|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 35/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasiO’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Hamid Olimjon bor-yo‘g‘i 34 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, o‘zidan juda boy adabiy meros qoldirib ulgurgan. Shoir tomonidan yaratilgan asarlar o‘n jild (yirik kitob)ni tashkil qilishi ham uning naqadar sermahsul ijodkor bo‘lganidan darak beradi. Hamid Olimjon qobiliyatli rahbar va olim ham bo‘lgan edi. U o‘ttiz yoshga yetar-yetmas O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o‘ttiz o‘ch yoshida akademik unvonini oldi.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug‘ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari ko‘plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to‘ylar, turli yig‘inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o‘tmaydi. O‘tgan asrning boshlarida, odamlarning uyida radio-televizor tugul oddiygina elektr chirog‘i bo‘lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug‘ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar o‘qilar, bir uy bolalar ham bu ma’rifat nuridan bahramand bo‘lib o‘sardilar.
Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko‘p doston va ertaklarni yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid tasavvurida qadimgi asarlar qahramonlari qayta jonlanardi. Dostonlarning shirali tili, bir-biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o‘zi yozgan dostonlardan biri «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday esga oldi:
Bolalik kunlarimda, Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Uyqusiz tunlarimda Oyni uyaltirgan qosh...
Ko‘p ertak eshitgandim, Buvimning har qissasi,
So‘ylab berardi buvim. Har bir qilgan hissasi
Esimda o‘sha damlar: Fikrimni tortar edi,
o‘zi uchar gilamlar, Havasim ortar edi.
Hamid Olimjondagi tug‘ma iste’dodning ko‘z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo‘lib yetishuvida mana shu ezgu havas, albatta, katta rol o‘ynagan.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang‘ich maktabni tugallab, o‘sha davrda (1932-yilga qadar) O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan Samarqand shahriga bordi. U yerda avval pedagogika bilim yurtida (1923-1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926-1931) tahsil oldi. Ko‘plab ijodkor yoshlar to‘plangan bu o‘quv dargohlarida Abdulhamid yozgan she’rlar do‘stlari tomonidan qizg‘in kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq tug‘ma iste’dodi yarq etib ko‘ringan talaba shoirning dastlabki she’rlari Samarqandda chop etiladigan «Zarafshon» gazetasida 1926-yildanoq chiqa boshlagan bo‘lsa, «Ko‘klam» nomli birinchi she’rlar to‘plami 1929-yilda o‘z o‘quvchilarini topdi. Shu tariqa o‘zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor dunyoga keldi.
Hamid Olimjon ham zamonaviy, ham tarixiy mavzularda birdek samarali ijod qilardi. Uning «Muqanna» nomli tarixiy, «Jinoyat» deb nomlangan zamonaviy mavzudagi she’riy dramalari, hozirgi kunda xalqimizning sevimli qo‘shiqlariga aylangan g‘azallari, ko‘plab tarjima asarlari mashhurdir. Ayniqsa, ona yurti - O‘zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o‘zining samimiyligi, ohangdorligi, o‘quvchining eng nozik tuyg‘ularini qo‘zg‘ata olishi bilan zamonlar sinovidan o‘tib kelmoqda.
Hamid Olimjon onasidan eshitgan dostonlari hamda xalq tarixini o‘rganish jarayonida orttirgan hayotiy tajribalarini umumlashtirib, 1937-yilda «Oygul bilan Baxtiyor» nomli mashhur dostonini yaratadi.
|
| |