• Foydalanilgan adabiyotlar
  • About the experience of teaching turkish as a first language




    Download 2 Mb.
    bet2/2
    Sana17.05.2024
    Hajmi2 Mb.
    #240000
    1   2
    Bog'liq
    Sobirxonova Ziyoda

    Keywords. Speech competence, skill, skill, Turkish language and literature, curriculum, DTS, speech skill, linguistic skill.

    Har bir davlat o‘z milliy tilini o‘rgatishni ma’lum bir qonun-qoidalarga tayanga holda olib boradi. Ta’limni olib borish, dasliklar yaratish DTS (davlat ta’lim standartlari), milliy o‘quv dastur asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda DTS va milliy o‘quv dasturlari o‘zbek tilini o‘qitishda o‘quvchilarning faqatgina lingvistik emas, balki nutqiy kompetensiyalarini ham baravar shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ona tili fani bo‘yicha ta’lim standartlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari (11-sinf) bitiruvchilarining fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yilgan umumlashgan talablardan iborat bo‘lib, ular nutqiy hamda lingvistik kompetensiya standartlariga bo‘linadi. Nutqiy kompetensiya 4 ko‘nikmani qamrab oladi (O‘S, YN, ON, TT), lingvistik kompetensiya esa o‘zbek tili qoidalariga amal qilishga qaratilgan (3.2022/2023. 6 -bet). Shu tufayli bugungi kunda yaratilayotgan darsliklar yuqoridagi har ikkala kompetensiyani rivojlantirishga qaratilmoqda. Bu talablar faqatgina O‘zbekiston ta’lim tizimidagina emas, balki dunyo ta’lim tizimida uzoq yillardan beri qo‘llab kelinmoqda. Bunga misol sifatida bizdan bir qancha yil avval o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga yuqoridagi talablarni qo‘ygan Turkiya davlati ta’lim tizimi va darsliklarini keltirishimiz mumkin.


    Turkiya uzluksiz ta’lim tizimida, ya’ni boshlang‘ich ta’lim, o‘rta maxsus (litsey) va oliy ta’limida turk tilini o‘qitish 3 bosqichga bo‘lingan bo‘lib, ular: boshlang‘ich, o‘tra va litsey ta’limida ona tili ta’limi. Bulardan boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimida turk tili va adabiyot qo‘shib, ya’ni turk tili darsi deb nomlangan fan ichida birlashadi. Turk tili litsey ta’limida esa turk tili va adabiyot darsi deb ikkiga ajraladi. Bu ta’lim tizimi milliy ta’lim vazirligi nazorati ostida bo‘ladi. Bu o‘quv fanlarining milliy o‘quv dasturlari alohida shakllantiriladi. 1–8-sinflar (boshlang‘ich va o‘rta) uchun turk tili o‘quv dasturi va 9–12-sinflar (litsey) uchun turk tili va adabiyoti o‘quv dasturi asosida ta’lim beriladi. Biz yuqoriladagilardan kelib chiqqan holda Turkiyada o‘rta maxsus ta’lim (litsey)da turk tilini o‘rgatish usul va maqsadlarini atroflicha yoritishga harakat qildik. Turk tili va adabiyoti o‘quv dasturi (TTAO‘D)ning maqsadlari quyidagilardan iborat:
    O‘quvchining:
    – adabiyotning tabiiyligi, shaxs va jamiyat uchun qanchalik kerakligini tushunib yetishi;
    – adabiy matnlar orqali Turkchaning latofatini, turk adabiyotining davrlar osha ko‘rsatgan o‘zgarish va taraqqiyotini bilishlari;
    – turk adabiyotiga oid asarlar vositasida milliy, ma’naviy, axloqiy, madaniy va umumbashariy qadryatlarni tushunishlari;
    – tinglash, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini tog‘ri va mos shaklda ishlatish orqali ta’sirli bir muloqotga kirisha olishlari;
    – matnlar orqali o‘qiganlarini tushunish va tanqidiy fikrlash qobilyatilarini rivojlantirishlari va o‘qishni odat tusiga keltirishlari;
    – turli xil manbalarda o‘rgangan ma’lumotlari, savollarga javob berishlari, muammolarga yechim taklif qishlari, yechimlarini hamma bilan ulashishlari va b. faoliyatlarda analiz qilishlari va baho berishlari asosiy vazifa qillib olinmoqda (1. 2018. 12-bet).
    O‘rganishga xos ko‘nikmalar quyidagilarni tashkil etmoqda:
    – TTAO‘D to‘rt asosiy ko‘nikma (o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozma savodxonlik, og‘zaki nutq) bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan ko‘nikma va malakalar quyida sanab o‘tiladi:

