O‘zbekistonga investitsiya kiritgan eng yirik kompaniya




Download 52,89 Kb.
bet5/8
Sana25.05.2024
Hajmi52,89 Kb.
#253527
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.

O‘zbekistonga investitsiya kiritgan eng yirik kompaniya
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’umotlariga ko‘ra 2020-yil yakuni bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2 142,3 million AQSh dollami tashkil qildi. Shundan eksport - 45,5 million AQSh dollarni, import esa - 1 872,7 million AQSh dollami tashkil qildi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyaga eksport qiladigan asosiy mahsulotlari transport, qurilish, turizm xizma’lari (33,5%), yog‘och va yog‘och mahsulotlari (20,6%), to‘qimachilik mahsulotlari (13,4%), kimyoviy mahsulotlar (10,3%), elektr uskunalar va uning qismlari (6,2%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,3%), qurilish ma’eriallari (4,1%), yog‘li urug‘lar, mevalar (2,6%) va boshqalar.
Koreyadan keltiriladigan import mahsulotlarining asosiy qismini transport vositalari va ulaming ehtiyot qismlari (41,1%), turli xil mexanik va elektr uskunalar (23,1%), plastmassa va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (5,5%), qurilish ma’eriallari (5,3%), qora metall va undan tayyorlangan mahsulotlar (4,1%), optik uskunalar va apparatlar (3,2%), kimyoviy mahsulotlar (2,4%), kauchuk va rezina mahsulotlari (2,3%) va boshqalar.
Tomonlar investitsion hamkorlik bo‘yicha ham ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Xususan, 1992 - 2020-yillar mobaynida Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollardan ortiq. Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni esa 875 tani tashkil qilib, ulardan 539 tasi - 100% Koreya kapitali ishtirokida shakllantirilgan. Ushbu korxonalaming faoliyati asosan savdo, yengil sanoat, tog‘-kon, kimyo, oziq - ovqat sanoatlariga, mashinasozlik va metalga ishlov berish, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va xizma’lar sohalariga ixtisoslashgan.
O‘zbekistonga investitsiya kiritgan eng yirik kompaniyalar “Koreya milliy neft korporatsiyasi” (KNOC), “Koreya gaz korporatsiyasi” (KoGas), “Daewoo International”, “Korean Air”, “Shindong Enercom”, “Haintex” va “LG” hisoblanadi.
Shu jumladan, “Koreya gaz korporatsiyasi” (KoGas) “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston shimoli-g‘arbidagi Ustyurt yassi tog‘ligida qiyma’i 4 milliard AQSh dollar bo‘lgan gaz-kimyo majmuasini 2016-yilda qurib bitirdi. “Koreya milliy neft korporatsiyasi” esa Farg‘ona vodiysida yangi neft konlarini qidirib topish loyihalarini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 74 ta Koreya kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o‘tgan.

Download 52,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 52,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonga investitsiya kiritgan eng yirik kompaniya

Download 52,89 Kb.