II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI




Download 171,35 Kb.
bet4/6
Sana20.05.2024
Hajmi171,35 Kb.
#244840
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
508 betlik

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
2.1. Boshqaruv madaniyati tarkibi funksiyalari
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanish darajasining umumlashtiruvchi koʻrsatkichi boʻlib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati haqida soʻz yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga boʻlinadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat farq qilinadi.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni boʻysundirish darajasi koʻrsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, aholi ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy me’yorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday kilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, ham ma’naviy hayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat boʻlib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Insoniyat madaniyati oʻsuvchan, oʻzgaruvchan, chunki hozirgi avlod avvalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin.6
Boshqaruv madaniyati – boshqaruv va rahbarlik sohasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida insoniy salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmui va ularni amalga oshirish jarayonining namoyon boʻlishini anglatuvchi tushuncha. Boshqaruv madaniyati boshqarilayotgan har qanday obyektga nisbatan ishlatiladi. Shuning uchun boshqaruv madaniyatini jamiyatni boshqarishda ham, tashkilot va muassasalarni boshqarishda ham kuzatishimiz mumkin.
Oʻz mohiyatiga koʻra, boshqaruv madaniyati tashkilot faoliyatida ishtirok etuvchi barcha boʻlimlar faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish va tashkilot miqyosida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish funksiyasini bajaradi. boshqaruv madaniyati xodimlar faoliyati, maqsad-muddaolari va ularning qadriyatlarini hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshirishdir. Oqilona tarzda tashkil etilgan boshqaruv madaniyati tashkilotdagi mavjud inson resurslarini jadallashtirish va shu orqali mehnat samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, boshqaruv madaniyati qisqa muddatlarda kam harajatli va salmoqli natijalarni qoʻlga kiritish imkonini beradi. Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish orqali muayyan korxona aʼzolarining ichki imkoniyatlari – bilimi, tajribasi, ijodiy salohiyati, xodimlarning oʻzini namoyon etishga intilishi kabi omillarni roʻyobga chiqarib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoni tugʻiladi. Shu maʼnoda, boshqaruv madaniyati tashkilot madaniyati, xulq meʼyorlari, xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro muloqot takomillashuvi, mehnatga boʻlgan oqilona munosabatning shakllanishiga xizmat qiladi. Jamiyat taryotining yangi rivojlanish pogʻonalariga koʻtarilib borishi bilan boshqaruv madaniyati ham davr talabiga mos ravishda mukammallashib boradi. Hozirgi davrda tashkilot yoki korxonaning samaradorligi koʻproq zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan belgilanadi. Bunday sharoitda tashkilotning boshqaruv madaniyati iloji boricha innovatsion loyihalarni joriy etishga qaratilgan boʻlishi lozim. Boshqaruv madaniyati tashkilot miqyosida maʼmuriyat va xodimlar, jamiyat miqyosida esa hukumat va fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning mazmun-mohiyatini ham tashkil etadi. Shu bois boshqaruv madaniyati ham mazmunan, ham shaklan oʻzgarib, mukammallashib boradigan tushunchadir. Xususan, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida boshqaruv madaniyati koʻproq demokratik tamoyillarni singdirib bormoqda.
Tashkilot miqyosidagi boshqaruv madaniyati rahbarning quyidagilarga munosabatida namoyon boʻladi: xodimlar; mavjud korxonada amal qiladigan faoliyat texnologiyalari; ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt; korxona faoliyatini rejalashtirish; tashkilot maqsadiga erishish uslublari; xodimlarga nisbatan qoʻllanadigan ragʻbatlantirish va jazolash uslublari; korxona miqyosida xodimlarning lavozimi boʻyicha oʻsish koʻrsatkichlari va h.k. boshqaruv madaniyatini mazkur jamiyatdagi madaniyatning bir koʻrinishi sifatida ham taʼriflash mumkin. Shu jihatdan, muayyan tashkilot va muassasadagi boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvida amal qilayotgan madaniyatning asosiy jihatlarini oʻzida aks ettiradi. Boshqaruv madaniyatining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda mazkur jamiyat madaniyatini belgilovchi asosiy omillar, ayniqsa, milliy xususiyatlarni hisobga olish lozim. Bundan tashqari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy maqsadlarni oʻzaro muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday zarurat korxona yoki tashkilot rivojlanishining asosiy shartidir. Boshqaruv madaniyati ijtimoiy nazorat shakli sifatida mavjud bilimlarni amaliyotga muttasil tatbiq etib borish jarayoni boʻlib, uzluksiz rivojlanish, mukammallashib borish xususiyatiga ega boʻlishi hamda fanning soʻnggi yangilik va kashfiyotlarini aks ettirishi lozim. Boshqaruv madaniyatini amalga oshiruvchilar rahbarlardir. Zamonaviy rahbarlarni tayyorlashda ularning ilmiy va madaniy salohiyatini, boshqaruv madaniyatini yanada yuksaltirish eng dolzarb masaladir.
Hozirgi davrga kelib jamiyat boshqaruvida boshqaruv madaniyatining uch asosiy turi mavjud: avtoritar, demokratik va liberal. Oʻzbekiston huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidan borar ekan, jamiyat boshqaruvida demokratik boshqaruv tamoyillari yetakchi oʻringa chiqmoqda va boshqaruv madaniyati shunga mos tarzda namoyon boʻlmoqda.7
Rahbarning boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishida boshqaruv kreativ yondoshuv asosida madaniyatini rivojlantirish zarurati, boshqaruv xodimlari madaniyati ko‘p omillarga bog‘liqligi, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshqaruv ilmini chuqur va har tomonlama bilish va uni o‘z faoliyati jarayonida qo‘llay olish imkoniyatlariga ega bo‘lish, yoshlarga oid Davlat siyosatining maqsadini anglash, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart sharoitlarni yaratib berish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
