§2. Jinoyat ishlarini tergov qilishni kompyuterlashtirish................... 163
§3. Sud ekspertizasida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanish......................................................................................... 167
IX BOB. Huquq sohasida axborot qidirish
§ 1. Axborot qidirish nazariyasi asoslari........................................... 174
§ 2. Axborot qidirish tili. Huquqiy tezaurus...................................... 181
X BOB. Kom pyuter jinoyatchiligi va xavfsizligi
§ 1. Kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish... 187
§ 2. Kompyuter ma'lumotlarini o'g'irlash........................................... 193
§ 3. Kompyuter viruslarini ishlab chiqish va tarqatish................... 197
§ 4. Kompyuterdagi m a’lumotlarni yo'q qilish va qalbakilashtirish..201
§ 5. Kompyuter tarmoqlarida m a’lumotlami himoya qilish..............204
§ 6. Xavfsizlik dasturiy - texnik vositalarini identifikatsiya va
autentifikatsiya qilish.....................................................................212
Adabiyotlar..................................................................................................... 216
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kirish
XX asming o'rtalarida barcha rivojlangan mamlakatlarda ijti
moiy boshqaruv va tartibga solish vazifalarining murakkablashishi
huquqiy axborotlarning shiddatli o'sishiga turtki berdi. Qonun
hujjatlari va boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarning soni bir necha
yuz mingtadan oshib ketdi. Bu informatsion inqirozning vujudga
kelishiga sabab bo'ldi.
Mazkur ahvoldan chiqishning yo'llari zamonaviy elektron-hisob
lash texnikasidan keng va samarali foydalanilishi natijasida topildi.
Yuristlaming amaliy faoliyatida kompyuter tizimlari tobora keng
o‘rin olib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi kompy
uter huquqiy axborotlarni jamlash, saqlash va berishning eng
mukammal vositasi ekanligini ko'rsatmoqda.
XXI asr global axborotlashtirish va kompyuterlashtirish asri
bo'lishi taxmin qilinayotir. «Elektron inqilob» natijasida yuzlab,
minglab milliy, mintaqaviy va global kompyuter tizimlari va
tarmoqlari paydo bo'ladi. Ko'pgina mamlakatlarda informatsion
jamiyat va informatsion iqtisodiyot (ya’ni bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot) vujudga keladi. Global telekommunikatsiyalar tizimi
barpo etiladi. Bu jarayonlar ijtimoiy boshqaruv tuzilmasiga, davlat,
huquq va demokratiyaning rivojlanishi va faoliyatiga juda katta
ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolar xalqaro
huquqning umum e’tirof etgan meyor va prinsiplariga muvofiq
axborot olish huquqiga ega ekanligi rasman belgilab qo'yilgan.
1993-yil 7-mayda O'zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi
tomonidan «Axborotlashtirish to‘g'risida»gi Qonunning qabul qilini
shi ko'rib chiqilyotgan sohada muhim hodisa bo'ldi. Mazkur qo
nunda axborotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan
qonun hujjatlarining asoslari ta’riflab berildi. Huquqiy yo'nalishdagi
barcha vazirliklar va idoralarda (O'zbekiston Respublikasining Adliya
vazirligi, Bosh prokuraturasi, IIV, Oliy sudi va boshqalarda) axborot-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lashtirish konsepsiya va dasturlari ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Qonun chiqaruvchi idoralar zamonaviy elektron-hisoblash texnika
si vositalari bilan jihozlanmoqda, bu esa qonun chiqarish jarayon-
ining samaradorligini oshirishga yordam berayotir.
Bugungi kunda “axborot portlashi” faqat iqtisod, biznes va
boshqaruvdagina emas, daylat va huquq sohasida ham jiddiy
ko'zga tashlanmoqda. Bu fikmi isbotlash uchun raqamlarga muro-
jaat qilishning o'zi kifoya. Agar 60-chi yillarda turli davlat organlari
faoliyatida hujjat aylanishi 30 mlrd. varaq deb baholangan bo'lsa,
70-chi yillarda bu ko'rsatkich ikki baravar oshdi va bugungi
kunda ham tinimsiz ortib bormoqda. Meyoriy yuridik hujjatlar soni
ham, so'nggi yillarda 20 mingdan ortiq hujjatlar o'z kuchini
yo'qotgan, deb topilgani, 4 mingdan ortiq hujjatlar esa bekor
qilinganiga qaramay, uzluksiz ko'payib borayotir. Ta’sis hujjatlari,
shartnomalar, bitimlar, ishonchnomalar, xatlar va boshqa shunga
o'xshash hujjatlarning soni ham ortib bormoqda.
