Relatsion modelning asosini foydalanuvchilar uchun qulay
bo‘lgan jadval ko‘rinishidagi nazariy munosabatlar (relatsiya)
tushunchasi tashkil qiladi (4.2-rasm). Jadvalning
har bir ustuni
obyektning atributiga mos keladi va unga mos nom beriladi. Jadval
ustunlariga (munosabatlar) atributlaming qiymatlari kiritiladi.
Relatsion algebraning tili yordamida munosabatlardan foydalanib,
qatorlar, ustunlar va boshqa belgilar bo‘yicha istalgan axborotlami
tanlash mumkin bo‘ladi. Undan tashqari qirqish va yopishtirish
amallarini qo‘llab kerakli shakldagi fayllami hosil qilish mumkin.
M a’lumotlaming iyerarxik modellari deb, alohida daraxtlardan
tuzilgan, barcha bog‘lanishlari dastlabki segmentdan bir qancha
yangidan yaratilganlariga yo‘naltirilgan to‘plamga aytiladi. Bunday
modelda bog‘lanishlar «bittadan ko‘pchilikka» tipida amalga oshiri
ladi (4.3,a-rasm). Segment bu bitta yoki bir nechta maydon bo‘lib,
amaliy dasturlar va m a’lumotlarni izohlash tillari orasida asosiy
axborot almashuvchi birlik hisoblanadi. Iyerarxik MBda axborotlar
fondi tuzilishi chegara va davrsiz graflar ko‘rinishida, ya’ni daraxt
ko‘rinishida tasvirlanadi Har bir iyerarxik sistemani yaratishda har
bir daraxt alohida m a’lumotlar fayli ko‘rinishida izohlanadi.
Tranzistor turi
P
Ikmax.A
Rb Vt
SbpF
KT903A
4,0
3
30
180
К 1904A
3,5
0,8
5
12
K1907B
3,5
1,0
13,5
20
K1911A
5,2
0,4
3
10