|
Abdulla Qahhor "O‘tmishdan ertaklar"
|
bet | 20/30 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #115438 |
Bog'liq 1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob” Rauf Parfi O’zturk
Zamonaviy o’zbek adabiyoti, ayniqsa , sheriyatining xilma – xil yo’nalishda rivojlanayotganligi uning yorqin istiqbolidan dalolatdir. Modernizm bugungi o’zbek sheriyatidagi jiddiy uslubiy yo’nalishlardan bo’lib , milliy poeziya - mizning yanada tarovatli va ta’sirchan bo’lishini ta’minlayotir. Bugungi o’zbek she’riyatida o’ziga xos yo’nalish yaratgan shoir Rauf Parfi O’zturk milliy modern she’riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakilidir.
Shoirning hayot va ijod yo’li
Rauf Parfi, taxallusi – O’zturk 1943-yilning 27- sentabrida Toshkent viloyati-
ning Yangiyo’l tumaniga qarashli Sho’ralisoy qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. Otasi- Parfi Muhammadamin o’g’li savodli,anchagina o’qimishli kishi bo’lib , sho’rolar quvg’ini davrida Farg’onaning Vodil qishlog’idan Sho’ralisoyga kelib qolgan. Onasi- Sakinaxonim Isabek qizi ham zavqi baland, kitob ko’rgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo’lib , u kishi ham asli Farg’onalik edi.
Rauf Parfi 1950- yilda Sho’ralisoydagi yetti yillik maktabga o’qishga boradi va u yerda 1956- yilgacha saboq oladi. So’ng qo’shni qishloqdagi maktabga o’tib , bu yerda 1958- yilgacha tahsilni davom ettirdi. Sakkizinchi sinfni tugatgach , o’qishni Yangiyo’l shahridagi kechki maktabga o’tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi . U dastlab Yangiyo’l shahridagi kechki maktabga o’tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi.U dastlab Yangiyo’l tuman gazetasida musahhih bo’lib ishlaydi. O’rta ma’lum olgach , 1960-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti) ning jurnalistika fakultetiga o’qishga kiradi. U yerdagi saboqlar 1965- yilda bitgan bo’lsa- da , shoir “Markscha- lenincha falsafa ” deb atalmish fandan o’tolmagani va qayta imtihon topshirishni istamagani uchun universitet diplo’mini ololmaydi.
Rauf Parfi 1966-1967 – yillarda Yangiyo’lda” gazetada muxbiri bo’lib ishladi. 1967- yilda Toshkentga kelib, Kinematografiya davlat qo’mitasida muharrir bo’lib ishlaydi. 1971-1977- yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir lavozimida faoliyat ko’rsatdi. So’ng ”Oydin” gazetasida , 1987- yilgacha yana G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida mehnat qildi. 1987-1989- yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989- yildan 1997- yilgacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Targ’ibot markazida katta muharrir , 1997- 1999 – yillarda “Jahon adabiyoti ” jurnali bo’lim mudiri vazifalarida ishladi. Hozirda erkin ijodkor.
Olamga o’ziga xos ko’z bilan qaraydigan , uning boshqalardan yashirin go’zalliklari va qabohatlarini payqay biladigan Rauf Parfi bolaligidan kitobga o’ch edi. Uning kitobsevarligi shunchalik ediki, deyarli tushunmasa-da , rus tilidagi kitoblarni ham qatorlashtirib o’qib tashlayverardi. Rauf Parfining dunyoqarashi va badiiy didi shakllanishida otasining yaqin o’rtog’i , o’zbek mumtoz adabiyotining katta bilimdoni , taniqli g’azalnavis shoir Abdurahmon Vodiliyning ta’siri katta bo’ldi. Vodiliy hassos qalbli , ta’sirchan o’smirga chinakam she’riyat, uning badiiy joziba qudrati to’g’risida gapirib berar, sanoqsiz misralarni misol tariqasida yoddan keltirib , Raufni hayratga solardi.
Rauf Parfining birinchi sheri 1953- yilning 5- martida o’n yoshida Stalin vafotiga bag’ishlab yozilgan marsiya bo’ldi. U maktabning devoriy gazetasida bosilgan. Taqdirni qarangki, ijodini insoniyat tarixidagi eng yovuz jallodga bag’ishlab she’r yozishdan boshlagan bolakay ulg’aygach , inson erki va huquqlari uchun dadil kurashuvchi ijodkor bo’lib yetishdi . Sal o’tib, iste’dodli o’smirning she’rlari tuman gazetasida chop etila boshladi. Universitetning birinchi bosqich talabasi ekanida uning qalamiga mansub “Laylo” she’ri millat yoshlarining eng sevimli qo’shig’i sifatida kuylanardi.
Shoirning birinchi she’rlar kitobi – “Karvon yo’li” 1968- yilda bosildi. Shundan keyin turli yillarda uning “Aks sado”(1970). “Tasvir”(1973), “Xoti- rot”(1975), “Ko’zlar”(1977), “Qaytish”(1978), “Sabr daraxti”(1986),
“Sukunat” (1989), “Tavba” (2000) kabi bir qator she’riy kitoblari chop etildi.Milliy adabiyot taraqiyyoti va ma’naviyat shakllanishidagi ulkan xizmatlari uchun 1999- yilda Rauf Parfiga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
Rauf Parfi o’zbek sheriyatining eng sara namunalaridan bahramand etish maqsadida dunyo adabiyotidagi bir qator mashhur asarlarni ona tilimizga tarjima qilgan. Chunonchi, Bayronning “Manfred”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Muhammad Hodiyning “Ozodlik lavhalari” (“Alvohi intiboh”), Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli”, A.Dyumaning “Uch sarboz” va boshqa ko’plab nodir asarlar Rauf Parfi qalami tufayli o’zbek kitobxonlariga yetib borgan. Rauf Parfi 2005- yilda 23- mart kuni vafot etdilar.
|
| |