Byurokratizm va keraksiz yuridik qog'ozbozlikka qarshi qat’iy
kurash olib borish kerakligi tayin. Ammo bu ishning faqat bir
tomoni. Yuridik hujjatlar orasida ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
tartibga solish uchun juda zarur bo'lgan hujjatlar - qonunlar,
farmonlar, qarorlar, shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa
shu kabi hujjatlar ham bor. Binobarin, ishning ikkinchi tomoni
huquqiy mazmundagi axborot oqimlarini maqbullashtirish, moslash-
tirish va takomillashtirish— tartibga solish, buning uchun hozirgi
zamon axborot texnikasi, birinchi navbatda - shaxsiy kompyuter-
lardan foydalanishdan iborat.
Muammo huquqiy axborotni tartibga solish sohasi bilangina
chegaralanmaydi, albatta. Yuridik tijorat firmalarining faoliyatini,
korxonalarning yuridik xizmatlari va davlat organlarining ishini,
sud, adliya, prokuratura, xo'jalik sudining faoliyatini va kriminalist-
ekspertlarning ishini ham xuddi shunday yo'lga qo'yish talab
etiladi. Zero, jamiyat huquq tizimining mazkur va boshqa kompo-
nentlarining har biri so'nggi yillarda juda ko'p odamlar manziliga
axborot signallarini uzluksiz yubormoqda va o'z navbatida ulardan
javob tariqasida ma’lum axborotlarni talab qilmoqda. Hozirgi za
mon odami qudratli huquqiy-axborot oqimlari chorrahasida ya-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shamoqda va ijtimoiy turmushning umumiy sur’ati ortishi bilan har
bir kishining yelkasiga tushuvchi huquqiy axborotlarning yuki ham
ortib bormoqda.
Yuridik faoliyatning turli sohalariga umumiy “axborot portlashi’ning
tatbiq etilishi jarayonida huquqiy informatikaning mustaqil yuridik
fan sifatida shakllanishi va kengayishi uchun obyektiv shart-
sharoitlar yuzaga kelib bormoqda. Jamiyat hayotining barcha
sohalari axborotlashtirilishi natijasida «huquqiy informatika» ata-
masining talqini ham ancha kengayib borayotir. Informatika va
kibernetikaning umumiy g'oyalarining bevosita ta’sirida ko‘z
o'ngimizda yuridik bilimlarning yangi, keng sohasi vujudga keldi
va e’tirof etilmoqda.
Informatsion rivojlangan mamlakatlarning tajribasi asosiy moli-
yaviy va moddiy resurslarni ta’lim sohasiga va axborot madaniy-
atini mukammal egallagan mutaxassislami tayyorlashga yo'naltirish
zarurligini ko'rsatmoqda. O'zbekiston uchun bu hozirgi kundagi
eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur sohada to'rt muammoni ajratib ko'rsatish kerak:
— yuristlarni umumiy tayyorlash, ya’ni yalpi kompyuter sa-
vodxonligiga erishish;
— EHM bilan professional darajada ishlay oladigan tor soha
mutaxassislarini (huquqiy informatika nazariyasi va amaliyoti
bo'yicha mutaxassislami) tayyorlash;
— ishlayotgan yuristlarni kompyuter savodxonligi sohasida qayta
tayyorlash;
— «huquqiy informatika» fani bo'yicha o'qituvchi kadrlar va
professorlami tayyorlash.
2002—2003-o'quv yilidan boshlab huquqiy informatika fani
O'zbekiston Respublikasining oliy yuridik o'quv yurtlarida o'qitib
kelinmoqda. Ammo bugungi kunga kelib fundamental huquqiy
informatika bo'yicha darslik va o'quv qo'llanmalar yaratish zarurati
tug'ildi. Taklif etilayotgan darslik muallif Toshkent Davlat yuridik
institutida o'qigan ma’ruzalarga asoslangan bo'lib, uning huquqiy
informatika va kibernetika sohasidagi ko'p yillik ilmiy-tadqiqot,
nazariy va amaliy ish tajribasini umumlashtiradi. Qo'lingizdagi
darslik ulaming dastlabkisi hisoblanadi.
Mazkur darslikda huquqiy informatikaning yuridik faoliyat so-
www.ziyouz.com kutubxonasi
hasidagi axborot jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari,
ularni avtomatlashtirish, yuridik faoliyatni takomillashtirish va
uning samaradorligini oshirish, avtomatlashtirilgan axborot tizimlar-
ining tuzilishi va ulardan foydalanish usullari, huquqiy axborotlar
milliy tizimini tashkil etish vazifalari, huquq va davlat tizimlari
hamda siyosiy tizimni axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati,
yagona axborot maydoni tushunchasi, umumiy va huquqiy axborot
tushunchasini o'rganish metodologiyasi va usullari, huquq ijod
korligi va huquqni qo'llash sohasi, kriminalistika va sud eksperti-
zasi, huquq sohasida axborot qidirish, kompyuter jinoyatchiligi va
xavfsizligi, sotsiologik tadqiqotlar va boshqa sohalarda foydalan
ish yo'llari va vazifalari kabi masalalarni atroflicha yoritishga
harakat qildik.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|