|
Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning o’rnatish bosqichlari
|
bet | 7/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 52,89 Kb. | | #253527 |
Bog'liq Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning Koreya bilan diplomatik munosabatlari.Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning o’rnatish bosqichlari
Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar
28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi10.
Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda 2087 taga etdi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning zamini - 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni bor edi.
Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996 yilga kelib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga erishildi.
1991 yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000 yilda bu ko’rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu
davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.
O‘zbekiston hukuma’i 2012-yilda 3,198 milliard dollar hajmidagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi investitsion dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, mamlakatimizda bu yili jami 144 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi.
Xususan, O‘zbekiston joriy yilda 47 ta loyiha bo‘yicha 900,7 million dollar qiyma’idagi xorijiy kreditlarni hukuma’ kafolati ostida jalb qilishni rejalashtirgan.
Rasmiy Seul O’zbekiston mustaqilligini 1991 yil 30 dekabrda tan olgan. 1992 yil 29 yanvarda diploma’ik aloqalar o'rnatilgan.
Ushbu davr mobaynida o'n marotaba oliy darajadagi uchrashuvlar o'tkazildi.
2009 yil may oyida O’zbekistonga va 2010 yil fevralda Korea Respublikasiga amalga oshirilgan o’zaro davlat tashriflari tomonlarning kelajakda strategik hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan, avvalgi sammitlarda imzolangan bitim va kelishuvlarning amalga oshirilishini mustahkamladi.
1995 yilda KR Milliy Assambleyasida “Koreya-O’zbekiston” do'stlik Assosiatsiyasi tuzildi. 2005 yilda O’zR Oliy Majlisi qonunchilik Palatasida Koreya bilan hamkorlik bo'yicha maxsus guruh ta'sis etildi. 2008 yil avgustda KR parlament delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi, va 2008 yil noyabrida esa O’zbekiston ayol deputatlarining Koreyaga tashrifi amalga oshirildi.
1995 yildan buyon davlatlar tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida doimiy ravishda siyosiy maslahatlashuvlar otkazilib kelinmoqda va ularning songgisi sakkizinchi davrasi 2010 yil noyabrda Seulda bo'lib o'tdi.
Shaharlararo yaqin aloqalar o'rnatilib, Toshkent va Seul, Farg’ona va Yongin, Namangan va Songnam shaharlari o'rtasida o'zaro hamkorlik kelishuvlari mavjud.
1992 yilgi Savdo bitimiga asosan hamkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay savdo rejimi o'rnatildi. Seul OTMdagi savdo sheriklari o'rtasida eng yuqori joyni egallaydi.
Respublika davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga asosan 2010 yilda davlalatlar o'rtasidagi tovar aylanmasi 31,5% ga oshib, 1,614 mlrd.doll. tashkil etdi, ulardan eksport 158,2 mln.doll., import - 1,456 mlrd.doll. tashkil qilgan.
O’zbekiston iqtisodiyotiga ajratilgan jami to’g’ridan to'g’ri koreys investitsiyalarining hajmi 5 mlrd. doll. oshgan, bulardan 2 mlrd.doll. oshig’i o’zlashtirilgan.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida chet el investorlati hamkorligida, shu jumladan koreys investorlari bilan birgalikda koplab loyihalar amalga oshirilmoqda.
1992 yildan Toshkentda Koreya ta'lim markazi faoliyat olib borayotgan bo'lib, tanlov asosida Koreyada til o'rganish bo’yicha amaliyotlar, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va talabalari uchun malaka oshirish kurslar o’tkazib kelmoqda.
O’zbek davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat jahon tillari institutida Koreys tili va madaniyati va kompyuter markazlari ish olib bormoqda. O’tgan davr mobaynida KR Toshkentdagi elchixonasi ko'magida sanab otilgan oliy o'quv yurtlari eng yangi adabiyot, video va audiokassetalar bilan jihozlandi.
Respublika bo'yicha jami 9 oliy o'quv yurtida koreyashunoslik kafedralari ochilgan va 22 maktabda koreys tili o'rgatiladi.
1999 yildan “O’zbekiston-Koreya” do'stlik jamiyati ish olib bormoqda.
