• Axloqiy oqibatlar
  • Referati mavzu: Kompyuter falsafasining metodologik asoslari




    Download 47,75 Kb.
    bet6/7
    Sana28.05.2024
    Hajmi47,75 Kb.
    #256157
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Falsafa (2)

    Ijtimoiy tengsizlik : Texnologiyadan foydalanish va ulardan foydalanish ijtimoiy tengsizliklarni qanday yumshatish yoki kuchaytirishi mumkinligini o'rganish. Bu raqamli tafovut va avtomatlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri masalalarini o'rganishni o'z ichiga oladi.

  • Axloqiy oqibatlar : Texnologik rivojlanish va joylashtirishning axloqiy o'lchovlarini, jumladan, javobgarlik, maxfiylik va zarar etkazish potentsialini tanqidiy baholash.

    Amerikalik faylasuf bilim o ‘sishi va rivojlanishi tahliliga m avhum ratsional yondashuv yetarli em as, deydi. Bunday yondashuvdagi cheklanganlikni u fanni m adaniy 110 www.ziyouz.com kutubxonasi tarixiy taraqqiyotdan uzilishida k o ‘radi. P.Feyerabendning fikricha, g‘oya!ar taraqqiyotining sof ratsional nazariyasi asosan e ’tiborm i mantiq qonunlari va metodologik talablar bilan «tushunchalar strukturasi»ni o ‘rganishga qaratadi-yu, lekin ijtimoiy harakatlarni, noideal kuchlarni, ya’ni fan ta ­ raqqiyotining ijtimoiy-madaniy determ inantlarini o ‘rganmaydi. Faylasuf ijtim oiy-m adaniy determ inantlarni ijtimoiy-iqtisodiy tahlil qilinishini biryoqlamali deb hisoblaydi, chunki bu tahlil bizning an ’analarimizga ta’sir qiluvchi kuchlarni aniqlar ekan, boshqa tomonni, ya'ni ularning tushunchali strukturasini o ‘rganishni unutadi.


