• avvalo, sanoat sohasida vujudga kelgan va kelmoqda
  • 1.3 -rasm. Iqtisodiy fanlarning guruhlari
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet4/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga kelgan va kelmoqda.
    1.2. «Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
    Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan habardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi (1.2 va 1.3-rasmlar).
    Birinchi guruhga eng avvalo «Iqtisodiy nazariya» fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi.
    «Iqtisodiy nazariya» insonlarning ishlab chiqarish munosabat- larini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o’zaro aloqada o’rganuvchi fandir.

    1.3 -rasm. Iqtisodiy fanlarning guruhlari1
    Lekin «Iqtisodiy nazariya» iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish, ro‘y berish shakllari va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri «Industrial iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo‘lishi, ro‘y berishi, tuzilmaviy o‘zgarishlarning «falsafasini», boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va metodikasini, fan- texnika tarakqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati
    1 Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-11 bet.
    7 va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning boshqa qator muammolarini o‘rganadi.
    «Industrial iqtisodiyot” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular jumlasiga «Ekonomiks», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Statistika», ayniqsa, «Iqtisodiy statistika», «Mehnat iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya va kredit» va boshqa bir qator fanlar kiradi.

    Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.