O‘zbekiston va Janubiy Koreyani katta masofa ajratib turadi. Shunga qaramay, O‘zbekiston va Koreyani mustahkam do‘stlik rishtalari, xalqlarimizni tarixiy ma’naviy yaqinlik bog‘lab turadi. Bu yaqinlikning teran asoslari bor. Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga kelib qolgan koreyslarga yurtimizda qanday mehr-muruvvat ko‘rsatilganini Koreya ahli mamnuniyat bilan yodda tutadi. Bag‘rikenglik, saxovat, totuvlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xos fazilatlardir. Ma’naviy yaqinlik o‘zaro ishonch va hurma’ga asos bo‘ladi.
Ikki mamlakatning siyosiy munosabatlari haqida so‘z ketganda, avvalo, davlat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlikni ta’kidlash kerak. Bu do‘stlik Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak Seul meri bo‘lgan yillari boshlangan. 2008 yilda Li My on Bak prezident saylovida g‘alaba qozonib, davlat rahbari lavozimini egallagach, inauguratsiya marosimiga oliy faxriy mehmon sifatida O‘zbekiston rahbarini taklif etdi. 2009 yilning may oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari Toshkentda uchrashdilar.
Oliy darajadagi uchrashuvlarning muntazamligi munosabatlarni rivojlantirishdagi faollikdan dalolat beradi. Bunday uchrashuvlar hali tomonlar hamkorlikda o‘zlashtirmagan yangi sohalarni kashf etishga, yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqishga yo‘l ochadi, yanada manfaatli aloqalar istiqbolini yaqinlashtiradi.
Seulda navbatdagi O‘zbekiston-Koreya sammitiga katta hozirlik ko‘rilgan.
Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatida Islom Karimov va Li Myon Bak mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboliga oid masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Mamlakatimiz rahbari ushbu sammit Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligining yana bir yorqin dalolati ekanini, ayni paytda Toshkent ham Seul bilan aloqalarni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Li Myon Bak ushbu uchrashuv o‘zaro munosabatlarning bugungi holatini tahlil etish, istiqbolda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini qayd etdi.
Prezidentlar xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar. Xalqaro terrorizm va ekstremizmga, qurol-yarog‘ va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashdagi hamkorlik, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqaro siyosat maydonida bir-birining tashabbuslarini yoqlab, bir-birini qo‘llab-quvvatlab keladi. Xususan, Li Myon Bak 2018 yilda bo‘ladigan Qishki olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun Pxyonchxan shahri nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik izhor etdi.
O‘zbekiston Seulning Koreya yarimorolidagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish masalasiga yondashuvini, Koreya Respublikasi rahbariyatining “Yangi Osiyo diploma’iyasi” tashabbusi hamda energetik strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston rahbari tashabbusining samarasi - Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hududga aylangani Koreya Respublikasida yuksak qadrlanadi. Ta’kidlash joizki, Islom Karimov va Li Myon Bak Shimoliy Koreyaning yadrosizlantirilishi Shimoli- Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim sharti ekani borasida hamfikrdir.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston va Janubiy Koreya neft-gaz, konchilik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, logistika, kimyo sanoati, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va qator boshqa sohalarda keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma qo‘mitasi muntazam yig‘ilishlar o‘tkazib, aloqalarning yangi qirralarini ochish, mazmunini boyitish, savdo va sarmoya hajmini oshirish masalalarini ko‘rib chiqadi. Energetika va tabiiy resurslar bo‘yicha idoralararo qo‘mita tuzilgan.
Islom Karimov va Li Myon Bak ikki tomonlama munosabatlar 2006 yilda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya ruhida rivojlanib borayotganini ta’kidladilar. Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirildi.
Prezidentlar muloqoti ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom etdi. Unda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik masalalariga qaratildi.
Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng yirik sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 2 milliard AQSH dollaridan oshdi. Ayniqsa, neft-gaz, konchilik, neft kimyosi, logistika, qurilish sohalarida yirik loyihalar bor. Navoiy shahridagi xalqaro aeroport negizida barpo etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zona bunga yorqin misoldir. Ushbu zonadagi qit’alararo intermodal logistika markazi MDHda yagona bo‘lib, u yerda yuklar tezkorlik bilan tushiriladi va ortiladi, taqsimlanadi, maxsus omborlarga joylashtiriladi. Osiyodan Yevropaga va Yevropadan Osiyoga jo‘natiladigan yuklar global yuk tashish tarmog‘ining muhim bo‘g‘iniga aylanadigan ana shu markazdan o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, xorijda mazkur erkin industrial-iqtisodiy zonaga qiziqish kuchayib bormoqda. 2009 yil mart oyida Seulda O‘zbekistonda sarmoyaviy hamkorlik sohasidagi yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Koreyalik ishbilarmonlar erkin industrial-iqtisodiy zonadagi qulaylik va imtiyozlar bilan atroflicha tanishtirildi. Natijada umumiy qiyma’i 500 million AQSH dollaridan oshadigan 35 sarmoyaviy loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu shundan dalolat beradiki, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridandir.
