|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq kreativ-ta-lim-texnologiyasiAcademic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 11 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
367
November, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Kreativ
ta‟lim
texnologiyasi.Kreativlik
(ing
“create”-yaratish,
“creative”yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g„oyalarini ishlab chiqishda tayyor
tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy
qobilyat ma‟nosini ifodalaydi. Insondagi kreativlik hususiyati uning aql, tafakkur,
tushuncha, dunyoqarashi, fikrlash, his-tuyg„u, zehinning o„tkirligi kabi jarayonlarda
o„z aksini topadi. Kreativlik – muayyan faoliyat turlarida namoyon bo„ladi. Kreativ
insonni oladigan bo„lsak, unda uning iqtidori rivojlangan bo„ladi. Amerikalik
psixolog olim Torrensni aytishicha kreativlik yoki kreativ fikrlaydigan shaxs har xil
dolzarb muammolarni ilmiy sohadagi qarashlarni ko„p gapiradigan shularni
yechimini topishga intilishi yoki muammolarni muhokama qilishini ifodalaydi.
Kreativ shaxs muammolarni oson hal qiladigan, yashash tarzini osonlashtiradigan,
o„ziga bo„lgan ishonchi yuqori darajada bo„lgan odam tushuniladi. Kreativ
fikrlaydigan shaxs o„zining muammolarini bemalol hal qila oladigan yetuk shaxs deb
bilaman. Kreativ fikrlash har bir shaxsga kerak tushunchadir.
Pedagogning kreativ sifatlari haqida gaplashadigan bo„lsak, shaxsiy
faoliyatidagi qiziqishlari, qobilyatlarini, potensial quvvatini oshirib kasbiy
faoliyatning samarali bo„lishiga yordam beradi. Ta‟lim sohasida faoliyat yuritayotgan
pedagoglarda kreativ fikrlash dars jarayonida eski texnologiyalarni bir chetga surib
zamonaviy metodlardan foydalanib, zamonaviy texnologiyalar bilan yangiliklar qilib,
bir xil shaklda dars o„tmasdan har xil uslubda dars o„tish, tashabbuskor fikrlar bilan
dars jarayonida hammani qiziqishini oshirib, dars ta‟sirini yuqoriga ko„taradi.
Pedogogning kreativ sifatlari: bolalarni o„quv faoliyatini, ijobiy sifatlarini
rivojlantirish. Shu bilan birga mustaqil ravishda tarbiyani, bilimlarni o„zlashtirishga
yo„naltiradi. Kreativ fikrlash uchun pedogoglar talabalik davrlaridan kasbiy faoliyatni
rivojlantirib borishlari kerak. O„zini ustida ko„p ishlashi, o„zini ijodiy faoliyatga
yo„naltirishi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishlari lozim. O„zini
ijodiy faollashtirish uchun: innavatsion yangiliklarni ta‟limga
joriy qilib sinab ko„rishi, ijodiy faoliyatini boyitishi qiziqishidan
|
| |