Ad-hoc yaxlit xossalar ontologik maqomi noimmanent, emeijentdir. Ssientizm fan-texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi




Download 17.81 Kb.
Sana13.04.2024
Hajmi17.81 Kb.
#194122
Bog'liq
GLOSSARIYlar
LABORATORIYA 3, LABORATORIYA №6, Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash. Abdazimov A.D. Abduraxmonov N.B., Sirtqi Амалиёт кундалиги, akademik yozuv 4 mus, 3.05-Dasturlash tillari, 1, 14- мактаб расмлари, 2-Mustaqil ish mavzulari (1), Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar. , 1 amaliy, referat 1, Mustaqil ish mavzulari, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari-fayllar.org, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari

GLOSSARIY

Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emeijentdir. Ssientizm - fan-texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi.


Aksiomatik metod - ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim dastlabki qoidalar-aksiomalar qo'yiladi va nazariyaning qolgan barcha g‘oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo‘1 bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Amaliy tadqiqotlar - amaliy tadqiqotlaming xususiyati shu bilan belgilanadiki, ular amaliy vazifalami yechish uchun kerakli bo‘lgan bilimni olishga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljal oladi.
Analiz - obyektni amalda yoki fikran tarkibiy qismlarga ajratish; sintez - qismlardan butunni, xuddi shunday tarzda, qayta birlashtirish. Analitik bilim - tafsilotlami, xususan, asosiy negizda mavjud mazmunning butun salohiyatini aniqlash imkonini beradi.
Analogiya (moslik, o‘xshashlik) - o‘xshash bo‘lmagan obyektlaming ayrim jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi o‘xshashliklami aniqlash. Aniq maqsadga qaratilgan fundamental tadqiqot - ilmiy izlanish yo‘nalishi aniq belgilangan va tadqiqotchilardan qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidan og'maslik
Antissientizm - falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e’lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilami mutlaqlashtiradi.
Axborot - obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi.
Axborot texnologiyasi - bu axborotni tanlash, jamg‘arish, tahlil qilish va foydalanuvchiga yetkazib berishga yo‘naltirilgan hisoblash texnikasi, elektr aloqa, informatika imkoniyatlarining uyg‘unligidir.
Bilim sifatida fan - atrof borliq narsalari va jarayonlarini amal da aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlami belgilash, qarorlar qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi.
Bilimning ilmiylik mezoni - verifikatsiya qilish imkoniyati emas, balki aksincha, falsifikatsiya qilish (uni rad etish) imkoniyatidir.
Verifikatsiya tamoyili - mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni etarli asoslash tamoyilining o‘xshashi.
Germenevtik doira - «olmaxon g‘ildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan awalgi butunga emas, balki o‘z qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, ya’ni boshqa butunga qaytadi.
Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash - ilmiy tadqiqotning zaruriy sharti.
Deduksiya —bilish jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi.
Dialog - murakkab, rang-barang mazmunga boy va tushunish bilan uzviy bog‘liq o‘zaro aloqa shaklidir. Dialogda insonning ikki tabiiy intilishi: aytish va o'zini eshitishlariga erishish, shuningdek tushunish va tushunilishga intilish ro‘yobga chiqadi.
Ideallashtirish - voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo‘lmaydigan, lekin real olamda ularning timsoli bo‘lgan obyektlarning tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) tushuncha.
Ideografik metod - (yunoncha idios - «alohida», grapho - «yozaman») u madaniyat haqidagi tarixiy fanlar metodi, alohida tarixiy dalillar va hodisalaming o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflash.
Ijodiy qobiliyat - insonlarga kerakli bo‘lgan qandaydir yangilikni ochish yoki yaratish
Ijtimoiy axborot - bilimning shunday bir qismiki, u muayyan moddiy jismlarda qayd etilgan va belgilar tizimida ifodalang&n holda ijtimoiy-kommunikativ, subyektlararo jarayonga qo‘shilib idrok etiladi va insonning bilim darajasini o‘zgartiradi, shuningdek, uning o‘zi ham o‘zgartirilib, undan faoliyatning turli jabhalarida foydalaniladi.
