Moliya-texnikaviy ko‘mak sohasida Koreya Eksimbanki iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik Fondi (EDCF) tizimidagi hamkorlik doirasida




Download 52,89 Kb.
bet6/8
Sana25.05.2024
Hajmi52,89 Kb.
#253527
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.

Moliya-texnikaviy ko‘mak sohasida Koreya Eksimbanki iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik Fondi (EDCF) tizimidagi hamkorlik doirasida:
- 2014 - 2017 y. - 179,5 million AQSh dollarli 4 ta loyiha;
- 2018 - 2020 y. - 659,4 million AQSh dollarli 7 ta loyiha;
- 2021 - 2022 y. - 1,37 milliard AQSh dollarli 12 ta loyiha amalga oshiriladi.
Undan tashqari, Xalqaro Hamkorlik bo‘yicha Koreya Agentligi (KOICA)
yo‘nalishidagi texnik hamkorlik O‘zbekistonga beg‘araz asbob-uskunalar taqdim etish, mutaxassislar va xodimlarni Koreya Respublikasida o‘qitish, koreys ekspertlari va ko‘ngillilami O‘zbekistonga yuborish yo‘nalishlarida amalga oshirmoqda. Xususan, 1995 - 2020-yillar mobaynida KOICA yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasiga ko‘rsatilgan beg‘araz yordamning umumiy hajmi 130 million AQSh dollami tashkil qilib, mablag‘lar sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalar, kommunal xo‘jalik,
qishloq va suv xo‘jaligi, energetika sohalaridagi loyihalami amalga oshirishga maqsadida yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqaro siyosat maydonida bir-birining tashabbuslarini yoqlab, bir-birini qo‘llab-quvvatlab keladi. Xususan, Li Myon Bak 2018 yilda bo‘ladigan Qishki olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun Pxyonchxan shahri nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik izhor etdi.
O‘zbekiston Seulning Koreya yarimorolidagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish masalasiga yondashuvini, Koreya Respublikasi rahbariyatining “Yangi Osiyo diploma’iyasi” tashabbusi hamda energetik strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston rahbari tashabbusining samarasi - Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hududga aylangani Koreya Respublikasida yuksak qadrlanadi. Ta’kidlash joizki, Islom Karimov va Li Myon Bak Shimoliy Koreyaning yadrosizlantirilishi Shimoli- Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim sharti ekani borasida hamfikrdir.
O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya o‘rtasida 20 yil mobaynida diploma’ik munosabatlar rivojlanib va shakllanib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonning yirik investorlaridan biri bo‘lgan Koreya Respublikasi quyidagi miqdorda investisiyalar kiritdi va ularning o‘zlashtirib bormoqda9.
O'zbekiston Respublikasiga Koreya Respublikasining to'g'ridan - to'g'ri investisiyalarining umumiy hajmi $5 mlrd.dan oshdi, xususan $2 mlrd.dan ortig'i o'zlashtirildi. Koreya eksport-import bankining (Eksimbank) Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi liniyalari bo'yicha O'zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarning umumiy hajmi $103,13 mln.ni tashkil etadi.


Download 52,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 52,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliya-texnikaviy ko‘mak sohasida Koreya Eksimbanki iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik Fondi (EDCF) tizimidagi hamkorlik doirasida

Download 52,89 Kb.