28
6- laboratoriya ishi. O zgaruvchan tokning rezonans kuchlanish
kuchaytirgichlarini modellashtirish
Ishni bajarishdan maqsad: O zgaruvchan kirish toki kuchlanishini
rezonans kuchaytirgichlar yordamida kuchaytirish jarayonini kompyuterli
modellashtirish orqali o rganish.
Nazariy qism. Garmonik signallarni va samarali tor spektrli signallarni
kuchaytirish uchun, davriy bo lmagan kuchaytirgichlardan foydalanish kutilgan
natijalarni bermaydi. Shuning uchun bunday tor polosali signallarni kuchaytirish
uchun LC – konturli rezonans kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Rezonans
konturlaridan foydalanishda, tok va kuchlanishning rezonans ko payishi hisobiga
kuchaytirish koeffitsienti oshadi va o tkazuvchanlik polosasi minimal torayadi.
Rezonans kuchaytirgich bu tarkibida yuklanish sifatida tebranishlar konturi
qo llaniladigan kuchaytirgich hisoblanadi. Rezonansli kuchaytirgich ketma-ket
yoki parallel LC-kontur asosida, yoki ikkalasining birgalikda qo llanilishi asosida
bajarilgan bo lishi mumkin (6.1,a - rasm).
6.1-rasm. Rezonans LC – kuchaytirgichning pritsipial sxemasi va amplituda-
chastota xarakteristikasi.
Rezonans chastotada ω = ω
r
kaskadli kuchaytirgichning ketma-ket
konturining uzatish koeffitsienti moduli K
1
(ω
r
) = Q (Q –konturning «sifatliligi»),
chiqish va kirishdagi kuchlanishlar orasidagi fazali siljish φ
1
(ω
r
)= – 90° ga teng.
Shunday qilib, rezonans chastotada kuchaytirish Q marotaba oshadi. Q = ρ/r =
ωL/r kattalik rezonansda chiqishdagi kuchlanish kirishdagiga nisbatan necha
marotaba oshganligini ko rsatadi. Bu yerda ρ = (LC)
1/2
– konturning xarakteristik
qarshil igi, r – induktivlik katushkasi qarshiligi.