ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 201,09 Kb.
bet2/5
Sana19.02.2024
Hajmi201,09 Kb.
#158686
1   2   3   4   5
Bog'liq
626998a4e57cd829602366

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Olimning ta'limotlaridan inson narsa va hodisalar, ularning xususiyatlarini ko'rish (vizual), eshitish (audial), tatib ko'rish, hidlash. sezish (taktil) orqali qabul qilishi, ularning asosiy qismini, ya'ni to'qson foizdan ortig'ini ko'rish va
eshitish orqali o'zlashtirishi ma'lum. Narsa va hodisalarni idrok etish tashqi sezgi organlari orqali amalga oshadi va ushlab ko'rish

bilan ham ro'y beradi. Ushlab ko'rish sezilgan narsaning issiqligi, sovuqligi, namligi, quruqligi, qattiqligi, yumshoqligi, og'irligi, yengilligi, shakli va hokazolarini bilish imkonini beradi. Teri va mushaklar esa sezgi qurolidir. Nervlar ana shu hisni mushaklar va teriga yetkazadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, internet orqali o'zlashtiriladigan o'quv materiallari ham ko'rish va eshitish orqali o'zlashtiriladi. Ma'lum bo'ladiki, internet materiallari nisbatan o'zlashtiriluvchan ahamiyat kasb etadi.


Yan Amos Komenskiy ham «Buyuk didaktika» asarida ifodalagan ―lotin qoida‖sida o'quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo'lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan, xususan: ko'rish mumkin bo'lgan narsalarni ko'z bilan ko'rib, hidi bor narsalarni hidlab ko'rib, ta'mini sezish mumkin bo'lgan narsalarni tatib ko'rib, ushlab sezish mumkin bo'lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerakligini ta'kidlagan. Birdaniga ko'p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo'lgan narsalami, iloji boricha bir necha sezgilar yordamida idrok etish lozimligini aytgan. Bu qoidaning uch asosi bor.
Birinchidan, avval sezmagan narsasi haqida kishida bilim ham bo'lmaydi. Shuning uchun ham o'qitish narsalar haqida quruq mulohaza yuritishdan emas., balki narsalarni bevosita kuzatishdan boshlanishi kerak.
Ikkinchidan, bilimning to'g'ri va aniqligi ham faqat sezgilarning guvohligiga bog'liq. Demak, bilim sezgilarga qanchalik ko'proq tayansa, u shunchalik ishonchli bo'ladi. Bolalarga haqiqiy va mustahkam ilm berish uchun, umuman, hamma narsa bevosita kuzatish va sezgilar asosida o'qitilishi kerak.
Uchinchidan, sezgilar — xotiraning eng ishonchli vositasi. Agar kishi tuyani bir ko'rgan bo'lsa, biror marta qand yegan bo'lsa, Rimga bir marta borib, uni diqqat bilan tomosha qilgan bo'lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo'lsa, bularning hammasi xotirasida mustahkam qoladi va hech qachon esidan chiqib ketmaydi.
Olim bu mulohazalarini mustahkamlash uchun Plavtning quyidagi fikriga tayanadi:
«Eshitganini aytib beradigan o'nta kishidan o'z ko'zi bilan ko'rgan bitta guvoh afzal».
Yan Amos Komenskiy xulosasi bo'yicha o'quvchini boshqalarning narsalar haqidagi kuzatishlari va guvohliklarini emas, balki o'sha narsalarning o'zini bilishga va tadqiq etishga o'rgatish zarur. Maktab amaliyotida ham darsda o'rganiladigan hodisaning eng muhim tomonlarini aniq ifodalaydigan, ana shu belgilarni avval ajratishda.
Keyin gurahlashda, umumlashtirishda o'quvchilarga xalaqit beradigan ortiqcha elementlardan xoli ko'rsatmali qo'llanmalardan, shuningdek, obrazli tasvirlarga uyg'unlashgan holda, ya'ni o'quvchilarning fikrlashini muayyandan mavhumga oson yo'naltiradigan qilib ishlangan ko'rsatmali qo'llanmalardan
foydalanish g'oyat samarali tadbirdir.
Boshlang'ich sinflarda ob'yektlarning o'zini namoyish etish

yoki ular bilan bevosita tabiatda tanishish, darslarda narsalarning o'zidan iborat tarqatma materiallarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Rasmli ko'rsatmali qo'llanmalar: manzara tasvirlari, diapozitiv va diafilmlarning samarasi kamroq bolsa-da, ular orqali ham u yoki bu narsalar to'g'risida qaysidir darajada yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin. Aralash ko'rsatmali vositalar to'plami ham o'quv jihozlarining muhim elementi hisoblanadi. Ular dars vaqtida turli ko'rsatmali vaziyatlarni yaratish, tez o'zgartirish va birlashtirishda yordam beradi. Buning uchun rasmli materiallardan foydalaniladi yoki doskaga bo'r bilan rasmlari, chizmalari chiziladi va har xil yozuvlar bajariladi.


Mazkur vositalar jumlasiga magnitli taxta va flengatlar ham kiradi. Ularning didaktik imkoniyatlari bir xil. Ular boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda beqiyos katta ahamiyatga molikdir, ammo o'quv jarayonida audio-vizual qo'llanmalar, ahyon- ahyonda boshqa ko'rsatmali vositalardan ham foydalanish zarur. Buning quyidagi turli variantlari bor:

  1. Dasturdagi ashyolarni qayta ishlash mavzu bo'yicha kirish darsida o'quv filmini namoyish etish va keyingi darslarda kino -kolsovkalar, kinofragmentlar, diapozitivlar, diafilmlar va jadvallarni qo'llash.

