• Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
  • Kasanachilik faoliyatining o‘ziga xos modellari




    Download 1,26 Mb.
    bet61/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Kasanachilik faoliyatining o‘ziga xos modellari1

    Maqsad

    Qo'llanish sohasi

    l.Korxonaning xalq
    iste’moli tovarlari ishlab
    chiqaradigan va aholiga
    xizmat ko‘rsatadigan
    fuqarolar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish

    qo'llanish sohasi - faoliyatlari mavsumiy tusga ega bo'ladigan korxonalar. Misol - chust P/Z uyda milliy pichoqlar, ro'mollar va boshqa turdagi xalq hunarmandligi buyumlarini tayyorlaydigan 24 nafar fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzgan. Bundagi yutuq kasanachilik mehnatini bajariladigan ish o'rinlarini yuzaga keltirishga kam sarf-harajat qilinishidan iborat.

    2. Texnologik jarayonga
    kiritilgan ixtisoslashtirilgan kasanachilik mehnati ish
    o‘rinlarining yaratilishi

    qo'llanish sohasi - asosiy mahsulot ishlab chiqarish uchun ayrim operatsiyalar yoki buyumlarni
    bajarilishi. Misollar - furnitura ishlab chiqarish, yarim tayyor mahsulotlarni charhlash, butlovchi detallardan buyumlar yig'ish, tikuv, poyabzal va hokazo buyumlarga qo'lda ishlov berish.

    3. Korxonaning ishlab
    chiqarish dasturiga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilik
    mehnati bilan bog‘liq ish o‘rinlarini yaratish.

    qo'llanish sohasi - ishlab chiqarishning ayrim turlarini korxonaning ishlab chiqarish maydonlaridan kasanachilarning istiqomat joylaridagi ish joylariga o'tkazish va shuning hisobiga bo'shab qolgan maydonlardan samarali foydalanish. Misollar - mahsus kiyim-bosh, fartuk va qanorlar ishlab chiqarish.

    10’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasidagi kooperasiyani kengaytirish rag’barlantirish chora- tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni //Xalq so’zi. 2006 yil 5 yanvar

      1. Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish

    Korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish o‘zaro chambarchas bog‘liq jarayondir. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasining kengayishi tayyor mahsulot, butlovchi buyum va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashirish uchun shart- sharoit yaratadi.
    Ma’lumki, mahalliylashtirish jarayoni iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shu asosda zamonaviy raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini yaratish imkonini beradi.
    Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi quyidagi ijobiy jihatlar bilan tavsiflanadi:

    • mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;

    • turli sanoat tarmoqlarining qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulotlari eksportini ko‘paytirish va an’anaviy eksport salmog‘ini kamaytirish;

    • samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;

    • iqtisodiyotning real sektorida mamlakatimiz korxonalarining kooperatsiyasi salohiyatidan yuqori darajada foydalanish;

    • mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni zamonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish hisobidan iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va h.k.

    Sanoat kooperatsiyasi asosida amalga oshirilayot-gan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va material-larni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korhonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o’sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi. 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida tayyor mahsu-lotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqar-ishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 799 ta loyiha bo’iycha 9,9 trln.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lib, 512,4 mln.dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulot-lar eksport qilindi va 3018 ta yangi ish o'rni yaratildi.





    Download 1,26 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasanachilik faoliyatining o‘ziga xos modellari

    Download 1,26 Mb.