    Tarixiy ketma-ketlikda falsafa va fanning o‘zaro munosabatining tahlilini quyidagicha ko‘rish mumkin:
    1.Fan falsafadan ajralib chiqdi.
    2. Falsafa o 'zid a «sof aqlning manbayi» funksiyasini saqlashga harakat qilib, asosiy nazariy bilish va metodologik muammoni yaratdi va uni barcha yo‘nalishlarda qo‘lladi.
    3. Hozirgi zam on falsafasi epistemologiya negizida paydo bo‘ldi.
    Fan falsafasi tabiatshunoslikni yoki ijtimoiy gumanitar fanlarni o'rganishga qaratilganligidan qat’i nazar, tarixan ijtimoiy-madaniy bilim maqomiga ega. Masalan, metodolog, tabiatshunos olimning matnlarini o‘rganar ekan, u birdaniga fizikaviy maydon yoki elementar zarralarning tadqiqotchisiga aylanib qolmaydi. Fan faylasuflarini ilmiy izlanish, “kashfiyotlar aigoritmlari”, ilmiy bilim rivojlanishining dinamikasi, ilmiy faoliyat metodologiyasi kabi muammolar qiziqtiradi. Fandagi refleksiya sifatida tushuniladigan fan falsafasi metodologik qurilmalarning o‘zgaruvchanligini aniqlaydi va ratsionallik chegaralarini kengaytiradi. Fan faisafasining haqiqiy m a’nodagi izohiga tayanib, uni fan donishmandligiga muhabbat, deb atash mumkin. Agar fanning asosiy maqsadi haqiqatni egallash bolsa, unda fan falsafasi insoniyat o‘z intellektini qo'llashi mumkin bo‘Igan sohalardagi eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Chunki uning doirasida haqiqatga qanday erishish mumkinligi masalasi muhokama qilinadi.
    Metodologik qiziqishlar sohasining kengayishi ilgari birbiriga qarshi qo‘yilgan fanlar — astronomiya va astrologiya, an’anaviy va noan’anaviy tibbiyot gnoseologik maqomining tengligini asoslashga xizmat qildi. XX asrgacha hukm surgan qarashlarga ko‘ra, astrologiya e ’tiborga noloyiq soxta fan, deb hisoblangan bo‘lsa, XX asrda bunday fanlami tanqid qilishga ancha bosiqlik bilan, ilmiy asosda yondashiladigan bo‘ldi. Jumladan, Karl Popper astrologiyani fan deb tasniflash m um - kin emas, chunki u soxtalashtirish tamcv viliga bo‘ysunmaydi: «astrologiya ijobiy shohidliklarga ortiqcha urg‘u beradi va qarshi misollami inkor etadi «, deb ko‘rsatdi.
    Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham takidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng tushunchalar, yani kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni tariflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
    Falsafiy tafakkur uslubi, ilmiy tafakkur uslubi kabi, turli xil shakllarda namoyon bo‘lish bilan xarakterlanadi. Bundan falsafiy tafakkur shakllarining ko‘p qirraligi nimaga bog‘liq degan savol, muqarrar, kelib chiqadi. Bu savolga javob berishda shu narsani hisobga olish kerakki, u yoki bu tafakkur uslubining mazmuni falsafaning asosiy masalasini, tafakkurning borliqqa, ruhning tabiatga bo‘lgan munosabatini hal qilish bilan belgilanadigan dunyoqarashlik va metodologik xususiyati bilan belgilanadi. Agar dunyoqarashlik va metodologik jihatlar mazmunni belgilasa, ularning konkret namoyon bo‘lishi esa falsafiy tafakkur uslubining shaklini tashkil etadi. Falsafiy tafakkur uslubi biluvchi subektning dunyoqarashlik va metodologik prinsiplar xarakteri bilan uzviy bog‘langandir. Shuning uchun dunyoqarash va metodning o‘zgarishi, tafakkur uslubining o‘zgarishiga olib keladi. Binobarin, tafakkur uslubi shakllanish jarayonida metod va dunyoqarashga aks tasir etadi, ilmiy bilish sohasida u yoki bu vazifani hal qilish bilan bizning oldimizga yangi vazifalarni qo‘yib, yangicha hal qilishga undaydi. Muayyan masala hal qilinishi bilan u yangi tafakkur jarayoniga tasir etadi. Shu o‘rinda tafakkur uslubining ijodiylik, faollik xususiyati namoyon bo‘ladi. Tafakkur uslubi voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning rivojlanish qonuniyatlarini muayyan kishilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari ijtimoiy munosabatlariga muvofiq keladigan empirik bilimlar, ilmiy g‘oyalar, nazariyalar, dunyoqarash va metodologik prinsiplarga muvofiq tarzda inikos etilishi va anglab olinish usulidir. Bu tarifda umuman barcha tafakkur uslubi shakllariga xos bo‘lgan eng umumiy belgilar o‘z aksini topgan. Tafakkur uslubining turli-tuman ko‘rinishlari: birinchidan, atrofni o‘rab turgan narsa va hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlarining inson ongida to‘la va chuqur inikos etilish darajasiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tafakkur anglab olishi lozim bo‘lgan tushunchalar, tamoyillar, qonunlar sistemasiga bog‘liq. Ikkinchidan, u jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, milliy anana va urf-odatlar, shaxsning individual ijodi, shuningdek, manaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning majmui bilan taqozo etiladi. Tafakkur uslubi insoniyatning ish uslubiga bevosita tasir qiladi. Muayyan ilmiy nazariya, metodologiya va dunyoqarash prinsiplariga suyangan tafakkurning aniq va ravshanligi amaliy faoliyatda bo‘layotgan voqealarni muayyan nuqtai nazardan tahlil qilishga, ularning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida xolisona xulosa chiqarishga, amaliyotda to‘g‘ri foydalanishga imkon tug‘diradi. Bunday tafakkur uslubi hozirgi istiqlol davrida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning ilmiy asoslangan strategiya va taktikasini ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
    Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-tamoillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik, dialog, tushunish va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, o‘yin metodlari kiradi. (Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va amallardan foydalaniladi.)

    Download 47,75 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Download 47,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referati mavzu: Kompyuter falsafasining metodologik asoslari

    Download 47,75 Kb.