    • Axborot savodxonligi

    • Tanqidiy fikrlash

    • Tasviriy savodxonligi

    • A’loqa va ish birligi

    • Media savodxonligi

    • Ijodiy fikrlash

    O‘quv dasturida o‘quvchilar yil davomida egallashi kerak bo‘lgan ko‘nikma va malakalar va ularning ballari jadval asosida tasvirlangan.(1.2018. 12-bet)

    Turk tili va adabiyoti o‘quv dasturi 9–12-sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir sinfda yil davomida qanday mavzu o‘tilishi (choraklar asosida bo‘lingan) va bu mavzulardagi nutqiy va lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qanday topshiriqlarni bajarishlari kerakligi to‘liq yoritib berilgan. Misol uchun 9-sinf hikoya mavzusini olaylik (1.2018.17-bet).
    Biz ushbu maqolamizda 9-sinf darsligidagi shu mavzuni “4K” yondashuvi asosida tahlil qildik. Darslikdagi yangi metodlarni yoritdik (1.2018. 31-betlar).



    Bo‘limga kirishdan oldin o‘quvchilarni bu bo‘limda nimalar o‘rganishlari, qaysi mavzular borligi va bo‘limning maqsadi berib o‘tilgan. Hikoya mavzusida o‘quvchilar hikoya unsurlari, hikoya turlari, hikoya yozish texnikasi va hikoya yozish, taqdimot haqida ma’lumot va tadqimot qilishni o‘rganishadi. Mavzuning maqsadi o‘quvchilarga taqdimot qilish ko‘nikmasini o‘rgatish, hikoya yozish qobilyatini shakllantirish, hikoya turlari va hikoya unasurlarini o‘rgatish. (2.2023. 39-68-betlar).


    Bu yerda o‘quvchini hikoya yozish bosqichlari bilan tanishtirib, yozma savodxonligini shakllantirish uchun hikoya yozish topshirig‘i berilgan.


    1.Tayyorgarlik:
    a) mavzuni belgilash;
    b) kishilarni va matndagi vazifalarini belgilash.
    2. Rejalashtirish:
    a) voqealar rivoji va ziddiyatlarni belgilash;
    b) makon va zamonni belgilash;
    d) hikoya qilivchi va hikoya qilish uslini belgilash.
    3.Qoralama matn yaratish:
    a) reja asosida matn yozish;
    b) hikoya yozish usul va texnikalaridan foydalanish.
    4. Matnni to‘ldirish va to‘g‘irlash:
    a) matn mukammalligini tekshirish;
    b) mazmiy xatolarni to‘g‘rilash;
    d) imlo va puntkuatsion xatolarni to‘g‘rilash.
    5. Yozilgan matnni o‘qish.

    Bu topshiriq o‘quvchilarni fikrlash, o‘z fikrlarini o‘g‘zaki shaklda to‘g‘ri va tushunarli yetkaza olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Topshiriqni rasm yordamida bajarish esa ijodiy tafakkurni oshirishga yordam beradi.


    Bu savollar ikkinchi matnni o‘qishga kirishish uchun berilgan. Hikoyaning umumiy g‘oyasi bilan o‘quvchini tanishtirishga yordam beradi
    1.Tabiatni himoya qilish nima uchun muhim ekanini rasm asosida muhokama qiling.
    2.Tabiatni himoya qilish uchun nima qilish kerakligini yoriting.
    Savollar hayotiy bo‘lib, o‘quvchilardan atrofdagi muammolarni ko‘ra olish va ularga yechim topa olishlariga qaratilgan.

