• I. Jami YalM
  • II. tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
  • YaIMda kichik biznes va xusu siy tadbirkorlik ulushi
  • Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aholi bandligi va uning
  • Ko’rsatkichlar
  • rasm. Ishlab chiqarishning texnologik tarkibi boyicha ishlab chiqaradigan sanoat tarkibi 3
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet7/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    2011 y.

    2012 y.

    2013 y.

    2014 y.

    2015 y.

    2016 y.

    2017 y.

    2018 y.

    I. Jami YalM

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    shu jumladan:

























    Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

    91,4

    91,7

    91,8

    91,4

    91,2

    91,3

    91,3

    91,5

    Mahsulotlarga sof soliqlar

    8,6

    8,3

    8,2

    8,6

    8,8

    8,7

    8,8

    9,1

    II. tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

    19,4

    19,2

    19,0

    18,9

    18,3

    17,6

    17,9

    18,2

    Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)

    32,8

    32,4

    32,4

    32,6

    33,0

    32,9

    33,5

    35,6

    Xizmatlar

    47,8

    48,4

    48,6

    48,5

    48,7

    49,5

    50,0

    51,3

    YaIMda kichik biznes va xusu siy tadbirkorlik ulushi

    54,0

    54,6

    55,8

    56,1

    56,5

    56,9

    55,4

    49,5

    YaIMda
    AKTning ulushi

    x

    x

    2,3

    2,3

    2,3

    2,6

    2,9

    3,2

    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
    Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
    Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Chunonchi, mamlakatimiz mudofa qobiliyatini mustahkamlashda sanoatning roli va ahamiyati beqiyosdir.
    Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xo‘jalik jihatidan hamkorligi sanoat sohasida ham o‘z ifodasini topadi. Tabiiy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida sanoatning ahamiyati kattadir.
    Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o‘sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg‘or 14
    yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni faqat tinchlik maqsadlarida qo‘llaydi.
    Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog‘i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo‘lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan - bir moddiy negizi bo‘lishi mumkin.
    Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyosdir.
    2.3-jadval
    Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aholi bandligi va uning 2008-2018 yillardagi dinamikasi (ming kishi hisobida)

    Ko’rsatkichlar

    2008

    2015

    2018

    Band bo’lganlar soni, jami

    11628,4

    12223,8

    15223,8

    Shu jumladan, sanoatda

    1539,6

    1589,9

    1789,9

    Qishloq va o’rmon xo’jaligida

    3127,5

    3260,8

    3860,8

    Qurilishda

    1065,1

    1130,3

    1430,3

    Transport va aloqada

    603,8

    638,7

    668,7

    Savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot,
    sohasida

    1243,2

    1330,0

    1380,0

    Uy-joy-kommunal xo'jaligi va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish

    400,5

    432,7

    435,7

    Sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va ijtimoiy ta’minot sohasida

    894,1

    924,1

    924,1

    Ta’lim, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmat ko'rsatishda

    1609,9

    1642,9

    1689,9

    Moliya, kredit va sug'urta

    66,3

    65,5

    64,5

    Boshqa sohalarda

    1307,2

    1265,2

    1235,2

    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
    O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishida band. Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan ta’minlanishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning jamiyatdagi mavqei yanada oshishiga olib keladi.
    Mamlakatimiz sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlar safini kengaytirdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoatida 1,6 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 650 ming nafari oliy, 950 ming nafardan ortig‘i o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir.
    Taraqqiyot qonunlari xodimlarning madaniy texnik saviyasi o‘sishini, ishlab chiqarish malakasi va tajribasi tinmay oshib borishini ta’minlaydi. Bu O‘zbekiston sanoatida ham namoyon bo‘lmoqda.
    Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot jadallashuvini ta’minlovchi kuch raqobat ham avvalo, respublika sanoatida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, ishbilarmonlar bellashuvning asosiy faol qismi bo‘lib maydonga chiqdi. Respublika sanoatida ham raqobat o‘zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilib, 15
    chinakam umumiy dastakka aylanmoqda.
    Mustaqillikning afzalliklari davlat iqtisodiy siyosatining yetakchilik rolini yanada oshirmoqda. Oliy Majlis Senatining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda.
    Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi.
    Sanoat barcha iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir.
    Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo‘lmish viloyatlarda tabiiy boyliklardan, xom ashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratadi.
    Bizga ma’lumki, sanoat ishlab chiqarishining milliy iqtisodiyotdagi roli yildan- yilga oshib bormoqda.
    2.4-jadval O‘zbekiston Respublikasi sanoatining milliy iqtisodiyotdagi ulushi va ko‘rsatkichlari (haqiqiy bahoda, mlrd. so‘m va foizda)*

    Ko’rsatkichlar

    2008 y.

    2015 y.

    2018 y.

