|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq kreativ-ta-lim-texnologiyasiAcademic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 11 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
368
November, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
tashqari bo„lgan fanlarni ham o„rganishi kerak. Faoliyatini kreativlik muhitida olib
borishi, ijodkor bo„lishi kerak.
Islom Karimov Abdug„aniyevich asarlarida “ Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch”
ham bu haqida juda ko„p gapirilgan. “ Ongli yashaydigan, mantiqiy fikrlashga qodir
bo„lgan, o„z qarashlarining ma‟no mazmunini har tomonlama asoslab, isbotlab
beradigan odamlarni – ma‟naviyatli shaxs deya olamiz.”
“Chindan ham, agarki hozirgi vaqtda dunyoviy ilm-fan va texnologiyalarni
chuqur o„zlashtirmasak, faqat tariximizga maxliyo bo„lib yashaydigan bo„lsak ana
o„sha noyob meroslarni asrab-avaylab, yanada boyitib, unga oz hissamizni
qo„shmasak, zamon bilan hamqadam bo„lib yurmasak, bizning jahon maydonida
munosib o„rin egallashimiz qiyin bo„ladi” deydilar. Darhaqiqat hozirgi zamonaviy
axborot texnologiyalari yaxshi o„rganish ular asnosida innavatsion loyihalarni
yaratish bizning davlatimizni rivojlanishiga katta yordam beradi. Buning uchun biz
o„sib kelayotgan yosh avlodni ma‟naviyatini yuksaltirishimiz, kreativ fikrlashga
undashimiz,innavatsion muhitda dars olib borishimiz albatta yoshlarimizni kelajakda
O„zbekiston jahon maydonida o„z o„rnini topishga yordam beradi.
O„qtuvchining ta‟lim tarbiya jarayonida duch keladigan ko„p ziddiyatli
vaziyatlar yoki muammoli vaziyatda mohirona chiqa bilishligi ham pedagogda
kreativlik darajasi yuqoriligidan darak beradi. Bu o„qtuvchining qobilyatiga ham
bog„liq. Qobilyatlar jamlanmasi iste‟dod deyiladi. O„qtuvchining qobilyati qancha
yuqoriligi ta‟lim olayotgan o„quvchilarning tushunchalari, darsning sifati qay
darajadaligi bilan bilib olish mumkin.
Har qanday ko„nikmani shakllantirish mumkin bo„lgandek kreativ fikrlashni
ham rivojlantirish mumkin. Kreativlik ruhida tarbiyalashda pedogogning ro„li katta.
Bunda dars jarayonida talabalarni o„z fikrini,g„oyalarini qo„rqmasdan gapirishi, yangi
g„oyalar ustida munozara va mulohazalar yuritishi va talabalarni dars jarayonida
o„zini erkin his qilishi asosiy qismi hisoblanadi. Bu esa bo„lajak kadrlarimizni
muvaffaqiyatini ta‟minlaydi. Kreativ fikrlashda hosil bo„ladigan qobilyatlar
Talabalarni har qanday sohada to„g„ri fikrlash qobilyati
Aqliy faoliyatni rivojlanishi ya‟ni aqlning charxlanib yaxshi ishlashi
Muammoli vaziyatlarda to„g„ri fikrlay olish
Shaxsning o„ziga bo„lgan ishonchini ortishi
Tanlovni mustaqil ravishda ikkilanmasdan qabul qila olish
Ilg„or tajribalarni yo„lga qo„yish
Hayotda
oson,qiyinchiliklarsiz,samarali
yashashni
o„rganadi
Insonparvarlik psixologiya tamoyillarini amalga oshiradi
|
| |