|
Academic Research in Educational
|
bet | 3/5 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 201,09 Kb. | | #158686 |
Bog'liq 626998a4e57cd829602366
Internet tarmog'ida materiallarning turfa multimedialar mavjud. O'quvchilar mavjud materiallar orasida muhimini va zarurini tanlab olishlari qiyin kechadi. Shu bois qidiruv serverlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq deb topilgan. Ularda ham har xil mavzularga yo'naltiruvchi bunday serverlar foydalanuvchilarning talablariga binoan zarur manbani qidirishga kirishadi.
O'qituvchilarning darslarida internet texnologiyalaridan foydalanishi darslarni ham, o'quv fanini ham belgilab qo'yilgan vaqt me'yoridan chiqib ketishiga sabab bo'lmoqda. Sababi o'quvchining bilimlarni o'zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi, dars tugashi bilan to'xtab qolmaydi. Bola qiziqdimi demak, izlanadi.
Maktab va oliy o'quv yurtlari kutubxonalarining internetga ulanishi o'quvchi va talabalaming qidirish, to'plash, ma'lumotlarni qayta ishlash ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. O'z navbatida ta'lim maqsadi va DTS talablariga muvofiq vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda.
Zamonaviy maktabning vazifasi o'quvchi shaxsining muvaffaqiyatli taraqqiyotini ta'minlash, uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ma'naviy fazilatlarini oshirib o'quvchining dunyo miqyosidagi ma'lumotlar olamida teng huquqli foydalanuvchi sifatida shakllana, borishi garovidir.
Maktab va oliy o'quv yurtlari ta'lim-:tarbiya jarayonida internet texnologiyalari, telekommunikatsion vositalardan tizimli foydalanilishi, xodimlarning innovatsion vositalar ko'magida ish
yuritishi darslarning maqsadi, o'quv rejasi, dars shakllari va metodlaridan o'quvchilarni o'qitishda qanchalik qo'l kelayotganini kuzatish imkonini ham bermoqda.
O'qituvchi dars rejasini noan'anaviy, nisbatan qiziqarli tarzda tuzish va shu asosda darsni tashkil etish uchun u internet orqali ko'rgazma materiallar (suratlar, jadvallar, fotosuratlar)dan, multimediya materiallaridan foydalanadi. Har xil tanlovlar, ko'rgazmalar, grantlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Dunyo miqyosida maktablar internet-texnologiyalarining yangi bosqichiga, ya‘ni o'quv rejalarida alternativ ta'lim elementlarini qo'llashga o'tib bormoqdalar. Bu bilan ba'zi o'quv muammolarini hal qilishga erishmoqchilar.
Bu nafaqat o'qituvchilar, balki o'quvchilarga ham o'quv maqsadlarini amalga oshirishni, dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarini orttirish va shaxsini to'g'ri shakllantirishga imkoniyat yaratishi nazarda tutilgan. O'quvchilar har xil saytlardan o'zlariga qulay sharoitlarda ta'lim olishlari mumkin. Bunda asosiy mas'uliyat bolalarga yordam berish va ularni yo'naltirish vazifasi ota-onalarga yuklatiladi.
Yangi zamonaviy informatsion texnologiyalar orqali o'quvchilar bilimlarni istagan joylarida olishlari mumkin. Ma'lum mutaxassislik bo'yicha bilimlarni, dunyoqarashini kengaytirish va malakalarini oshirishda zarur bo'ladigan ma'lumotlarni uyda o'tirgan holda dunyo miqyosidagi kutubxonalardan olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'quvchilarda dunyo bo'ylab tengdoshlari bilan muloqot imkoniyatlari paydo bo'ladi. Ular boshqa o'qituvchilar, dunyo miqyosidagi olimlar, mutaxassislardan o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. O'quvchilar internet-bilimlarni kompyuterlashtirilgan sinflarda o'tirib mustaqil ravishda olishlari mumkin.
Intemet-texnologiyalar bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashdan tashqari bolalarning ma'lumotlar bilan to'yinish muammosini ham keltirib chiqaryapti. Bundan tashqari, o'quvchilar ayrim nokompetent saytlardan yolg'on ma'lumotlarni ham olyaptilar.
O'quvchilar internet ma'lumotlar oqimiga kirib tayyor ma'lumotlanii olish bilan birga mavjud mavzu bo'yicha o'z nuqtai nazariga ham ega bo'lishlari kerak. O'quvchi bu masalani mustaqil ravishda hal qilolmaydi. Bu dcgani, o'quvchini ma'lumotlar oqimida yolg'iz qoldirish mumkin emas.
Qisqa qilib aytganda milliy maktabni zamonaviy informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib
dars o'tish boshlang'ich sinflar o'qituvchilari va o'quvchilari uchun ham oddiy ta'lim jarayoniga aylanib bormoqda. Lekin
internetdan oqilona foydalanish uchun avval bolalarning saviyasiga ishlash, ma'naviyatini sog'lom shakllantirish, ruhiyatini tozartirish to‘g‘ri keladi.
