|
Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining hujjatlari mahal-Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)4. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining hujjatlari mahal-
liy vakillik organlari, mahalliy ma’muriyat hamda hududiy o'zini o'zi
boshqaruv organlarining hujjatlarini o'z ichiga oladi.
N o n o rm a tiv h u q u q iy a x b o ro tla r
Mazkur axborotlar turi huquqni qo'llash va muhofaza qilish,
jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha odil sudlovni amalga oshirish,
xo'jalik ishlarini asosli hal qilish vazifalariga xizmat qiladi. Bunday
huquqiy axborotlardan fuqarolar va barcha jamoat tuzilmalarini
huquq sohasidagi dolzarb hodisalar, holatlar va muammolar haq
ida muntazam xabardor qilib borish uchun foydalaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nonormativ huquqiy axborotlarning quyidagi tuzilmasini taklif
qilish mumkin.
1. qonuniylik va huquq-tartibotning ahvoli haqidagi axborotlar
(huquq sohasida teskari aloqa prinsipini amalga oshiradi):
Inson huquqlari bo'yicha vakilning hisobotlari, O'zbekiston Re
spublikasining o'z xalqaro majburiyatlarini bajarishi haqidagi ras-
miy ma’lumotlar va inson huquqlari bo'yicha maxsus komissiya-
laming materiallarida ifoda etilgan inson huquqlari va erkinliklar-
iga rioya qilinishiga doir axborotlar;
ommaviy axborot vositalarida e ’lon qilingan maqolalarda, huqu
qni qo'llash va muhofaza qilish organlarining davriy nashrlarida
ifoda etilgan prokurorlik nazoratining samaradorligi, fuqarolarning
haq-huquqlarini himoya qilish shakllari va usullari, qonuniylikni
tiklash bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar haqidagi axborotlar;
fuqaroviy-huquqiy axborotlar - fuqaroviy-huquqiy munosabat
lar, fuqarolik jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari,
|
| |