• Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari
  • Strukturaning o'zgarish sabablari turlicha bo’lishi mumkin




    Download 1,26 Mb.
    bet59/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Strukturaning o'zgarish sabablari turlicha bo’lishi mumkin;

    • ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida yuqori narxga sotilishi mumkin bo’lgan mahsulotlar ulushining ko’payishi;

    • mo’may foyda keltiruvchi tovarlarning hajmi;

    • me’yordagi moddiy va mehnat sarflaridan ham tejamkorlik imkoniyati bo’lgan tovarlarning mavjudligi;

    • arzon xomashyo, yoqilg’i va boshqa moddiy boyliklarning yaqinligi;

    • ishlab chiqarilayottan mahsulotlarning texnologiyasini takomillashishi evaziga yuqori manfaat;

    • tovarlar sifatini yaxshilanishi va boshqalar.

    Mahsulotlar nomenkulaturasi — deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro’yxatidir.
    Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir. Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o’rganishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.
    Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilingan ko’rsatkichlarning jamini biznes reja bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi.
    Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga olishi shart:

    • iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;

    • chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;

    • mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo’lgan mahsulotni chiqarib tashlash;

    • iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf xatar darajasini baholash.

      1. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari

    Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida amalga oshadi.
    Kooperatsiya- bu ma’lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo‘yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
    Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg‘i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta’minotidan farqlanadi.
    Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.
    Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: - buyumli (agregatli) kooperatsiya;

    • texnologik kooperatsiya;

    • tarmoqlararo kooperatsiya;

    • iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya.


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strukturaning o'zgarish sabablari turlicha bo’lishi mumkin

    Download 1,26 Mb.