|
lar beradi. Huquq amaliyotini umumlashtirish jarayonida yangiBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)lar beradi. Huquq amaliyotini umumlashtirish jarayonida yangi
axborotlar atamalar va tushunchalarni izohlash, jinoyat-huquqiy,
fuqaroviy-huquqiy va sud amaliyotining boshqa sohalaridagi tipik
vaziyatlami tahlil qilish hisobiga vujudga keladi.
Axborot yaratish jarayoni huquqni qo'llash faoliyatida davom
etadi. Konstitutsiyaviy, fuqaroviy, xo'jalik yoki jinoiy sud ish yuritu-
vi jarayonida huquqiy axborotlaming alohida turi - sud dalillari
yaratiladi. Ular qarorlar qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat
qiladi. Bu faoliyat natijasida qabul qilingan qaror haqidagi axborotlar
ifoda etilgan protsessual hujjatlar (qaror, hukm, ajrim) yaratiladi.
Huquq normalari o'z holicha huquqiy axborotlar hisoblanmas-
ligini nazarda tutish lozim. Huquq awalambor ijtimoiy boshqaruv
vositasidir. Huquq normalari xabar (ma’lumot) shaklida axborot
tizimlariga kiritilganidan keyingina axborot tusini oladi.
Huquqiy-axborot kanalida huquq normalarining moddiy tarqatu-
vchilari vazifasini odatda tegishli huquq normalari chop etiladigan
bosma nashrlar bajaradi. Biroq huquq normalari aloqa kanallari
www.ziyouz.com kutubxonasi
(jumladan, radio yoki televideniye) orqali og'zaki uzatilishi ham
mumkin. Barcha holatlarda inson ongi va xotirasida huquqiy
axborotlar kanalining hamma texnik bo'g'inlari «birlashadi».
Huquqiy axborotlar rasmiy va hujjatli xususiyatga ega bo'ladi.
Huquqiy axborotlar shubhasiz to'g'ri bo'lishi lozim. Biroq bu
atama mazkur holatda spetsifik m a’noda tushuniladi. Normativ
huquqiy hujjatlarning shubhasiz to'g'riligi — bu mavjud qonun
matnining dastlabki (autentik) matn, namuna («etalon»)ga mosli-
|
| |