ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 400.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana30.11.2022
Hajmi400.4 Kb.
#32426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquvchilarning-bilish-faoliyatini-kengayishida-ta-lim-jarayonlarining-orni
2-mavzu sanoq sistemalari, 9 axborotlarni arxivlash dasturlari, Dasturiy ta\'minotni testlash. Testlash prinsiplari va usullari, Document 6, statistika (2), murat, file (12), ELEKTR DVIGATELLARI VA ELEKTR GENERATORLARI XAQIDA, Без названия, 2-amaliy mashg\'ulot, answers, 4-laboratoriya ishi BJAT (1), O\'rta maxsus kasb-hunar ta\'limida Informatika kursining mazmun-azkurs.org, elektronika mustaqil ish
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 506 www.ares.uz 
Pedagogik atamalar lug‗atida bilishga qo‗yidagicha ta‘rif beriladi: 
1) ta‘lim jarayonida o‗quvchi va talabalarga taqdim etilgan o‗quv materialining 
o‗zlashtirilganlik darajasi; 
2) borliq va uning obektiv qonuniyatlarini o‗rganish, o‗zlashtirish, egallash 
jarayonidir. 
Demak, bilish faoliyati jarayonida o‗quvchi taqdim etilgan bilimlarni 
o‗zlashtiradi va tevarak atrofdagi voqelikni anglab etadi. 

Ma‘lumki, bizni o‗rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda 


ko‗p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta‘mi, hidi, qattiq 
yoki yumshoqligi, g‗adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa 
va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a‘zolarimiz 
orqali ongimizda aks ettiramiz.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda 
xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a‘zolarimizga ta‘sir etib turadi. Natijada 
bizda turli sezgilar hosil bo‗ladi. CHunonchi, nurlarning ko‗zimizga ta‘sir qilishi 
natijasida ko‗rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‗lqinlarining 
qulog‗imizga ta‘sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan 
birga burun bo‗shlig‗iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta‘siri natijasida hid 
sezgisi, biror narsani qo‗limiz yoki badanimizga tegib ta‘sir etish natijasida teri (taktil 
– biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim 
hosil bo‗ladi.
Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi 
a‘zolarimizga bevosita ta‘sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini 
miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‗lib, tashqi olamdagi 
narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‗zg‗atuvchilarning 
muayyan resteptorlarga bevosita ta‘sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va 
organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma‘lumki, insondan sezishning dastlabki 
bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‗tadi. Sezgi 
ham oddiy psixologik jarayon bo‗lgani bilan uning yuzaga kelishi o‗z-o‗zidan hosil 
bo‗lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. 
Sezgi a‘zolariga ta‘sir etadigan narsa va hodisaning bo‗lishi. 
2. 
Sezuvchi apparat, ya‘ni analizatorning mavjud bo‗lishi.
Masalan,  havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va 
boshqalarni sezamiz. 



Download 400.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 400.4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 400.4 Kb.
Pdf ko'rish