• Iqtisodiy fanlar tizimi
  • Tarmoq iqtisodiyoti
  • Iqtisodiy va yangi maxsus fundamental fanlar
  • 1.4-rasm. Iqtisodiy fanlar tizimi
  • 1.3. «Industrial iqtisodiyot” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari Ilm-fan metodologiyasi va usullari
  • «Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini
  • 1.5-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining o‘rganish usullari
  • 1.4. «Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari
  • 1.6-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari 1
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Asosiy adabiyotlar
  • «Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti




    Download 1,26 Mb.
    bet5/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    «Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart- sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.
    Iqtisodiy fanlar tizimi

    Tarmoq iqtisodiyoti




    Sof iqtisodiy fanlar




    Iqtisodiy va yangi maxsus fundamental fanlar




    Funksional tarmoqlat qtisodiyoti fanlari
















    Siyosiy iqtisod













    “Industrial iqtisodiyot”







    Makroiqtisod




    Moliya va kredit

























    И^тисодий фанлар тарихи




    Микроиктисодиёт




    Statistika

    Qishlo xo’jalik iqtisodiyoti

























    Jahon iqtisodiyoti




    Iqtisodiy statistika







    Iqtisodiy ta’lbmotlar tarixi




    Qurilish iqtisoditoti
















    Turizim iqtisodiyoti



















    Buxgalteriya hisobi va audit







    Transport iqtisodiyoti




    Iqtisodiy nazariya













    Korxona iqtisodiyoti













    Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya



















    Savdo iqtisodiyoti




    Iqtisodiy xavfsizlik













    Menejment



















    1.4-rasm. Iqtisodiy fanlar tizimi1

    Marketing




    1 Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-11 bet.
    8
    1.3. «Industrial iqtisodiyot” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari
    Ilm-fan metodologiyasi va usullari deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi.
    Metodologiya - tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari majmuasidir.
    «Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo‘yicha hozirgi nazariya, o‘zbekistonlik va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Prezidentining asarlari tashkil etadi.

    1.5-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining o‘rganish usullari1

    1 Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-11 bet.
    Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
    1.4. «Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari
    Har qanday fan kabi «Industrial iqtisodiyot» fani ham eng avvalo, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy qarash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ilm hamda muayyan ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.
    Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir- asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini anglashga ko‘maklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, «Industrial iqtisodiyot» fani faqat nazariy tomondangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilim berish vazifasini bajaradi. Bu fanni puxta egallagan har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni biladigan, ular dinamikasidan tegishli xulosalar chiqara oladigan bo‘ladi.
    Har qanday bilim ham, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo‘llanma bo‘lganligi, jamiyatni tubdan o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu sababli «Industrial iqtisodiyot» ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi.
    «Industrial iqtisodiyot» fanining muhim vazifalaridan biri bu metodologik vazifadir. «Industrial iqtisodiyot» iqtisodiy fanlar majmuida alohida o‘rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi.
    «Industrial iqtisodiyot» fanining vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ob’ektiv sharoitlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi.
    Ulardan eng muhimlari quyidagi rasm da keltirilgan:
    Ushbu fanning yana bir eng muhim vazifasi - bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarhi, narhlarning shakllanishi, foyda va rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari bo‘iicha bilim, ilm va ko‘nikmalar berishdan iborat.

    mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadini tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo‘g‘inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini to‘la anglash;


    sanoat ishlab chiqarishining holati va rivojlanish xususiyatlarini
    0‘iganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilash haqida fikrlash;


    sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqansh, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikma bensh;


    sanoat resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quwatlaridan bekamu ko‘st, oqilona foydalanish;


    sanoat sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati, ahamiyati va mazmunini hamda bu boradagi o‘zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan ham iborat.


    fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyaning iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini anglash, sanoat mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshhgim ta’minlash, ishlab chiqanshnmg foydahhk darajasini oshira borish san’atini egallashga ko‘maklashuvi buyicha bilim va ko‘nikma berish;


    1.6-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari 1


    1 Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-11 bet.

    Qisqacha xulosalar


    «Industrial iqtisodiyot» fan sifatida sanoat yo‘nalishidagi jarayonlarni izohlash, tushuntirish va kelajakka tegishli voqeliklarni bashorot qilish imkonini beruvchi nazariya va metodoligiyaga asoslanadi;

    • ilmiy kurs sifatida umum-iqtisodiy qonunlarni chuqurlashtiradi, aniqlashtiradi va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘ziga xos qonuniyatlarni shakllantiradi; bu qonuniyatlar, shuningdek, fundamental qoidalar sanoat tarmoqlarining tipik guruhlariga muvofiq tarzda o‘rganiladi;

    • tarmoq korxonalarida sodir bo‘ladigan voqealarni bashoratlash, tahlil etish, hisob va hisobot ishlarini yuritish bo‘yicha zarur bilimlar bilan qurollantiradi;

    • mamlakat ichida va xorijda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarni bilishga imkon yaratib beradi.

    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. «Industrial iqtisodiyot» fani nima uchun o‘qitiladi?

    2. «Industrial iqtisodiyot» fanining ob’ekti deganda nimalarni tushunasiz?

    3. «Industrial iqtisodiyot» fani yordamida qanday qonunlar va qonuniyatlar o‘rganiladi?

    4. «Industrial iqtisodiyot» fani qanday fanlar bilan chambarchas bog‘liq?

    5. Jamiyatni demoqratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va islox qilish ushbu fan oldiga qanday vazifalar qo‘yadi?

    Asosiy adabiyotlar

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so‘zi, 29 dekabr 2018 yil.

    2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.

    3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2017 yil 15 avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.

    4. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.

    5. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.

    6. Schmalensee, Richard, and Robert Willig, eds. (HB) Handbook of Industrial Organization. Vols. 1-2. North-Holland, 1989.

    7. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    8. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    9. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi


    Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti

    Download 1,26 Mb.