• Nazorat savollari
  • Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti radioelektron apparatlarni loyihalash va




    Download 2,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/43
    Sana18.01.2024
    Hajmi2,25 Mb.
    #140014
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
    Bog'liq
    Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari (2) (1)

    Laboratoriya ishi hisoboti 
     
    Laboratoriya ishini bajarib bo lgandan so ng hisobot tayyorlanadi. 
    Hisobotda laboratoriya ishining nomi, ishni bajarishdan maqsad, qurilmaning 
    modellashtirish sxemasi, modellashtirish natijalari va xulosa keltiriladi. 
    Nazorat savollari 
    1. Tebranishlar konturidagi rezonans qanday aniqlanadi? 
    2. Rezonans kuchaytirgich qanday vazifaga mo ljallangan? 
    3. Sxemadagi elementlarning vazifalarini tushuntirib bering. 
    4. Kuchaytirgichning o tkazuvchanlik polosasi qanday aniqlanadi? 
     
     
     


    32 
     AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH SISTEMALARIDAN 
    FOYDALANIB RADIOELEKTRON QURILMALARNI LOYIHALASH 
    Zamonaviy REAlari vositalarini loyihalash jarayonlari hozirgi kunda 
    hisoblash texnikasi vositalari asosida amalga oshirilmoqda. Murakkab tizimlarni, 
    ularning elementlar bazasini loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishga 
    mo ljallangan ko plab avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalari yaratilmoqda. 
    P-CAD dasturi ana shunday sistemalardan biri hisoblanadi. 
    P-CAD sistemasi zamonaviy radioelektron va hisoblash texnikasi 
    vositalarining ko p qavatli bosma platalarini 
    loyihalash 
    jarayonini 
    avtomatlashtirishga mo ljallangan bo lib, uning tarkibiga to rtta asosiy dastur 
    paketlari: P-CAD Schematic, P-CAD PCB, P-CAD Library Executive, P-CAD 
    Avtotouters, va bir qancha yordamchi dasturlar, prinsipial-elektrik sxemalar va 
    bosma platalar grafikli muharrirlari kiradi. Redaktorlar Windows kabi menyuga va 
    ko p ishlatiladigan komandalar piktogrammalariga ega. 
    REAlarini sistema yordamida loyihalashda birinchi navbatda uning tarkibiga 
    kiruvchi baza elementlarini sistema kutubxonasidan tanlash, agar kutubxonada 
    mavjud bo lmasa uni yaratish, so ngra qurilmaning prinsipial elektrik sxemasini 
    yaratish, taqqoslash, solishtirish, komponent uchun joylashtirish o rnini yaratish
    montaj 
    maydonchasini 
    yaratish, 
    unga prinsipial sxemani joylashtirish, 
    bog lanishlarni avtomatik trassirovka qilish masalalari qo yilgan. 
    P-CAD sistemasiining grafik muharrirlari bir-biriga o xshash interfeyslarga 
    va komandalar menyusi tizimiga egadir.
    Gorizontal instrumentlar paneli tizimli komandalar piktogrammalardan
    vertikal panel esa, ob’ektlarni ekranning ishchi maydoniga joylashtirish 
    komandalaridan tashkil topgan. 
    Ishchi oyna maydonida prinsipial sxema belgilari va shu belgilardan tashkil 
    etilgan sxemalar, elektrik bog lanishlar, shinalar va boshqalar joylashgan. 
    Pastdan ikkinchi qator ma’lumotlar qatori. Eng pastki qator holatlar qatori X 
    va U koordinatalar kursorni turgan holatini ko rsatadi. Koordinata qiymatlari 
    millarda (mil), millimetrlarda (mm) yoki dyuym (inch) larda kiritiladi.


    Download 2,25 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




    Download 2,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti radioelektron apparatlarni loyihalash va

    Download 2,25 Mb.
    Pdf ko'rish