Shuni alohida qayd etish kerakki, O‘zbekiston aynan Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ishlab chiqarishning murakkab, eng ilg‘or texnologiyalar talab qiladigan, tayyor mahsuloti yuksak darajadagi qo‘shimcha qiyma’ga ega turini o‘zlashtirib, dunyodagi sanoqli avtomobilsoz davlatlar qatoridan o‘rin oldi.
“Koreya gaz korporatsiyasi” (“KOGAZ”) bilan hamkorlik nafaqat gaz konlarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish va konlarni o‘zlashtirish, balki
yiliga 445 ming tonna polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni ham qamrab olgan. Ya’ni, gaz xomashyosini qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiyma’li mahsulot chiqariladi. Bu loyiha doirasida 3,12 milliard AQSH dollari miqdorida Janubiy Koreya sarmoyasini jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Savdo aloqalari borasida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida 1992 yildan eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilinganini ta’kidlash joiz. 2008 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. 2009 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. Yurtimizda 351 O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatning 91 firma va kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan.
Muzokaralarda Islom Karimov va Li Myon Bak savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holatiga yuksak baho berdilar. Shu bilan birga, hozirga qadar erishilgan natijalar O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmasligi ta’kidlandi. Imkoniyatlarni to‘la ishga solish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanib borayotir. 1992 yildan Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida Koreys tili va madaniyati markazlari, T oshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi ochilgan. Toshkentda “O‘zbekiston-Koreya” kasbga tayyorlash markazini ochish loyihasi ta’lim sohasidagi hamkorlikning yana bir muvaffaqiyati bo‘ldi. U yerda har yili 360 yigit-qiz kompyuter yig‘ish, grafika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash, avtomobillarga xizma’ ko‘rsatish sohalari bo‘yicha tahsil oladi.
1999 yili Toshkentda ochilgan “O‘zbekiston-Koreya Respublikasi” do‘stlik jamiyati madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining iqtisodiy aloqalarning asosiy yo’nalishlari tahlili.
Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar aniq va yorqin tarixga ega.
So’ngi yillardagi tahlil va baholarga qaraganda 2 mamlakat o’rtasida o’rnatilgan aloqalar nafaqat siyosiy nazariyalar, iqtisodiy tadqiqotlar muhim o’rin tutadi, balki avvalombor amaliy jihatdan bir-birlari bilan hamkorligi muhimdir.
O‘zbekiston va Janubiy Koreyani katta masofa ajratib turadi. Shunga qaramay, O‘zbekiston va Koreyani mustahkam do‘stlik rishtalari, xalqlarimizni tarixiy ma’naviy yaqinlik bog‘lab turadi. Bu yaqinlikning teran asoslari bor. Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga kelib qolgan koreyslarga yurtimizda qanday mehr-muruvvat ko‘rsatilganini Koreya ahli mamnuniyat bilan yodda tutadi. Bag‘rikenglik, saxovat, totuvlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xos fazilatlardir. Ma’naviy yaqinlik o‘zaro ishonch va hurma’ga asos bo‘ladi.
Bu ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy foydani baholash uchun ikki mamlaktaning iqtisodiyotini tahlil qilib chiqishishimiz maqsadga muvofiq boladi. Dastlab koreya haqida umumiy ma’lumot va faktlarni ko’rib chiqsak.
Koreys yarimoroli Osiyoning sharqiy oxirida joylashib, uzunligi 1100 killometrni tashkil etadi. G’arbdan Tinch okeani bilan, shimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Koreyaning sharqiy tomonida Sharqiy Dengiz bo’lib, uning ortida Yaponiya joylashgan. Yerining 70 foizini tog’lar egallab, qirg’oq yoqalab 3000 minga yaqin orolchalar tarqalgan.
