|
vositalar, aloqa vositalari va boshqa mulkiy obyektlar ko'rinishidagiBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)vositalar, aloqa vositalari va boshqa mulkiy obyektlar ko'rinishidagi
mulkiy komplekslar; m a’lumotlar bazalari, EHM uchun dasturlar)
www.ziyouz.com kutubxonasi
turli yuridik muassasalarga egalik huquqida tegishli bo‘lishi mum
kin. Nonormativ huquqiy axborot resurslari, ma’lumotlar banklari
va tizimlarining egasi o'z vakolati doirasida axborotlarni qayta
ishlash, himoya qilish va ulardan foydalanish qoidalarini belgilay-
di, nonormativ huquqiy axborotlardan nusxa ko'chirish va tarqa
tish shartlarini o'matadi.
Fuqarolar yuridik muassasalar ixtiyoridagi nonormativ huquqiy
axborotlar (ma’lumotnomalar, hukmlar va qaroriarning nusxalari,
statistik ma’lumotlar va boshqalar)ni olishga haqlidirlar. Bunday
axborotlarni olish uchun asoslar ko'rsatilgan arizalar berilishi loz
im. Fuqarolar ko'rsatilgan axborotlardan yuridik muassasa doiras
ida tanishishga haqlidirlar.
Xalqaro bitimlar, normalar va xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan qoidalariga muvofiq fuqarolar xalqaro va milliy tizimlar
hamda axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan tegishli axborot xiz-
matlari tomonidan o'matiladigan shartlarda huquqiy (normativ va
nonormativ) axborotlarni olishga haqlidirlar.
Yuridik muassasalar nonormativ huquqiy axborotlar olish uchun
murojaat qilgan fuqarolarning talablarini qondirishlari lozim. Talab
qilingan axborotning maxfiyligini isbotlash majburiyati tegishli muas
sasa zimmasiga yuklanadi.
Har bir fuqaro va boshqa subyektlar yuridik muassasadan har
qanday turdagi va miqyosdagi ma’lumotlar: mazkur muassasaning
aniq nomi, uning rahbarlari, jinoyat, fuqarolik yoki xo'jalik ishlarini
|
| |