|
Abdulla Qahhor "O‘tmishdan ertaklar"
|
bet | 17/30 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #115438 |
Bog'liq 1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob” Yoshlar haqida qissa
Badiiy ijod tarixi shuni ko’rsatadiki, aksar yozuvchilar hikoya janrida anchagina tajriba orttirgach, undan kattaroq qissa janriga o’tadilar. Sh. Xolmirzayevda bu har ikkala janrda muvaffaqiyatli ijod etish deyarli bir vaqtda boshiandi. Bir necha hikoya yozgach, ko’p ham vaqt o’tmay, u o’zini qissa janrida sinab ko’rdi. Bu vaqtda u yigirma yoshlardagi talaba edi. „Tog'Iar orasida" qissasi gazetada chop etildi. So’ng „Oq otli" nomi bilan kitob holida bosilib chiqdi. Yigirma ikkiga kirgan yozuvchi keyingi qissasida turmush muammolariga, ayniqsa, inson tabiatini belgilovchi axloqiy-ma'naviy masalalarga anchagina jiddiy qaray olishini ko’rsatdi. Asardan asargagina emas, qayta ishlangan bir asar misolidayoq o’sib bordi. „To’lqinlar" qissasida qahramon asar oxiriga borib, bizga yaxshilangan, to’g’rilangan tarzda taqdim etilsa, qissaning qayta ishlanib, „Bukri tol" nomi bilan kitob holida nashr etiigan nusxasida Ma'murjonni tuzatishdan, yaxshilashdan voz kechadi. Bu hol yosh adibning sotsialistik realizm prinsiplaridan ko’ra, hayot haqiqati va badiiy haqiqatga amal qilish muhimroq deb tushuna boshlaganini ko’rsatadi.
„Bukri tol" deb berilgan nom kitobxonni qissa qahramoni, va asar mohiyatidan falsafiy umumlashmalar chiqarishga undaydi.
„o’n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi yigirma besh yoshli yozuvchiga o’zbek kitobxonlari orasida shuhrat keltirdi.
Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag’ishlangan bu qissa, mana, deyarli qirq yildan buyon, yoshlar tomonidan sevib o’qiladi. Bunday masalalarga bag’ishlangan asarlar o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham oz emas. Lekin „o’n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi ulardan nainki sujet, qahramonlarning qismat-taqdiri, balki ularning o’ziga xos tarzda tepib turgan yuragidan taralayotgan nurning yozuvchi qalami ostida xuddi muhabbatning o’zidek samimiy ohanglarda jaranglashi jihatidan diqqatni tortadi.
Gap qissaning Jamshid,- Umida va Tilov muhabbatiga bag’ishlanishida emas. Dunyo adabiyotida sevgi bobida bunday „uchburchak" talqin bisyor. Gap, taqdir tufayli (Jamshidning otasi, Tilovning esa onasi vafot etib, bu ikki yoshning ota-onalari oila quradilar) Tilov bilmasdan, Jamshid sevib yurgan va bu muhabbati qabul qilingan Umidaga ko’ngil qo’yishi, buni sezgan Jamshid o’zini chetga olganda, Umida achchiq qilib, Tilovga tegib ketishi, to’ydan so‘ng xato qilganini anglab, pushaymon bo’lib. Sevmagani bilan yashay olmasligini tushunib, uyiga qaytishida ham emas. Hamma gap mana shu voqealar zamiridagi dard, ayanch, iztirobni, umid, ishonch va armonlarni; ularni o’zida mujassam etgan xarakterlarni milliy bo’yoqlarda, har bir qahramonga munosib tarzda mehr va sehrbilanbadiiy tasvirlashda. Bularni kitobxonlarga „yuqtira" olishda. Va eng asosiysi, shu tasvirlanganlarning o’quvchi qalbiga o’tib, ularning ma'naviy yuksalishiga ta'sir ko’rsatishida; tegishli xulosalar chiqarishga undab, ularga ibrat bo’lishida.
Hurmatli o’quvchi, siz o’zbek adibining bundan qirq yil avval yozgan ushbu asariga qaysi bir jihatlari bilan yaqin turuvchi koreyalik san'atkorlar yaratgan ajoyib „Qish sonatasi" nomli ko’p qismlik telefilmni tomosha qilgansiz, albatta. „o’n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi ham sizda shu filmdagidek go’zal tuyg’ularni uyg’ota oladi. „Muhabbat bu o’zi eski narsa, lekin har bir yurak uni yangilaydi", degan edi buyuk Xodi Toqtosh. Shunga o’xshab, Jamshid, Umida, Tilovlarning yuraklaridagi yangi tuyg’ular yozuvchi Shukur Xolmirzayevning ham qalbidan o’tib, yangi asar yozilishiga olib kelgan. Bu qissa asosida bizda ham „Qish sonatasi" yanglig’ telefilmlar yaratilsa, nechog’lik soz bo’lur edi.
