Academic Research in Educational Sciences




Download 313,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.05.2024
Hajmi313,28 Kb.
#243394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekistonda-bankni-rivojlantirishda-innovatsion-xizmat-turlarini-joriy-etish-yo-llari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 1 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
7
 
January, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
shu kabi ko„pgina savollarga javob topish, ularni tahlil qilish va samarali yechimini 
taklif etish bankning daromad olishini taʼminlaydi. Buning uchun esa bank 
mijozlarining ushbu xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari qay darajada 
ekanligini o„rganish talab etiladi.
Shu bilan birga, tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari bo„yicha 
mamlakatimiz iqtsodchi olimlarining nazariy yondashuvlariga eʼtibor qaratsak, O.F. 
Aliqoriyev: “Bank xizmati-mijozlarga taqdim etiladigan bank operatsiyalarining 
optimal bajarilishiga ko„maklashuvchi bank faoliyatining ko„rinishi”, deb taʼkidlaydi. 
[1] Xorijiy iqtisodchi olimlardan A.N.Azriliyan “Moliyaviy xizmatlarni jismoniy va 
yuridik shaxslarning pul mablag„larini jalb qilish va foydalanish bilan bog„liq 
faoliyat”, deb taʼriflaydi.[3] Yana bir iqtisodchi olima Ye.B.Shirinskaya “banklarning 
maslahat xizmatlarini balansdan tashqari amaliyotlarga qo„shadi, chunki ularni 
taqdim etish aktiv va passivlarning o„sishiga olib kelmaydi, to„lov esa komission 
mukofot pulidan iborat bo„ladi”, deb taʼriflaydi.[3] Amerikalik olim P.S.Rouz bank 
xizmatlariga pul zaxiralarini boshqarish, isteʼmol krediti, naqd pul oqimlarini 
boshqarish, lizing, pensiya rejalarini sotish kabi bank faoliyati turlarini kiritgan.[2] 
Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilishda moliyaviy 
xizmatlar mijozlarning foydasini, ehtiyojlarini qondirish maqsadida va shu bilan 
birga, bank foydasini oshirishga yo„naltirilgan xizmat sifatida taʼriflanadi. Ushbu 
taʼriflarni umumlashtirgan holda moliyaviy xizmatlar - mijozlarning manfatlarini va 
bankning daromadini innovatsion tarzda amalga oshirish mexanizmidir deyishimiz 
mumkin. 
Bundan kelib chiqib, birgina moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish 
mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga amaliy yordam ekanligi yaqqol 
namoyon bo„ldi. Yuqorida keltirib o„tganimizdek bir omilning ikkinchi omilga uzviy 
bog„liqligi, yaʼni gepotizasi shakllantirildi. Tijorat banklarining moliyaviy 
xizmatlarning ko„lamini kengaytirish asosida aktiv va passiv operatsiyalarini 
boshqarish imkoniga ega bo„lamiz, bu banklar daromadining oshishiga, likvidlilik 
darajasiga va barqarorligiga ijobiy taʼsir ko„rsatadi.Moliyaviy xizmat turlari 
ommabopligini taʼminlash asosida ushbu natijalarga erishish imkoniga ega bo„lamiz. 
Ayniqsa, qishloq joylarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish: 
aholining real talablarini o„rganish, mavjud resurslar, imkoniyatlarga mos ravishda 
xizmat ko„rsatish sohasini rivojlantirish, bugungi kun talablariga javob beruvchi 
texnologiyalar bilan taʼminlash, mijozlar ongini oshirish, xodimlar saviyasini 
ko„tarish va ommaviy axborot vositalarining tijorat banklari bilan 
uzviy faoliyatini yo„lga qo„yish asosida erishiladi. 



Download 313,28 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 313,28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences

Download 313,28 Kb.
Pdf ko'rish