|
Kurs ishining maqsad va vazifalari
|
bet | 2/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 52,89 Kb. | | #253527 |
Bog'liq Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Koreya Respublikasi iqtisodiy tizimini o'rganish hamda tahlil qilish mazkur kurs ishining maqsadi hisoblanadi . Shunga ko'ra kurs ishining vazifalari quyidagicha:
- O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlarini mohiyati, funksiyalari va asosiy tushunchalarini ochib berish;
- O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik tushunchasi va uning davlat tomonidan tartibga solinishini o'rganish;
-rivojlangan mamlakatlarda sug'urta faoliyatining xususiyatlari, tartibga solish mexanizmlari va tendensiyalarini tahlil qilish;
-Koreya Respublikasi iqtisodiy tizimining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish;
-O'zbekiston diplomatik tizimini takomillashtirishda Koreya Respublikasi tajribasidan foydalanish istiqbollarini aniqlash.
Mazkur kurs ishining predmeti - O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari, Koreya Respublikasida sug'urta tizimining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish munosabatlari olindi, sug'urtaning o'ziga xos xususiyatlari hamda yo'nalishlari kurs ishining obyekti bo'lib hisoblanadi. Kurs ishining axborot bazasi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va asarlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, iqtisodiy adabiyotlar, internet saytlari va statistik ma'lumotlar, shuningdek, sug'urta xizmatlarini ko'rsatish sohasiga bag'ishlangan manbalar xizmat qiladi
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Kurs ishi tarkibi kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.
Koreya Respublikasi Osiyo-Tinch mintaqasi davlatlari orasida birinchi bo’lib 1991-yil 30-dekabrda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi. Shunday keyin O’zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o’rtasida 1992-yil yanvar oyida diplomatik musobatlar o’rnatildi va hozirgacha barcha sohalarda keng hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda hukumat rahbarlarining davlat tashriflari muhim o’rin tutadi. Xususan, 1992-yilda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Seulga qilgan rasmiy tashrifidan so’ng ikki davlat o’rtasida o’zaro hamkorlikka asos solindi. Dastlabki tashrifdanoq “O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to’g’risida” shartnoma imzolandi.2 Ushbu shartnoma orqali ikki mamlakat o’rtasida turli sohalarda (savdo, madaniyat, ta’lim, OAV, turizm va sport) uzoq muddatga mo’ljallangan hamkorlikka kelishib olindi. 1994-yilda esa Koreya Respublikasi Prezidenti Kim Yon Samning O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi. Ushbu tashrif davomida Buxoro shahrida “Goldstar” firmasi bilan hamkorlikda eng so’nggi rusumdagi televizorlarni yig’ish zavodining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bundan tashqari, to’qimachilik sanoati va farmasevtika sohalarida faoliyat yurituvchi qo’shma korxonalar ishga tushdi. 1993-yili ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining 83 million AQSH dollarni tashkil etishi, 1994-yilda ushbu ko’rsatkichning 2,5 barovar o’sib, 200 million AQSH dollariga teng bo’lishi, 1995-yilga kelib esa 200 millon AQSH dollaridan ham oshib ketishi o’zaro hamkorlikning natijasi bo’ldi3. Ma’lumki, Koreya va O’zbekiston Respublikalarining birgalikdagi eng yirik loyihasi bu-O’zDEU avto qo’shma korxonasidir. Ushbu korxona 1995-yil 25- martdan Andijon viloyatining Asaka shahrida avtomobil ishlab chiqara boshladi. 1999-yil 4-6-oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Seulga qilgan rasmiy tashrifi doirasida qo’shma kompaniyalar sonini yanada ko’paytirish, koreys ishbilarmonlariga imkon qadar imtiyozlar yaratib berish xususida kelishib olindi. Xususan, Koreyaning “Ay Di Em” to’qimachilik korxonasi bilan birgalikda qo’shma korxona ochishga qaror qilindi. Shuningdek, mazkur tashrif Koreyadagi bir qancha vazirlik va tadbirkorlar bilan uchrashdilar. 2001-yil 23-avgustda Farg’onada “Kabul tekstayl” qo’shma korxonasi ishga tushdi. Birinchi Prezident 2001-yil 16- avgustda Koreya savdo vaziri Du Yun Xvangni qabul qildi. Respublikamizda 2001-yilga qadar mazkur mamlakatning 20ga yaqin yirik kompaniyasi faoliyat ko’rsatardi va bu ko’rsatkich 2001-yilda kelganda 100 tani, 2011 yilda esa 400 tani tashkil qilmoqda. 2005-yilning 10-12-may kunlari Koreya prezidenti No Mu Xyon mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif chog’ida No Mu Xyon savdo-iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi: “Bu galgi tashrifimdan ko’zlangan asosiy maqsad, 1992-yilda mamalakatlarimiz o’rtasida o’rnatilgandan beri rivojlanib kelinayotgan ikki tomonlama aloqalarga baho berish va har jihatdan kelajakka qaratilgan hamkorlikni mustahkamlashdir… Shuningdek, ikki tomonlama rivojlantirishda o’ziga xos ko’prik vazifasini o’tovchi 200 minglik koreyslar diasporasi vakillari bilan ham, uchrashish niyatidaman”4 Ushbu tashrifda o’zaro munosabatlarning 2005-yilga qadar bo’lgan holatini tahlil etish va istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko’rildi. 