Bugun internet butun ijtimoiy hayotni qamrab olmoqda. Internetdan foydalanuvchilar va informatsion sahifalarning soni kundan kunga ortib bormoqda. Internet, eng avvalo, ma'lumotlar tarmog'i. Juda katta ma'lumotlar hajmi internetni ma'lumotlar qidirishda tengsiz tarmoqqa, manbaga aylantirib qo'ymoqda. Bu tarmoqdan nafaqat o'qituvchi, o'quvchilar ham foydalanib, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olmoqdalar. Bugungi talabalar bilim va ma‘ lumollarni kitoblardan emas, osongina uyda o'tirib internetdan qidirmoqdalar. Bugun o'quvchilar ham internet resurslaridan unumli foydalanishga ehtiyoj sezmoqdalar. Ota-onalar ham, maktab ham o‗quvchilarining veb-imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga e'tibor qilishlari, masalan. -yo'nalishli onlayn konferensiyalarda qatnashishlari, o‗z saytlarini tuzish ishlarida foydalanishlarini nazorat qilishlari, ularni foydali ishlarga yo'naltirishlari maqsadga muvofiqdir.
Mutaxassislar farzandlarini internetdan foydalanishni ta'qiqlagan ota-onalarni ham ayblamoqdalar. Bu, o'z navbatida, bolalarga tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishga, tengdoshlaridan ortda qolishga, ota-onalarga nisbatan salbiy munosabat paydo bo'lishiga olib kelishini ta'kidlamoqdalar.
Bugungi kunda, ta'lim tizimining har bosqichini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kundalik hayotda media- texnologiyalarining o'rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar, televideniya ko'rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, kompyuterlar va ulardan foydalanish talabalarining ta'lim-tarbiyasi, ularning atrofdagi voqea-hodisalar to'g'risidagi tasavvurlari, tafakkuri hamda idrokiga katta ta'sir etmoqda.
Ilgari talabalar istalgan mavzuga oid axborotlarni: darslik, ma'lumotnoma adabiyotlar, o'qituvchi beradigan saboqlar, darsni konspektlashtirish vositasida egallagan bo'lsalar, bugungi kunga kelib, asosan, elektron darsliklar, internet orqali o‘zlashtirmoqdalar. Shu sababli ham o'qituvchi zamonaviy voqelikka to'g'ri yondashgan holda ta'lim jarayoniga axborot uzatishning yangi metodlarini olib kirishi zarur.
Katta hajmdagi axborotlarni har bir talaba qisqa vaqt mobaynida o'zlashtirishi, ongida shakllantirishi va amaliy faoliyatida foydalana olishni bilishi zarur. Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanilgan darslarda har bir talaba o'zini erkin his etib, faol ishtirok etishi, darsga qiziqish bilan yondashib, ijodiy
fikrlashi, o'z mehnati samarasini ko'rib, uni baholay olishi zarur. Oliy maktab domlasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanib dars o'tishga tayyorgarlik ko'rishda bu jiddiy ta'lim dasturiga oid dars materiali ekanligini unutmasligi zarur.
Axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning afzalligi: ta'limni individuallashtirish, talabalarning mustaqil ishlarini mujassamlashtirish; darsda amalga oshirilgan topshiriqlar hajmining oshishi; internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi natijasida o'zlashtirishda faollik, darsda motivatsiyaning kuchayishini ko'rish mumkin.
Darslarni axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib tashkil etishda o'qituvchi o'z mehnatining ko'p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo'ladi. Bu bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. O'qituvchi o'quvchining bilimini o'z vaqtida xolisona baholab boradi, ularga noan'anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu o'qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga ham asos bo'ladi.
O'quvchining bilimini qisqa vaqt mobaynida aniqlab, uni to'g'ri yo'naltirishida o'qituvchi oldida qulay imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, o'quvchi olishi kerak bo'lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtida, o'z dolzarbligini yo'qotmasdanoq olish imkoniyati mavjudligi va topshiriqning murakkablik darajasini to'g'ri baholash sharoiti yaratiladi.
Shunday bo'lsa-da, o'z kasbining mahoratli sohibi bo'lgan o'qituvchi tomonidan o'zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda, axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib o'tkazgan dars mashg‘ulotlari, talabalar ko'z oldida namoyish etilgan media mahsulotlari, ko'rgazmali materiallari asosida yanada qiziqarli bo'lib, oson o'zlashtiriladi va ularda mustaqil fikrlash hamda o'z ustida ishlash malakalarini mustahkamlaydi.
Oliy maktab ta'limi jarayonida axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib dars o'tishni o'zlashtirib olgan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'z amaliy faoliyatlarining samaradorligini ta'minlashda ham internet ma'lumotlariga murojat qiladilar.
Xulosa qilib aytganda, ko'rgazmalilikning zamonaviy usullari bilan birga an'anaviy tamoyillaridan ham o'rni bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayni zamonda, o'quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalariga oqilona yondashishini nazorat qilish ham o'qituvchining bugun paydo bo'lgan yangi vazifasidir.
|
| |