23
3. X signal amplitudasini o zgartirib, X signalning smesitel chiqishidagi
signalga ta’siri tekshiriladi.
4. Y signal chastotasini o zgartirib, Y signalning smesitel chiqishidagi
signalga ta’siri tekshiriladi.
5. Y signal amplitudasini o zgartirib, Y signalning smesitel chiqishidagi
signalga tasiri tekshiriladi.
6. Filtrning kirish va chiqishidan amplituda-chastotali xarakteristikasi olinadi.
7. Ko paytirgich va filtrning kirishidagi kuchlanishning ossillogrammasini
tasvirlang.
Laboratoriya ishi hisoboti
Laboratoriya ishini bajarib bo lgandan so ng hisobot tayyorlanadi.
Hisobotda
laboratoriya ishining nomi, ishni bajarishdan maqsad, qurilmaning
modellashtirish sxemasi, modellashtirish natijalari va xulosa keltiriladi.
Nazorat savollari
1. Sxemadagi elementlar qanday vazifalarni bajaradi?
2. Smesitel nima va u qanday vazifani bajaradi?
3. Radioqabul qiluvchi qurilmalar ishlash tamoyilini tushuntirib bering.
4. Signallarni qabul qiluvchi qurilmalar tarkibiga kiruvchi funksional
qismlarni sanab bering.
24
5- laboratoriya ishi. O zgaruvchan tokning rezistorli kuchlanish
kuchaytirgichlarini modellashtirish
Ishni bajarishdan
maqsad: Rezistorli kuchaytirgichlar
yordamida
o zgaruvchan kirish tokini kuchaytirish jarayonini kompyuterli modellashtirish
orqali o rganish.
Nazariy qism. Kuchaytirgich
– bu signal
quvvatini kattalashtiruvchi
qurilma (to rt qutblik) hisoblanadi. Signalning quvvatini oshirish ta’minlash
manbasining energichsini signal energiyasiga o zgartirish hisobiga amalga
oshiriladi. Signal kuchaytirilganda uning shakli buzilmasligi kerak hisoblanadi.
Kuchaytirgichlar chiziqli qurilmalar bo lishi kerak bo lib, ularning
kuchaytirish xususiyatlari signalning sathiga va uning
spektral tarkibiga bog liq
bo lmasligi kerak.
Kuchaytirgichlar asosan axborotli signallarni uzoq masofalarga uzatishdagi
yo qotishlarni kompensatsiya qilish uchun, ya’ni uzatilayotgan axborotlarni
insonlar qabul qilishi uchun
normal sharoitlar yaratib, registratsiya qiluvchi
qurilmalarni ishlashini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Kuchaytiriluvchi chastota diapazoni bo yicha kuchaytirgichlar doimiy tok
kuchaytirgichlariga, past (tovushli) chastota, yuqori
chastota va o ta yuqori
chastota kuchaytirgichlariga bo linadi. Doimiy tok kuchaytirgichlaridan
kompyuterlarning ta’minlash manbalarida, past chastota kuchaytirgichlaridan
tovushli
platalarda, yuqori va o ta yuqori chastota kuchaytirgichlaridan radio va
televizion signallarni qabul qilgichlarida foydalaniladi.