirasida O‘zbekistonning tashabbusi bilan 2018-yilda qabul qilingan ikkita, ya’ni “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkanllash,, hamda “Ta’lim va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi va unga hammualliflik qildi. Shuningdek, Janubiy Koreya 2021 - 2023-yillar davomida O‘zbekistonning BMT inson huquqlari Kengashiga nomzodini qo‘llab-quwatladi.
Hamkorlikning shartnomaviy - huquqiy asoslariga to‘xtaladigan bo‘lsak, respublikalar o‘rtasida 181 ta hujjat imzolangan bo‘lib, ulardan 4 tasi davlatlararo, 53 tasi hukuma’lararo, 75 tasi idoralararo va 49 tasi boshqa hujjatlar (xalqaro shartnoma maqomiga ega bo‘lmagan xalqaro hujjatlar).
Koreya Respublikasi O‘zbekistonning Osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari savdo hamkorlari orasida yetakchi o‘rinlami egallaydi. Xususan, 1992-yilda imzolangan savdo bitimiga muvofiq mamlakatlar o‘rtasida eng qulay afzalliklar rejimi o‘rnatilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar yildan yilga o‘sib borishi tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam “poydevor”ga egaligi bilan ajralib turadi.
|
| |