    Yalpi ichki mahsulot

    62388,3

    96589,8

    407 514,5

    shu jumladan, sanoatning yalpi qo’shilgan qiymati

    14882,5

    23133,7

    107176,3

    Sanoatning salmog’i, foizda

    23,9

    24,0

    26,3

    Iqtisodiyotdagi foyda

    5956,1

    7699,8

    32485,5

    shu jumladan, sanoatda

    3197,8

    4609,8

    19491,3

    Sanoatning salmog’i

    53,7

    59,9

    60,0

    Iqtisodiyotda band bo’lgan aholining soni, mln. kishi

    11,6

    12,2

    14,5

    shu jumladan, sanoatda

    1,5

    1,6

    1,9

    Sanoatning ulushi, foizda

    13,2

    13,0

    13,2

    Asosiy kapitalga investitsiyalar

    15338,7

    28517,3

    107333,0

    shu jumladan, sanoatda

    4659,9

    7794,0

    35915,5

    Sanoatning salmog’i foizda

    30,4

    27,3

    33,4

    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

    2.4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, sanoat ishlab chiqarishining milliy iqtisodiyotdagi roli yildan-yilga oshib bormoqda. Agar XX asrning oxirgi yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotida uning ulushi 14 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda u 26,3 foizga teng bo‘ldi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 107333,0 mlrd. so‘m, (dollar ekvivalentida 13,3 mlrd. AQSh doll.) yoki 2017 yilga nisbatan 118,1 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
    Asosiy kapitalga investitsiyalar yillar bo‘yicha dinamikasini kuzatadigan bo’lsak, 2005 yilda - 2,0 trln. so‘m yoki 12,0 foiz o’sishni, 2010 yilda - 10,8 trln. so‘m yoki 9,0 foiz o’sishni, 2015 yilda - 28,5 trln. so‘m yoki 8,1 foiz o‘sishni tashkil etgan bo‘lib, joriy yilda eng yuqori ko‘rsatkich 18,1 foiz qayd etilganini ta’kidlash lozim.
    Joriy yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’ atlariga erishilishiga katta hissa qo‘shgan Davlat rivojlanish dasturiga kiritilgan yirik investitsiya loyihalari quyidagilar:
    Tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi;
    Buxoro viloyatida: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlovchi zavodning qurilishi, Xauzak va Shadi konlarini ishlab chiqarishga tayyorlash, shuningdek Quvachi-Olot konlarini kengaytirish;
    Qashqadaryo viloyatida: Xisor investitsiya bloki va Ustyurt hududida mahsulotni taqsimlash bo‘yicha bitim asosida konlar bilan ishlash va uglevodorod qazib chiqarishni tashkil etish;
    Namangan viloyatida: To‘raqo‘rg‘on tumanida quvvati 450 MVt dan bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasidan tarkib topgan jami quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi;
    Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 230-280 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz qurilmasi qurilishi;
    Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 450 MVt quvvatli 2 bug‘-gaz qurilmasini kengaytirish bo‘yicha qurilish ishlari;
    Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi
    Bu ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlarda sezilarli tarzdi o‘zgarmoqda.
    2018 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 175,4 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 76,6 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmog‘ning ulushi 1,6 foiz ni (2017 yil yanvar-dekabr oylarida - 1,9 foiz), o‘rta-yuqori texnologiyalini - 29,7 foiz (21,7 foiz), o‘rta-quyi texnologiyalini - 29,8 foiz (27,0 foiz) va quyi texnologiyalini - 38,9 foizni (49,4 foiz) tashkil etdi.


      1. rasm. Ishlab chiqarishning texnologik tarkibi bo'yicha ishlab chiqaradigan sanoat tarkibi3

    Respublika bo‘yicha ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotining o‘sishiga o‘rta- yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sezilarli hissa qo‘shgan holda 9,6 foiz ko‘rsatkich bilan 2017 yilning mos davriga nisbatan 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida o‘sish sur’ati 138,8 foizni tashkil yetdi. Qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar ham respublika bo‘yicha o‘rta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mahsulotlarining oshishiga imkon berdi. 2017 yil yanvar-dekabrga nisbatan 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari: pluglar 64,5 martaga, traktorlar 3,4 martaga, g‘alla o‘rish kombaynlari 19,4 foizga oshirildi. Texnologik jihozlarni kapital ta’mirlash ishlari kimyo korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hajmini oshirish imkonini berib, kaliy xlorid (2017 yil yanvar-dekabrga nisbatan 108,6 foiz), ammoniy sulfat (108,6 foiz), ammoniy nitrat (111,1 foiz), boshqa azotli o‘g‘itlar va ularning aralashmalari (114,2 foiz), formaldegid (118,3 foiz), akril asosli bo‘yoq va laklar (134,5 foiz), superfosfatlar (1,8 m.), azot, fosfor va kaliyli mineral o‘g‘itlar (2,1 m.) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshishi ta’minlandi. Ishlab chiqaradigan sanoatda yirik sanoat korxonalari tomonidan natura ko‘rinishida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (2018 yil yanvar-dekabr oylari uchun)
    Mamlakat iqtisodiyotida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ulushi oishb bormoqda. Bunda hududiy sanoat ishlab chiqarishning ham alohida o‘rni bor.
    Hududlarning sanoat salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan izchil choralar natijasida Andijon (2017 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 155,8 foizga), Xorazm (117,3 foizga), Surxondaryo (115,7 foizga), Toshkent (115,6 foizga), Namangan (111,9 foizga) viloyatlarida sezilarli darajada ishlab chiqarish hajmining o’sishi ta’minlandi.



      1. Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.