Koreyaning yer maydoni 99.27 ming kv km tashkil etadi.
Tebeksan tog’ zanjiri shaqiy qirg’oq bo’ylab cho’zilib, Sharqiy dengiz kuchli to’lqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalar paydo bo’lgan. G’arbiy va janubiy qirg’oqlar esa qiya jarlik. Jarliklar bo’ylab qirg’oqlari mo’jizona kesilgan bog’ozli yaqin orollar joylashgan.
Yarimorolda shunday ko’p daryo va tasvirlar chizilgan tog’lar borki, shunga koreyslar ko’pincha o’z davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Tog’ning eng baland cho’qqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan bo’lib, Xitoy chegarasi bo’lab dengiz sathidan 2744 m balandlikka ko’tarilgan. Pektusan tog’ida o’chgan vulqonlar bo’lib, uning og’zida "Chonji" deb nom olgan katta ko’l paydo bo’lgan. Bu tog’ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi ma’nida bu haqda eslatilgan.
Nisbatan katta bo’lmagan Koreya yarimorolida yetarlicha ko’p katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi - bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan o’qib o’tadigan Hankang (494
km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirg’oqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega bo’lganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.
Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega bo’ldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.
Koreya hukuma’i uchta qismga bo’lingan: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimyati. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi bo’limlar davlat darajasida faoliyat ko’rsatadi. Mahalliy vazifalarni ijro etuvchi bo’limdagi turli vazirliklar amalga oshiradi. Mahalliy hokimyat yarim-muxtor bo’lib, o’zining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi bo’limiga ega. Sud hokimiyati davlat va mahalliy darajada faoliyat ko’rsatadi.
Koreya hukuma’ining tuzilishi Koreya Respublikasining konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Bu hujjat 1948-yil kuchga kirgandan buyon bir necha marta tahrir qilindi. Ammo bir necha palata xususiyatlari oldingidek qoldi; Ikkinchi Koreya Respublikasidan tashqari barcha hukuma’ mustaqil bosh ijro etuvchi - prezidentga ega bo’ldi.
Puxta uch hokimiyatli tizim bu tekshiruv va muvozanatning ehtiyotkor tizimidir. Masalan, konstitutsiyaviy sudning sudyalari qisman ijro etuvchi, qisman qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, impichment rezolutsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan berilib, sud hokimiyati so’nggi qarorni qabul qiladi.
Koreya Respublikasi ma’muriy hudud bo’yicha 9ta provinsiyaga va 7ta shaharlarga (Inchxon, Kvandju, Tegu, Seul, Pusan, Tedjon va Ulsan) bo’linadi.
Aholi soni - 49 044 790 nafar. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Poytaxti Seulda aholi soni - 10,4 mlnni tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqoma’ qilishadi. Janubiy Koreyaliklar o’rtacha 79,05 yil umr ko’rishadi. Erkaklar-71.8 yil, ayollar- 79.1yil.
Demografiya tahlillarga ko’ra Koreya Respublikasi dunyoda shaharlashgan davlatlar qatoriga kiradi. Aholining taxminan 80% shaharlarda yashashadi. Aholining 15-yoshdan kichiklari umumiy aholi sonining 20.8%ni, tashkil etadi. Ishga layoqatli yoshlar 15-65 yoshdagilar 72.1%ni, 65-yoshdan kattalr esa 7.1%ni tashkil etadi.
Deyarli hamma koreys tilida so’zlashadi, maktablarda ikkinchi til o’laroq ingliz, yapon, xitoy, olmon va boshqa tillar o’rgatiladi.
2005-yil ma’lumotlariga ko’ra Janubiy Koreya aholisining 46,5%i dinsizdir. Qolgan aholi o’zini yo xristian, yoki buddist, deb ko’rsatgan; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan.
Xulosa
Mamlakatlarimiz BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qo'llab-quwatlab kelmoqda. O'zbekiston Koreya Respublikasining global xavfsizlikni ta'minlasli borasida katta ahamiyatga ega bo'lgan, Koreya yarim orolidagi o'zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yo'naltirilgan tinchliksevar siyosatini ma'qullaydi.
O'z navbatida, Koreya Respublikasi 2018-yilda O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" hamda "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyutsiyalarini qo'llab-quvvatladi.