Shukur Xolmirzayevning „Bulut to’sgan oy" asarida hikoya unsurlari kuchli bo’lsa-da, u janr jihatidan qissaga yaqin turadi. Bu xususiyat qahramonlarning hikoyaga nisbatan birmuncha ko’pligida, xarakterlar va voqealarning chuqurroq tasvirlanishida namoyon bo’ladi.
Bu asarda ham yozuvchi muhabbat bilan aloqador qismatga murojaat etadi. Lekin ilgari yetarlicha yoritilmagan qalb muam-molarini ko’rsatishni asosiy maqsad qilib qo’yadi. Ko’rinadiki, qalb va uning dardi, bu xilqatning qirralari tasviri Sh. Xolmirzayev ijodida, umuman muhim o’rin tutadi.
Alloh Gulsarani go’zal yaratdi. Dilbar ovoz berdi, bo’y-bast berdi. Ko’zi tushgan yigit hech bo’lmaganda yuragi kaptardek pitirlar edi.
Lekin ota qizining ra'yiga qaramay, awalgi oilasidan farzand ko’rmagan prokuror do’stiga tegishga majbur qiladi. Yaratgan bu oilaga ham farzand bermadi. Yozuvchining maqsadi bu oilaning baxtsizligi yoki Gulsaraning bebaxtligini ko’rsatishgina emas.
Gulsaraning qalbida tug’yon paydo bo’ladi, eridan ketadi. Agar yodingizda bo’lsa, Abdulla Qahhorning „Dahshat" hikoyasi qahramoni Unsin qalbida ham shunga yaqin bir isyon ko’tarilgan edi. Lekin Gulsaradagisi — boshqacha. Qadamidan nafas olishigacha ta'qib va nazoratda bo‘lgan, bamisoli qafasdagi qushdek yashagan Gulsara yuragi otasidan,eridan, havotdagi hamma narsadan faqat o‘ch olish istagi bilan yonadi. Bu istak uni mudhish yo’llarning qorong’u go’shalariga yetaklaydi. Umr o’ta boradi. Quwatjon, Tavakkal ismli es-hushli, mard, to’g’riso’z, ma'naviy dunyosini is bosmagan kishilarga duch keladi. Gulsara qalbida hayot va odamlar u o’ylaganchalik faqat /azil va rasvo emas ekan, degan ishonch tuyg’ulari uyg’onadi. Hayot uning qalbiga yana yorug’liklar sola boshlaydi. Hamma narsadan o’ch olmoqchi bo’lgan va noma'qul yo’lga kirgan Gulsarada vijdonning yulduz ko’zlari hali batamom yumilmagan ekan. Hatto hayotda imonli, idrokli, hayoli kishilar yo’q emasligini ko’rib, ma'naviy pokiza hissiyotlari qayta gul ochishini kuzatgandek bo’lamiz. Shu bois Tavakkal to’g’ri va toza qo’lini uzatganda, Gulsara o’zini unga nomunosib deb topadi.
Yozuvchi asarda bosh qahramon, yetakchi personajlarning o’zidan tashqari, ularni qurshagan muhit va sharoitni ko’rsatishga ayrim-ayrim chizgi va tafsilotlarda alohida e'tibor beradi, ularga muhim vazifa yuklaydi. Biz ayrim jihatlarini qoralashimiz, qabul qilmasligimiz mumkin bo’lgan qahramondagi xislatlar uchun o’zidan ko’ra va o’zidan tashqari uni tarbiyalagan, shu kuyga solgan muhit, sharoit ko’proq aybdordir, demoqchi.
Ulkan yozuvchilar muhit va sharoit tasviriga alohida e'tibor beradilar. Yuqorida tasvirlaganimizdek, ijodining dastlabki bosqichida Sh. Xolmirzayev „Bukri tol" qissasida muhit va sharoit tasviriga yetarlicha e'tibor bermagan edi. Ijodiy takomil davomida „Bulut to’sgan oy" qissasida esa shu masalaga muhim e'tibor qaratadi.
|
| |