  2. Mavzuning xususiy masalalarini diapozitivlar, diafilmlar, jadvallar, namoyish qilinadigan tajribalar, kinofragmentlar va kinokolsovkalardan foydalanib ishlab chiqish. Mazkur mavzu bo'yicha umumlashtirish darsida o'quv filmlarini ko'rsatish.

  3. Darsda o'qituvchining tushuntirishi bilan birgalikda diafilmlar, diapozitivlar, kinofragmentlarni va darsning oxirida o'quv filmini namoyish etish.

  4. O'quvchilarning tasavvurini kengaytirish, ularda shakllanadigan tushunchalar mazmuni to'liqligini ta'minlash uchun ekran qo'llanmalarining bitta seriyasidan foydalanib o'quv materialini ishlab chiqish va ularning boshqa to'plamini qo'llab, bilimlarni mustahkamlash. Ko'rsatmali vositalarning turli didaktik vazifalari va imkoniyatlarini nazarda tutib ularni kompleks holda qo'llash talab qilinadi. Shu taqdirdagina darsning bilish bilan bog'liq vazifasini hal qilish eng yuqori bosqichga ko'tarilishi mumkin. Shu bilan birga, o'rganilayotgan hodisaning turli jihatlarini yoritish lozim bo'lgandagina har xil ko'rsatmali qurollardan foydalanish o'zini oqlaydi. Chunki mazkur jihatlarning har birini ko'rsatmalilikning ma'lum turi yordamida ishonarli tarzda va tola yoritish mumkin. Ko'rsatmali vositalarni tanlashda ularning imkoniyatlarini har bir o'quv predmetining o'ziga xos xususiyati va har qaysi darsning mazmuni bilan taqqoslash zarur.

Ko'rsatmali qo'llanmalar o'quvchilarga ko'rsatmalilikning quyidagi har xil turlaridan foydalangan holda taqdim etiladi:

    1. Tabiiy ko'rsatmalilik - o'quvchilarni mavjud ob'yektlar,



o'simliklar, hayvonlar, minerallar va hokazolar bilan tanishtirishni taqozo etadi. Tabiiy Ko‗rsatmalilikni sinfda ham, ekskursiyalar paytida ham namoyish etish mumkin.

    1. Hajmli ko'rsatmalilik - mavjud olam hajmining aks etishidir. Bu fotosuratlar, rasmlar, diafilm va diapozitivlardan iborat bo'ladi.

    2. Ovozli ko'rsatmalilik - tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish Gramplastinkalar va magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli kino ko‘rishi.

    3. Simvolik va grafik ko'rsatmalilik - xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqelikni shartli umumlashgan simvolik ko'rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi.

Maktabda birinchi sinfdan o'ninchi sinfgacha ko'rsatmalilikning ana shu barcha turlaridan foydalaniladi, lekin, tabiiyki, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarni, shu asosda fikrlash va faoliyat olib borishni topshirish, yuqori sinflarda o'quvchilarning mustaqil va mantiqli fikrlashi rivojlanishiga ko'ra simvolik va grafik kuzatishlarni ko'proq qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ko'rsatmalilik o'quvchilar o'rganiladigan u yoki bu narsalar to'g'risida muayyan tasavvurga ega bo'lmagan paytda juda zarur. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, ko'rsatmali qo'llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto'g'ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Bugungi kunga kelib milliy tarbiya tizimida ham internet o'qituvchi hayoti va faoliyatining bir qismiga aylanib bormoqda. Chunki u yangi ma'lumotlar olishning eng qulay va ko'nikilgan manbaiga aylandi.
Bulardan tashqari, o'z faoliyatlarida internet darslar tashkil qilishda ham foydalanadilar:

  • o'quvchilarni sinfda va sinfdan tashqari o'qishini tashkil etadilar;

  • o'quvchilarning internetdan to'g'ri foydalanishlariga ko'maklashadilar;

  • tarbiyalanuvchilarining jamoa bo'lib ishlashlarini tashkil etadilar;

  • o'quvchilarning ma'lumot olish imkoniyatlarini oshiradilar.

Bularning barchasi o'qituvchining kasbiy faoliyatini sifatli amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun o'qituvchilarning quyidagilarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir:

  • o'quvchilarga yuklanadigan topshiriqlar hajmini aniqlab olish;

  • o'z an'anaviy o'qitish usullari bilan birga zamonaviy internet materiallaridan foydalanish;

  • internet orqali hamkasblar darslarini kuzatish, zarurat tug'ilsa, ularning tajribalaridan o'z amaliyotida foydalanish.

Bundan tashqari, nafaqat o'qituvchilar, balki o'quvchilar

ham sinfda yoki kutubxonada internet orqali zarur o'quv materiallarini topishi, topgan materiallarini o'rtoqlari bilan bo'lishishi, bilimlarini, uy vazifalarini o'qituvchisiga internet orqali topshirishlari ham mumkin. O'qituvchi va o'quvchilarning internet orqali doimiy muloqoti bu faoliyat samaradorligini ham ta'minlaydi.


Internetdan izlash tizimi o'quvchilarga har xil yo'nalishdagi multimediaya ma'lumotlarini tanlash imkoniyati bilan taqdim etadi. O'quvchilar har xil ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar va o'quv materiallariga kirish, eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar. Internet imkoniyatlari bugungi kunda shunchalar kattaki, u har xil masalaning uyda yoki maktabda, o'tirgan joyidan qimirlamay yechimini topish imkoniyatini yaratadi. Ma'lumotlar omboriga: kutubxonalar, fonotekalar, filmotekalar orqali kiriladi. Bu shakldagi qidirish serverlari bilan ishlash aynan nimani qidirish kerakligini aniq bilganda qulay va oson kechadi.



Download 201,09 Kb.
1   2   3   4   5




Download 201,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Download 201,09 Kb.