|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 190/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasiO’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Hozirgi zamon milliy adabiyotimizning yirik namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tavallud. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chib keldi. Oradan bir yil o‘tgach onasi ham dunyodan o‘tadi. Erkinjon avval o‘rta maktabda, so‘ng hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta’lim oladi. 1960-yilda o‘qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.
Erkin Vohidov dastlabki she’rlarini maktabda o‘qib yurgan paytidayoq e’lon qila boshlagan, birinchi she’riy to‘plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o‘quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» nomli hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoir-u she’r-u shuur» deb atalgan adabiy-falsafiy to‘plami XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S. Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko‘plab asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Ijodkor tomonidan ulug‘ nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz tarixida ham muhim voqea bo‘lib qoldi.
Erkin Vohidov she’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho‘ro adabiyotshunosligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn» deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini yozgan, undan joy olgan o‘nlab go‘zal g‘azallari bilan bunday da’volarning puch ekanini isbotlagandi. U «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan ijodkordir.
Darhaqiqat, Erkin Vohidov o‘zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-o‘ylarini badiiy ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko‘tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo‘naltirgandir. Bu jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan «O‘zbegim» qasidasi alohida e’tiborga molik.
|
| |