2005-yilga qadar O’zbekistonda Janubiy Koreyaning 28 ta yirik firma va kompaniyalarining vakolatxonalari faoliyat ko’rsatayotgani diqqatga sazovordir. Shuningdek, 2009-yilning dekabr oyida “LG electronics” kompaniyasi tomonidan Samarqanddagi “Sino” ma’suliyati cheklangan jamiyat negizida “LG” markazi ostida muzlatgichlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bundan tashqari 2008-yilda “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “DAEWOO international” kompaniyalari o’rtasida Ustyurt mintaqasi hududida geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilishi kelishib olindi. 2008-yil fevral oyida “Fonon” MICHB va “Neoplant” kompaniyasi o’rtasida “LG Philips displey” konsoriumi bilan kvars xomashyosini qidirish ishlari va undan texnik kremniy va elektron mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuv imzolandi. Bundan tashqari, “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi va “Korean air” kompaniyaslari o’rtasida Navoiy shahridagi xalqaro aeroport negizida logistika markazini barpo etish bo’yicha hamkorlik bayonnomasi imzolandi. 2012-yilga kelib, davlatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlash 2 mlrd. AQSH dollardan oshib ketdi. Aytib o’tish joizki, Koreya Respublikasi tekstil, yengil sanoat, tog’-metallurgiya, neft-kimyo, elektrotexnika, oziq-ovqat qurilish, energetika, farmasevtika va respublika iqtisodining boshqa sohalarida hamda Surgil bazasidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Navoiy erkin iqtisodiy zonasini, Angren erkin iqtisodiy zonasini rivojlantirishda faol ishtirok etdi. Faol hamkorlik axborot texnologiya sohasida ham rivojlanmoqda. 2014- yilda Koreyaning axborot texnologiyalari bo’yicha nufuzli Inha universitetining Toshkent filiali ochildi. Mazkur ta’lim muassasi Janubiy Koreya Inha universiteti va O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasidagi hamkorlik samarasi bo’lib, yuksak malakali va raqobatbardosh IT menejerlarni tayyorlash maqsadida ochilgan edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-mart, 222-sonli “Transport vositalari yegalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida asosiy maqsad sifatida transport vositalari yegalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish tizimini umuman va uning bevosita ish amaliyoti mexanizmlarini takomillashtirish belgilab qoʼyilgan. Bu yesa oʼz navbatida avtomobil sugʼurtasida sugʼurta qoplamalari dinamikasini tahlil qilish usullarini takomillashtirish zaruriy yehtiyoj yekanligini koʼrsatib bermoqda.5
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga bo‘lgan talab kuchaya boshladi6. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Tashqi siyosiy yo‘nalishda mustaqil O‘zbekiston tez sur’atlarda rivojlanayotgan dunyoning barcha davlatlari bilan, shu bilan birga Koreya Respublikasi bilan ham yaqindan hamkorlik qilishga urg‘u bermoqda.
Koreya Respublikasi O‘zbekistonning mustaqilligini birinchilardan bo‘lib, ya’ni 1991-yilning oxirlarida tan olgan, diploma’ik aloqalar 1992-yil 29-yanvarda o‘rnatilgan. 0‘tgan 30 yillik davr mobaynida har ikki tomon davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi 17 ta uchrashuv o‘tkazilgan. Ushbu uchrashuvlaming har birida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalami rivojlantirish yuzasidan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kelishuvlarga erishganlar.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida 2006-yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
2014-yilda esa Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Ushbu hujjat respublikalar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy
hamda madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlami sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini yaratdi.
Ikki mamlakatning siyosiy munosabatlari haqida so‘z ketganda, awalo, davlat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlikni ta’kidlash kerak. Bu do‘stlik Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak Seul meri bo‘lgan yillari boshlangan. 2008-yilda Li Myon Bak prezident saylovida g‘alaba qozonib, davlat rahbari lavozimini egallagach, inauguratsiya marosimiga oliy faxriy mehmon sifatida O‘zbekiston rahbarini taklif etdi. 2009-yilning may oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari Toshkentda uchrashdilar. Davlat rahabarlarining har bir uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalami yanada mustahkamlab bordi.
So‘nggi to‘rt yil davomida esa O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi boy va sermazmun siyosiy muloqotga asoslangan holda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
O'zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko'ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo'lida maqsadi mushtarak davlatlardir. Tarixdan ma'lumki, mamlakatlarimiz Buyuk ipak yo'li davrlaridan boshlab o'zaro bordi-keldi qilgan. Samarqanddagi "Afrosiyob" muzeyida saqlanayotgan devoriy suratlarda VII asr o'rtalarida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya - Choson elchisini qabul qilish marosimi aks ettirilgani bunga yorqin misol bo'la oladi.
Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o'tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo'nalishlarda izchil rivojlanmoqda7.
|
| |