|
Abdujabbor muhammadiyevBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)material lar.
Nonormativ huquqiy axborotlarning huquqiy rejimi - bu ulam
ing ochiqlik darajasi, ishlab chiqarish va foydalanish, hujjatlasht-
irish, olish, saqlash, himoya qilish tartibini, shuningdek mulk va
egalik masalalarini belgilovchi yuridik jihatdan o'rnatilgan qoi-
dalardir.
Jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish yurituvida dalil-isbot tar-
iqasida foydalaniladigan axborotlarning huquqiy rejimi tegishlicha
jinoyat-, fuqarolik- va xo'jalik-protsessual qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Umum foydalanadigan, yo olish cheklangan nonormativ axborot
lar farqlanadi. Axborotlarni olish cheklangan axborotlar toifasiga
mansub deb topish rejimi va tartibi ular ishlab chiqariladigan va
amal qiladigan yuridik muassasaning rahbari tomonidan o'matiladi.
Qonuniylikka rioya etilishi va axborotlaming himoya qilinishi uchun
javobgarlik ularning egasi bo'lgan yuridik muassasa zimmasiga
yuklanadi.
Nonormativ huquqiy axborotlar tijorat aylanishi obyekti bo'lishi
mumkin emas, ular pulsiz asosda tarqatilishi lozim.
Nonormativ huquqiy axborot resurslarining egasi davlat hisobla
nadi. Ularga egalik huquqi sohasidagi munosabatlar O'zbekiston
Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Yuridik muassasalar nonormativ huquqiy axborot resurslarini
bevosita tezkor boshqaradi, yuritadi va tasarruf qiladi.
Huquq sohasidagi vazifalarni hal qilishga mo'ljallangan ijodiy
ishlovlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari, prinsipial jihatdan
yangi axborot texnologiyalari belgilangan tartibda intellektual mulk
obyektlari deb topilishi mumkin.
Axborot tizimlari va tarmoqlarining alohida elementlari (texnik
|
| |