Ijtimoiy axborot jarayonining ikki faoliyat turi - interiorizatsiya va eksteriorizatsiya. Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan - ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimi, me’yorlar va qadriyatlar tizimi.
Ilmiy axborot - ilmiy bilish jarayonida olingan, tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, nazariyalar va gipotezalar tizimida qayd etilgan, tabiiy yoki sun’iy belgilar tizimi yordamida ifodalangan, obyektiv borliqni olimning ma’naviy faoliyati natijalari orqali aniq aks ettiradigan va ijtimoiy-tarixiy amaliyotda foydalaniladigan ijtimoiy ahamiyatga molik va mantiqiy jihatdan (shaklan) umumiylashtirilgan axborot.
Ilmiy dalilning ikki muhim xossasi - ishonchlilik va bir variantlilik.
Ilmiy elita va intellektuallar - intellektual mulk bunyodkorlari.
Induksiya-ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ulami umumlashtirib xulosa chiqarishga) fikran harakat qilish.
Innovatsiya - ingliz tilidan kelib chiqqan, yangilanish, o'zgartirish, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi.
Inson bilimi - hissiy va ratsional faoliyatning birligi.
Intellektual elita - ziyolilaming tug‘ma emas, balki funksional tipi. U o‘z zimmasiga yuklangan jamiyatning ma’naviy va intellektual rivojlanishini ta’minlash funksiyasi bilan bog‘liq. Intellektual elitaga ' mansublikning eng diqqatga sazovor ko‘rsatkichi kashfiyot yoki ta’limotga stixiyali tarzda uning muallifi nomi berilishidir. Interiorizatsiya - insonning ijtimoiy-kommunikativ jarayoniarda moddiylashgan ijtimoiy (shu jumladan, ilmiy) axborotni anglab yetishi.
Internalizm - ijtimoiy sharoitlar fanning rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishini, albatta, inkor etmaydi, lekin bu ta’simi ahamiyatga molik emas.deb hisoblaydi. Informatika (fransuzcha information - axborot va automatique - avtomatika) - axborot olish, unga ishlov berish, uni saqlash va taqdim etish jarayonlarini tadqiq qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot texnikasi va texnologiyasini yaratish, amaliyotga joriy etish va ulardan foydalanish masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanuvchi fantexnika faoliyati.
Irratsionallik - aql bilan bilish mumkin bo‘lmagan, mantiqiy fikrlash bilan muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar.
Iste’dod - shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, asosan ilmiy izlanish jarayonida eng katta kuch sifatida faol ishtirok etadi.
Kontrreduksiya tamoyili - oliy immanent «metayaxlit» xossalaming mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish mumkinligini e’tirof qiluvchi jarayon.
Kumatoid - suzayotgan obyektni anglatib, obyektlaming tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi, parchalanishi mumkin.
«Case studies» atamasi pretsedentning, ya’ni kuzatish ostida bo'lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan obyektning mavjudligini aks ettiradi.
Metayaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Metod (yunon. metods - usul) - keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoiiyatning har qanday shakli kabi ma’nolami anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir.
Metodologiya tushunchasi - faoliyatda qoilaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k) va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Metodologiya faqat metodlami emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalami ham o‘rganadi.
Modellashtirish tamoyili va o‘xshatish metodi - obyektlaming ba’zi bir xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalami tadqiq qilish orqali bilish mumkinligi. Mohiyat-e’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo ‘ lidir.
Modellashtirish - borliqni bilvosita o'rganish usuli. Biron obyektning xususiyatlarini ulami o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilishr. Muammo - bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmui. Shuningdek, muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda - biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlami tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir.
Muammo - bu yechilishi lozim bo‘lgan masala yoki vazifa.
Muammoni qo‘yish - ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni qo‘yishda, awalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalami ajratgan holda uni ta’riflash lozim.
