|
KOICAning O‘zbekistonda texnik hamkorligi
|
bet | 3/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 52,89 Kb. | | #253527 |
Bog'liq Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.KOICAning O‘zbekistonda texnik hamkorligi
1995 yildan beri O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan Xalqaro hamkorlik bo'yicha Koreya Agentligi (KOYKA) orqali Koreya Respublikasi Hukuma’ining texnik yordami doirasida hamkorlik faol rivojlanmoqda. Bugungi kunda KOYKA dasturi liniyalari bo'yicha Koreya Respublikasida O'zbekiston vazirlik va idoralarining 1240 nafardan ortiq vakillari malaka oshirib qaytdilar.
Ikkitomonlama hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari sifatida "Navoy" EIIZ doirasidagi loyihalarni amalga oshirilishi hisoblanadi. EIIZ va "Korean Air" kompaniyasi tomonidan boshqariluvchi Navoiy aeroportidagi xalqaro logistik markaz imkoniyatlarining birlashuvi jahon bozoriga tayyor mahsulotni tezda yetkazish va ishlab chiqarishni raqobatbardoshliligini rivojlantirish uchun barcha shart - sharoitlarni yaratmoqda.
Ikki davlat o'rtasidagi o'zaro tovar aylanma hajmi barqaror sur'atlarda oshib bormoqda. 2010 yil yakunlariga ko'ra tovar aylanmasi qariyb $1,614 mlrd.ga yetib, 2009 yil ko'rsatkichlaridan 31,5% ortiqdir. Ikki davlat o'rtasidagi o'zaro tovar aylanmasi joriy yilning birinchi yarmida $780 mln.ni tashkil etdi.
Albatta shularga asosan, tanlangan mavzu dolzarb deb bilsak bo‘ladi. Dolzarblikka asoslangan holda, kurs ishida qo‘yilgan maqsad O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rganib, ularga baxo berish va ushbu munosabatlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashdir. Ushbu ishda qo‘yilgan vazifalar quyidagilardan iborat:
-Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning o’rnatish bosqichlarini o’rganib chiqish;
- O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining iqtisodiy aloqalarning asosiy yo’nalishlari tahlil qilish;
- O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining iqtisodiy aloqalarning asosiy yo’nalishlari istiqbollarini belgilab berish.
Shuningdek, bugungi kunga qadar KOICAning texnik hamkorligi doirasida O‘zbekiston vazirliklari va idoralarining 2 000 dan ortiq vakillari Koreya Respublikasida tahsil oldi hamda 70 dan ortiq koreyalik ekspertlar hamda 500 dan ortiq ko‘ngillilari O‘zbekistonda o‘z missiyasini amalga oshirdi.
2007-yildan buyon davlatlarimiz o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik doirasida Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha 31,5 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga yuborildi. Hozirgi kunda Janubiy Koreyada 17 mingga yaqin o‘zbekistonliklar mehnat qilmoqda. Har yili Koreya Hukuma’i tomonidan O‘zbekiston uchun 3-3,2 ming kishi atorofida kvota ajratiladi.
2018-yil sentyabr oyida Koreyaning Kvanju shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi tashkil etildi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik yo‘nalishida ham bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, ta’lim sohasida Toshkentda 1992-yildan boshlab Koreya ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahalliy oliygohlar Koreyaning 45 dan ortiq universitet, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘zbekistonda Koreyaning Inxa, Puchon, Yoju, universitetlari, fililallari hamda Farg‘onada Koreya xalqaro universiteti faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yil 1-fevralda esa Aju universitetining filiali ochildi.
Toshkentda Koreya metodologiyasi bo‘yicha tashkil etilgan 324-sonli maktabgacha taTim muassasasi faoliyat yuritadi.
SogTiqni saqlash sohasidagi hamkorlik doirasida hozirga qadar respublikamizning 400 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari Koreyaning yetakchi klinika va markazlarida malakasini oshirdi. 2019-yil aprel oyida sogTiqni saqlash sohasida O‘zbekiston-Koreya hamkorlik markazi tashkil etildi.
2020-yil may oyida EDCF fondi ko‘magida Toshkentda qiyma’i 130 million AQSh dollarli “Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi” qurilishi yakunlandi. Bugungi kunda Koreya tomoni bilan qiyma’i 150 million AQSh dollarli “Kattalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi” hamda 150 million AQSh dollarli “Onkologik klinika” qurilishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Ikki davlat o‘rtasida madaniyat sohasida aloqalar ham izchillik bilan davom etmoqda. 2014-yilda Toshkentdagi
“Do‘stlik bog‘i” hududining bir qismida Seul bog‘i tashkil etildi. 2018-yil oktyabr oyida Seulda “O‘zbekiston madaniyati haftaligi” tashkil etildi.
