|
organlarining rasmiy axborotlari va boshqa axborotlar ham uchraydiBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)organlarining rasmiy axborotlari va boshqa axborotlar ham uchraydi.
§3. Huquqiy axborot tushunchasi
«Axborot» va «huquqiy axborot» tushunchalari huquqiy axborotlar
milliy tizimini barpo etish dasturida markaziy o'rinni egallaydi.
Ularni o'rganish qonuniylik va huquq-tartibotning mustahkamlani-
shi, axborotlarga doir qonun hujjatlarining takomillashishi bilan
bevosita bog'liq.
70- yillargacha «axborot» atamasi umumiy huquq nazariyasida
ham, tarmoq yuridik fanlarida ham, qonun hujjatlarida ham
qo'llanmagan. Uning «ma’lumotlar», «materiallar», «xabarlar» sin
gari muqobillari qo'llanib kelingan. Biroq 60- yillaming boshidan
e ’tiboran jahonda huquqiy kibernetika bo'yicha tadqiqotlar rivojla-
na boshladi va qonun hujjatlariga doir dastlabki axborot-qidiruv
tizimlari ishlab chiqildi. Axborot va huquqiy axborot tushunchalari
aynan shu tadqiqotlarga nisbatan qo'llana boshlandi. Huquqiy
axborotlarning nazariy masalalarini ishlab chiqish borasidagi dast
labki urinishlar ham aynan shu davrda amalga oshirildi.
Chunonchi, A.B. Vengerov huquqiy axborotlarning ikki turini
ajratadi. Birinchidan, normativ huquqiy hujjatlar ifoda etilgan
axborotlar. «Bu axborotlar preskriptiv (farmoyish) xususiyatiga ega
bo'ladi. Ular birlamchi axborotlar hisoblanadi, ma’lum tuzilishga
www.ziyouz.com kutubxonasi
ega bo'ladi va o'z adresatlarining xatti-harakatlaridagi xilma-xillikni
cheklash vazifasini bajaradi. Bu axborotlarning o'ziga xos sifatlari
- belgilangan qabul qilish protseduralari, tegishli ravishda tushu-
nishning majburiyligi, nazarda tutilgan foydalanish usullari va
hokazolar ularni huquqiy axborotlar jumlasiga kiritadi».
|
| |