Parlamentlararo aloqalar, hukumatlar, vazirlik va idoralaming delegatsiyalar almashuvlari faollashdi, tashqi siyosat idoralari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmi samarali tus oldi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda koreslar o‘rtasida ham o‘zbek tili, milliy urf-odatlarimiz, madaniyatimiz va san'atimizga katta qiziqish bildirganlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universitetlarida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda.
Bugungi kunda O'zbekistonda 360 ta o'zbek-koreys qo'shma korxonalari, ular ichidan 59 tasi 100% Koreya kapitalidagi korxonalar faoliyat yuritmoqdalar. O'zbekiston bozorida faoliyat yurituvchi koreys kompaniyalari orasida Koreya milliy neft korporatsiyasi (KNOK), Koreya Gaz Korporatsiyasi (KoGaz), "DAEWOO International", "Korean Air", "Shindong enerkom", "Xaynteks" va boshqa yirik kompaniyalar ham bor. Investitsiyalarni o’zlashtirish tufayli ishlab chiqarish hajmi bir miyorda ko’tarilmoqda. O‘zbekiston 20 yil ichida 100 mlrd. $ dan ortiq investitsiyalarni o‘zlashtirdi O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining dastlabki 20 yili ichida 100 mlrd. $ dan ortiq investitsiyalarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Uzinfoinvest” agentligi rahbari Jamshid Abdurahimov ma’lum qilgan. Jalb qilingan investitsiyalarning 35 mlrd. $ dan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri va imtiyozli chet el investitsiyalaridir. So‘nggi yillarda jahonda yuz bergan moliyaviy- iqtisodiy inqirozga qaramasdan mamlakatimizga investitsiya oqimining kirib kelishi aslo sekinlashmadi. Ayni paytda mamlakatimiz hududida 4 200 dan ortiq qo‘shma korxona va chet el kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida butun dunyoga mashhur General Motors, MAN, Isuzu Motors, CNPC, Petronas, LG, Lotte, Kogas, SK, 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 1q2011
Lukoyl, Nestle, Carlsberg, Mitsubishi, Korea Telecom kabi transmilliy korporatsiyalar ham bor. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukuma’i 2011-yilda Investitsion dastur doirasida 2,913 mlrd. $ xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirilgan.
O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy- texnikaviy hamkorligi ikkitomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil sanaladi va ulkan istqbollarga egadir. Tomonlar tog‘-kon sanoati, neft va gaz, neft va kimyo, qurilish, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdordirlar.
1992-yilda imzolangan Savdo bitimiga ko‘ra, mamlakatlarimiz o‘rtasida mumkin qadar qulaylik berish rejimi o‘rnatilgan. Koreya Respublikasi O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha sheriklari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
2010-yilda ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 2009-yildagiga nisbatan
31,5 foizga o‘sib, 1 milliard 614 million 700 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga transport, sayyohlik va kommunikatsiya xizma’lari, paxta tolasi, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar eksport qilinadi. Koreya Respublikasidan esa kimyoviy mahsulotlar va plastmassa, qora metallar, transport, konsultativ va kommunikatsiya xizma’lari, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar import sifatida olinadi.
1994-yildan buyon savdo-iqtisodiy sohada hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma qo‘mitasi faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida qo‘shma qo‘mitaning oltita yig‘ilishi tashkillashtirildi, ularning oxirgisi 2009-yil aprel oyida Seulda bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi. Erkin industrial-iqtisodiy zona va yuk tashish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri - “Korean Air” tomonidan boshqarilayotgan Navoiy shahar aeroportidagi logistika markazi imkoniyatlarining birlashtirilishi yuqori daromadli mahsulotlar ishlab chiqarilishining rivojlanishiga hamda aviatsiya, avtomobil va temir yo‘ldan foydalangan holda amalga oshiriladigan yuk tashishning multimodal tizimi orqali tayyor mahsulotni dunyo bozoriga tez yetkazib berilishiga alohida imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi bu - mavjud sanoatni yangilash hamda modernizatsiya qilish maqsadida mamlakatimizga yuqori investitsiya texnologiyalarining jalb etilishi bilan bog‘liq istiqbolli loyihalar sanaladi.Janubiy Koreya Eksimbankining Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan imtiyozli kreditlash tizimi bo‘yicha olib borilayotgan o‘zaro munosabatlar ham izchil rivojlanmoqda.
|
| |