    Bu topshiriq “So‘nggi qush” nomli hikoyani o‘qib bo‘lgandan so‘ng berilgan. Yuqoridagi rasmli topshiriq orqali o‘quvchining dastlabki fikrini bilishga, keyingi topshiriq esa hikoyadan olgan xulosasini bilishga yordam beradi. Bu orqali hikoyadan qanday xulosa chiqarganini bilish, fanlararo aloqa qanchalik ahamiyatli ekanini o‘rgatish mumkin.



    1. rasmdagi manzarani tasvirlang;

    2. adabiyotni tasviriy san’at bilan aloqasini baholang.



    Bu jadvalda hikoya turlari o‘quvchilar tominidan o‘qilgan asarlar yordamida tushuntirilgan. Mavzuda berilgan “Zanjir” va “So‘nggi qush” hikoyalari turiga ko‘ra voqea va vaziyat hikoyasiga ajratilgan. Zanjir hikoyasida voqealar rivoji, tugun, yechim yaqqol aks etgan. Hikoya kutilmagan bir shaklda tugatilgan va o‘quvchini qiziqtirgan voqealar davomli berib borilgan. “So‘nggi qush” hikoyasida esa voqealar rivoji, tugun, yechim berilmagan, o‘quvchini qiziqtiruvchi vaziyatlar birinchi o‘ringa chiqmagan va hikoya oxiri tugallanmagan shaklda berilgan.


    Kitobda adabiyot va ona tili bog‘lab o‘rgatilgan. Mavzuda lingvistik bilimlar ham berilgan. Bu lingvistik mavzu ot so‘z turkimi bo‘yicha. O‘quvchi parchalardagi atoqli va turdosh otlarni, aniq va mavhum otlarni, birlik, ko‘plik va jamlovchi otlarni topib, jadvalga joylashlari kerak bo‘ladi. Ularning matndagi vazifasini ham yoritishlari so‘ralgan.


    Taqdimot nima ekani, taqdimot tayyorlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar berib o‘tilgan. O‘quvchilar taqdimot haqida tushunchaga ega bo‘lgandan so‘ng og‘zaki nutqlarini rivojlanirish uchun turk adabiyotidagi hikoyachilik haqida taqdimot tayyorlashlari berilgan.

    Tanlanadigan ildizlar” topshirig‘i. Daraxt ildizlarida no‘g‘ri va noto‘g‘ri humklar berilgan. O‘quvchilar boshidagi ma’lumotdan boshlab katakchalarni o‘qib, strelkalar ortidan to‘g‘ri chiqishga yetishlari kerak bo‘ladi. To‘g‘ri chiqish 8 tadan qaysidir biri. Bu topshiriqni takrorlash mavzularida, darsni mustahkamlashda qo‘llash samarali bo‘ladi.


    Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, turk tili darsliklarida o‘quvchilarga qo‘yilgan malaka talablarni rivojlantirishga doir topshiriq va mashqlar o‘rinli berilgan. Milliy o‘quv dasturidan chetlashmagan holda o‘quvchilardagi LK, NK shakllantirishga alohida e’tibor berilgan. O‘zimizning darsliklar bilan taqqoslaganda ulardagi darslarning qiyinlik darajasi yuqori ekanini, ham ona tili, ham adabiyotni bir kitobda jamlaganini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun, hikoya janri, turlari, hikoyani tashkil etadigan unsurlar (tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim), hikoya tuzish texnikalari. Lingvistik mashqlar esa takrorlash shaklida berilgan, ammo topshiriqlardan oldin o‘quvchilarga mavzuni eslab olishlari uchun kichik eslatma yoki qoidalar berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Adabiyot va ona tilini o‘zida jamlagan 9–12-sinf darsliklari xalqaro standatlarga mos, tushunarli va 4Kni o‘zida aks ettirgan shaklda ishlab chiqilgan.


    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Türk dili ve edebiyatı dersi (9, 10, 11 ve 12. sınıflar) Öğretim Programı. Milli Eğitim Bakanlığı. Türkiye – 2018. 64.B
    2. Türk dili ve edebiyatı 9.Ders kitabı. Milli Eğitim Bakanlığı. Türkiye. – 2023. 272.B
    3. Ona tili fani milliy o‘quv dasturi. Respublika ta’lim markazi. 2022/2023-o‘quv yili. 215.B
    Download 2 Mb.
    1   2




    Download 2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    About the experience of teaching turkish as a first language

    Download 2 Mb.