• O‘zbekiston Respublikasining asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari - ijtimoiy
  • Yalpi ichki mahsulot
  • YalMning tarmoqlar bo’yicha tuzilmasi, foizda
  • -BOB. SANOAT - MILLIY IQTISODIYOTNING




    Download 1,26 Mb.
    bet6/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    2-BOB. SANOAT - MILLIY IQTISODIYOTNING
    YETAKCHI TARMOG‘I
    2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni
    Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog’idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar.

      1. j a d v a l

    O‘zbekiston Respublikasining asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari - ijtimoiy- iqtisodiy ko’rsatkichlar




    2011y.

    2012y.

    2013y.

    2014y.

    2015y.

    2016y.

    2017 y.

    2018y.

    Yalpi ichki mahsulot (mlrd. so'm)

    78 764,2

    97 929,3

    120861,5

    145 846,4

    171 808,3

    199 325,1

    302 536,8

    407 514,5

    Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (ming so’m)

    2 684,6

    3 289,0

    3 996,3

    4 741,8

    5 489,3

    6 258,6

    11970,6

    12 365,6

    YaIMda xizmatlar hajmi (mlrd.sum)

    34 407,3

    43 465,4

    53 941,4

    64 673,5

    76 412,1

    90 202,9

    116795,7

    133847,9

    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
    Sanoat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
    Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi.
    Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
    Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish sohasida ustunlik qiladi.
    Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va
    unumdorligini yuqori darajaga ko‘tara oladi.
    Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi.

      1. j a d v a l

    YalMning tarmoqlar bo’yicha tuzilmasi, foizda





    Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOAT - MILLIY IQTISODIYOTNING

    Download 1,26 Mb.