2019-yil mart oyida “Koreya - Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati tomonidan tashkil yetilgan “Seulda Navro‘z” xalqaro festivalida" “Navro‘z” va “Lazgi” ijodiy guruhlari ishtirok etdi. 2019-yil aprel oyida Toshkentda Koreya madaniyati va san’ati uyi faoliyatini boshladi. Toshkent ko‘chalaridan biri “Seul” deb nomlandi.
Turizm sohasida 2018-yil 10-fevraldan buy on O‘zbekistonda Koreya Respublikasi fuqarolari uchun 30 kunga qadar vizasiz rejimi joriy etildi. 2019-yilda Janubiy Koreyalik mashhur aktrisa Li Yong-aye O‘zbekistonning Koreyadagi sayyohlik elchisi etib tayinlandi.
2020-yil davomida O‘zbekistonga 6 489 ta Koreya fuqarosi tashrif buyurdi (2019-yilda - 35 524 ta, 2018-yilda - 27 269 ta).
Bugungi kunda, hamkorlikning yangi yo‘nalishi sifatida O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining nomutanosibligini tenglashtirish hamda eksport-import operatsiyalari nomenklaturasini diversifikatsiya qilish maqsadida ikki davlat o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolanishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
O‘zbekiston bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolanishi to‘g‘risida Koreya Respublikasi Prezidenti 2020-yil 31-dekabrda Koreya xalqiga yo‘llagan yangi yil tabrigida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Erkin savdo to‘g‘risida bitim - xalqaro integratsiyaning bir turi bo‘lib, xalqaro shartnomaga muvofiq ishtirokchi davlatlar o'rtasida o'zaro savdoda bojxona to ‘lovlari, soliqlar, yig'imlar, shuningdek miqdoriy cheklovlar bekor qi/inadi.
Joriy yil 24-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B. Abidov hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligining erkin savdo bitimlari bo‘yicha Bosh direktori Yang Gi Uk videokonferensiya shaklida Erkin savdo to‘g‘risida Bitim loyihasi yuzasidan navbatdagi sessiyalararo muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar Bitim loyihasini ko‘rib chiqdilar hamda ayrim tovarlarga qo‘llanaladigantarif cheklovlarini soddalashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya O‘zbekiston Respublikasini Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida ko‘maklashib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhga Koreya Respublikasining Jahon savdo tashkilotidagi doimiy vakili janob Li Те Xon raislik qiladi. 2020-yil avgust oyida JST kotibiyat bilan Ishchi guruh yig‘ilishining 5 raundi o‘tkazildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 ta korxona, ushbu mamlakatdagi 81 ta kompaniyaning vakolatxonalari ishlamoqda. O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi esa 6 milliard dollardan oshib ketdi. Koreya Respublikasi O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Yurtimiz tashqi savdosining 7,8 foizi aynan Janubiy Koreyaga tegishli bo‘lib, 2014-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida so‘z ketganida, madaniyat va ta'lim sohasidagi hamkorliklar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. 1992-yildan beri Toshkentda Koreys ta'lim markazi faoliyat ko‘rsatib kelayapti. Bir nechta universitet va institutlarda koreys tili va madaniyati markazlari ochilgan. 13ta oliy ta'lim muassasasi, 28ta maktab va litseyda koreys tili o‘rgatilmoqda. O‘zbekiston universitetlari Janubiy Koreyadagi o‘ttizdan ziyod oliy o‘quv yurti va ilmiy ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Tarixiy, madaniy jihatdan ham ko‘plab uyg‘unliklami ko‘rish mumkin. Jafokash koreys xalqi ham o‘zbeklar singari o‘tmishda ko‘p bor bosqinchilar zulmi ostida yashashga, ularga qarshi qon va jon kurashini olib borishga majbur bo‘lgan. Ana shunday qiyinchiliklar evaziga bo‘Isa kerak, koreyslar hozirgi tinch va faro von muhitda ham o‘zlarining mehnatsevarligi, tirishqoqligi bilan ajralib turadi, yangiliklarga qo‘l urib, turmush tarzini yanada farovonlashtirishga intilib yashaydi.
Bugungi murakkab vaziyatda dunyo tinchligi, xavfsizlik va barqarorlik davlatlar hamda millatlarning o‘zaro ishonchi, hamjihatligi va do‘stona aloqalami mustahkam o‘rnatishiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
|
| |