Nazariya - bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunishgagina emas, balki unga faol ta’sir etib aqliy asosda o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ilmiy g‘oyalar to‘plami. Nomotetik metod (yunoncha nomothetike - «qonunchilik san’ati») - qonunlami umumlashtirish va belgilashga qaratilgan bo‘lib, tabiatshunoslikda namoyon bo‘Iadi.
Nanotexnologiya - mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi tabiatning o‘zida mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak va shunga o‘xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Reduksiya tamoyili - ma’lum yaxlitlik, tizim, «murakkablik»ni uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilish.
Simvol - moddiy narsalar va jarayonlaming belgi yoki obraz tarzida ifodalangan ideal mazmuni.
Sintetik bilim - nafaqat umumlashtirish, balki mutlaqo yangi mazmunning yaratilishiga olib keladi.
Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaning metodologik muammolari ham kiradi.
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod - yaxlit tizimlarda ulaming strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror munosabatlar va o‘zaro aloqalami hamda ulaming bir-biriga nisbatan rollari (fiinksiyalari)ni ajratish. Superintellektual elita - superintellektual elitaga Nobel mukofoti sohiblari kiritiladi. Tabiiy obyektlar xossalarining to‘rt turi - barcha tabiiy obyektlarga xos bo‘Igan xossalaming turlarini aniqlash fan metodologiyasining muhim vazifasidir.
Tabiiy obyektlar, deganda kelib chiqishi insonning ongli ijodi bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday yaxlit obyektlar: atomlar, molekulalar, tirik organizmlar, tabiiy til, jamiyat va shu kabilar tushuniladi.
Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari - amaliy tadqiqotlardan farqli o‘laroq loyiha konstruktorlik ishlanmalari konkret texnik vazifani bajarish.
Talqin qilish - dalilning muhim unsuri bo‘lib, u har xil shakllarda amalga oshiriladi. Tarixiylik tamoyili - obyektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog* lab, uni mufassal o‘rganish. Mazkur tamoyilning shakllanishi va mohiyati to‘g‘risida maxsus bo‘Iimda so‘z yuritiladi.
Tushuntirishning bosh maqsadi - o‘rganilayotgan predmetning mohiyatini, rivojlanish sabablari, shartlari va manbalarini, harakat mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
To'ldiruvchanlik tamoyili - tadqiqotning ko‘pgina obyektlari (mikrodunyoning elementar zarralarga o‘xshash eng oddiy obyektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab obyektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to‘la tavsiflanadi. Umumlashtirish - predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muliim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi mumkin. Falsifikatsiya tamoyili - mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lgan bilimgina ilmiy bilim bo‘lishi mumkin.
Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida - insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Hissiy bilishning asosiy shakllari - sezish, idrok etish va tasawur qilish.
Shubha - bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini qayta ko'rishga, qadriyatlami qayta baholashga undaydigan emotsional holatdir. Eksperiment-o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish, eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obyektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksteriorizatsiya - yangi axborot yaratish borasidagi faoliyat.
Eksternalizm - fan rivojlanishimng ijtimoiy sharoitlariga tayangan holda mazkur rivojlanish sabablarini tushunish mumkin emasligini ta’kidlaydilar.
Erkin tadqiqot (izlanish) - odatda, individual xususiyat kasb etadi yoki ish maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘lami o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi.
Ehtimoliy-statistik metodlar - barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko‘plab tasodifiy omillaming ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi.
Ehtiros - ijod jarayoniga tegishli bo‘lgan biror narsani qadriyat sifatida baholash yoki bilish usuli
Yaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, emeqentdir.
Yaxlitlik tamoyili - tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan o‘zaro aloqada bilish.
Download 17.81 Kb.




Download 17.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ad-hoc yaxlit xossalar ontologik maqomi noimmanent, emeijentdir. Ssientizm fan-texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi

Download 17.81 Kb.