Kreativ yondoshuv asosida boshqaruv madaniyati tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so‘z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo‘linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat farq qilinadi.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo‘ysundirish darajasi ko‘rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, meditsina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy me’yorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, ham ma’naviy xayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo‘lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.8
Insoniyat madaniyati o‘suvchan, o‘zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin. Boshqaruv madaniyati juda muhimdir. Insoniyat o‘z rivojlanish jarayonida juda katta boshqaruv tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog‘liqdir. chunki, boshqaruv yo‘llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yo‘li bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida qo‘lanishi uchun ajratib olindi.
Boshqaruv madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lish bilan bir qatorda o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo‘lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo‘linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo‘lishlari kerak.
Boshqaruv madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, menejment jarayoni madaniyati , boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, axloqiy, xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.9
Bugungi kunda metodik ishlarni amalga oshirish jarayonida turli yangidan yangi interfaol metodlar yuzaga chiqmoqda. Quyida ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda talabalarning ijodiy faolliklarini rivojlantiruvchi hamda ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini kafolatlovchi interfaol metodlarni qo‘llash yuzasidan katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan kiritilmoqda.
Axloqiy me’yorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to‘g‘ri tushunish, kishi o‘rtasida insoniy munosabat va o‘zaro xurmat, vijdonlilik, xaqiqatgo‘ylik, kamtarlik va x.k.lar kiradi. Boshqaruv jaaryonida axloqiy me’yorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan dalolat beradi.
Menejmentda xuquqiy me’yorlar davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi to‘g‘risida qonun, tadbirkorlik xaqida, mulk to‘g‘risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir korxona, qonunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi me’yoriy qoidalar o‘rnatiladi.10
Estetik talablar va me’yorlar ham boshqaruv jarayonida qo‘llaniladigan texnika vositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o‘rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi.
Rahbar madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlari madaniyati , mehnat sharoiti madaniyati va hujjatlar yuritish madaniyati kiradi.11
Menejment madaniyatining barcha unsurlari o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshqaruv xodimlari madaniyati еtakchi axamiyatga ega. Menejer boshqaruv jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga erishish va o‘z mehnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.Buning uchun Rahbar o‘z faoliyatini doimo tanqidiy taxlil qilib borishi va Rahbarlik madaniyatini uzluksiz takomillashtirib borishi lozim.
Ta'lim boshqaruv metodi - pedagogning bo‘lajak pedagoglar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgi- langan ta'lim berish maqsadiga erishish bo yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Interfaol ta'lim nazariyasidagi ushbu yondashuvlar va texnologiyalar ta'lim oluvchilarda kreativ tafakkur shakllarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion yondoshuvlardan biri ekanligi bilan ajralib turadi.
Pedagogik kuzatish chog‘ida talabaning kreativlikka oid bilimlarini boyitish, vaziyatga to‘gri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida talabalarning kreativlik imkoniyatlari to‘la namoyon bo‘lishiga erishish muhim.
Menejment madaniyati juda muhimdir. Insoniyat oʻz rivojlanish jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilish kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bogʻliqdir, chunki, menejment yoʻllari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yoʻli bilan, ularning eng yaxshilari tajribasida qoʻllashi uchun ajratib olindi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi boʻlish bilan birga qator oʻziga xos xususiyatlarga xam ega. Madaniyatga ega boʻlish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir boʻlinmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega boʻlishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniksa, menejerlar madaniyatini, menejment jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar boʻyicha baholanadi. Menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Axloqiy me’yorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni toʻgʻri tushunish, kishi oʻrtasida insoniy munosabat va oʻzaro hurmat, vijdonlilik, xakikatguylik, kamtarlik va x.k.lar kiradi. Boshqaruv jarayonida axloqiy me’yorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan dalolat beradi.
Menejmentda huquqiy me’yorlar davlat-huquqiy va tashkiliy-huquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi toʻgʻrisida qonun, tadbirkorlik haqida, mulk toʻgʻrisida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar har bir korxonaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir korxona, qonunga asoslangan holda, korxonada ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi me’yoriy qoidalar oʻrnatiladi.


Download 171,35 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 171,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Download 171,35 Kb.