• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Hozirgi zamon metodologiyasi




    Download 47,75 Kb.
    bet7/7
    Sana28.05.2024
    Hajmi47,75 Kb.
    #256157
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Falsafa (2)

    Hozirgi zamon metodologiyasi.
    Metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liqdir. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, fluktuatsiya, dissipatsiya, attraktor, kumatoid (yunoncha–to‘lqin), «case studies», «abduksiya», evrestika kabi innovatsion tushunchalarni kiritish mumkin. Kumatoid - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi mumkin. «Case studies» atamasi pretsedentning, yani kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan obektning mavjudligini aks ettiradi. Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Shunday qilib, Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turlituman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

    Xulosa
    Ilmiy tadqiqot dasturida faylasuf fundamental g‘oya va metodologik tamoyillar yig‘indisi bilan mujassamlashgan birbiri bilan almashinuvchi nazariyalarni (seriyani) tushunadi. Shuning uchun falsafiy metodologik tahlil obyekti, alohida gipoteza yoki nazariya emas, balki makonda bir-biri bilan almashinuvchi nazariyalar yig‘indisi, ya’ni ba’zi taraqqiyot turidir
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.

    2. Falsafa. Mamashokirov S. Tahriri ostida. - T.: Sharq, 2005.

    3. Falsafa. Axmedova M. tahriri ostida. - T.: UFMJ, 2006.

    4. Xayitov Sh., Xayitova K., Ziyautdinova X. Falsafa asoslari. Albom sxema. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009.

    5. Yoqubov T. Matematik logika yelementlari. - T.: O’qituvchi, 1996.

    6. To’rayev B.O. Logika: masalalar va mashqlar. –T., 2009.

    7. Xayrullayev M., Haqberdiyev M. Mantiq. - T.: O’qituvchi, 1993.

    8. Sharipov M. , Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma, -T., 2004.

    9. Yo’ldoshev J. Ta’lim yangilanish yo’lida.- T.:O’qituvchi, 2000.- 21-28 b.

    10. Sayidaxmedov N.S., Indiaminov N.N., Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –Toshkent. “Fan va texnologiya”. 2014.

    11. “Loyiha boshqaruvi” Oʻquv qoʻllanma. O.Sh.Mamanazarov. TAQI – 2019yil.

    Download 47,75 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 47,75 Kb.