|
Referati mavzu: Kompyuter falsafasining metodologik asoslari
|
bet | 1/7 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 47,75 Kb. | | #256157 | Turi | Referat |
Bog'liq Falsafa (2)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
5330500 - Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi») yo’nalishi
“Kompyuter falsafasi” fanidan
REFERATI
Mavzu: Kompyuter falsafasining metodologik asoslari.
Bajardi: 3-kurs talabasi Abdivahabov S
Qabul qildi: Muhammadiyev H
Ishni bahosi: ball
Samarqand – 2024
Mavzu: Kompyuter falsafasining metodologik asoslari.
Reja:
Metodologik Asoslar
Sun'iy Intellekt va Etika
Kompyuter falsafasining uslubiy asoslari:
Xulosa
KIRISH
Kompyuter falsafasi XXI asrning eng dolzarb ilmiy sohalaridan biri hisoblanadi. Texnologiyaning rivojlanishi bilan inson va mashina o'rtasidagi munosabatlar, kompyuterning insonga ta'siri, va sun'iy intellektning imkoniyatlari yangi metodologik yondashuvlarni talab qilmoqda. Ushbu referatda kompyuter falsafasining metodologik asoslari, uning ilmiy va falsafiy talqinlari haqida so'z yuritiladi. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metod (yunon metodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot) voqe’likni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usuli. Metod aslida inson amaliy faoliyatining negizida yuzaga kelgan. Bilish predmetini o‘rganish yo‘lida tafakkurning anglash usullarini amaliy va mushohadaviy yo‘llarini chambarchas aloqasi hosil qilgan tajriba ilm-fanda o‘ziga xos metodlarni yaratadi. Falsafa fani boshqa fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa fani metodlari barcha fanlar uchun umumiy qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlardir, shuningdek alohida fan doirasida qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiy metodlar ham mavjud. Falsafaning predmeti tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy rivojlanish qonunlarini o‘rganishdan iborat ekan, falsafa fani bir vaqtning o‘zida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining alohida jihatlarini o‘z ob’ekti doirasida o‘rganuvchi fanlarga metodologik yo‘nalish beradi. Alohida fanlar doirasida o‘rganilayotgan ob’ekt va predmet haqida to‘g‘ri bilim shakllanishi uchun, fanlar doirasida kashf etilayotgan qonuniyatlar to‘g‘ri anglanilishi uchun falsafiy bilimlar umumiy metodologik tamoyillarni shakllantirib beradi. Metodlar eksperimental fanlarning paydo bo‘lishi bilan izchil rivojlantirildi va o‘rganila boshlanadi. Hozirgi zamon fanlarining metodlari ilmning o‘zi kabi turlitumandir. Shunga muvofiq metodlar turlicha klassifikatsiya qilinadi. Ilmiy nazariyalarni yaratish va ularni tekshirish metodi, ilmiy xulosalarni bayon etish metodi; falsafiy, umumnazariy va maxsus ilmiy metodlar; bulardan tashqari voqe’likni sifat va miqdor bo‘yicha o‘rganish metodlari farqlanadi. Fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning chuqurlashishi, muayyan fanlarning natijalari, modellari va metodlarni boshqa fanlarda qo‘llanilishiga olib kelmoqda. Inson amaliy harakatining usullari anglanuvchi uslubiy omilga aylangach, bu usullar oxir-oqibatda metodlar haqidagi ta’limot - metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo, ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan metodologiyasi ilmiy tadqiqot komponentlari – uning ob’ekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ifodalaydi, shuningdek masalani hal etish jarayonida tadqiqotchi faoliyatining izchilligi haqida tasavvur hosil qiladi. Masalani qo‘yish, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek olingan natijani uning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llanilishini eng muhim tomoni hisoblanadi. Metodologiyaning asoschisi ingliz filosofi F.Bekondir. U birinchi marta fanni metodlari sistemasi bilan qurollantirish g‘oyasini ilgari surdi. R.Dekart bilish muammosi sifatida ta’riflab, birinchi marta tafakkurning o‘ziga xosligi, uni reallikning shunchaki va bevosita in’ikosidan iborat qilib qo‘yish mumkin emasligi haqidagi masalani ilgari surdi. Nemis filosofi I.Kantga qadar metodologiya muammosi bilish nazariyasi bilan birga edi. Kant birinchi marta bilimning ob’ektiv mazmuni bilan shakli o‘rtasidagi farqni ajratib, metodologik bilimning alohida mavqeini asoslab berdi. Metodologiya muammosini o‘rganishda nemis klassik idealizmi erishgan muhim natija shu bo‘ldiki, u bilishning va umuman, ma’naviy faoliyatning umumiy metodi – dialektikaning rolini ko‘rsatib beradi.
|
| |