|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 43/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi She’rlardan namunalar
Go‘zal yurt Susambilda
Bir podachi bor edi.
U mashhur edi elda,
Nomi Baxtiyor edi.
Go‘zal edi va chinor
Qomatiga edi zor.
Ko‘kraklari butun bir
Oftobni yashirardi.
Tanlarida bir umr
O‘t lovullab turardi.
Qilichday o‘tkir edi,
Rustam kabi zo‘r edi.
Ammo elda xor edi,
Kambag‘al, nochor edi...
Har tomonga qararkan,
Baliq ovlab daryoda
Yurganlarga yo‘liqdi.
Shu chog‘da uning sodda
Ko‘ngli juda toliqdi:
«Jinday non bormi?» dedi.
Baliqchi tanti edi:
«Yo‘qdir berar nonimiz,
Lekin kuyar jonimiz.
Mayli shu safar to‘rga
Chiqqanin ol o‘zingga.
Uzun umring bor bo‘lsin,
Bola, baxting yor bo‘lsin».
Rozi bo‘ldi Baxtiyor
Va toleiga shu bor
Jayhun ilinib qoldi,
Ulkan baliqni oldi.
Ikki ho‘kizga ortib,
Oldindan o‘zi tortib,
Uyga tomon yo‘l soldi,
Baliqchi kulib qoldi.
Hovliqib tolib keldi,
Uyiga olib keldi.
XII
«Ota», dedi u, darhol –
Hozir bo‘ldi qari chol
Va ota-bola ikkov
Baliqqa soldilar do
Otasi pichoq soldi,
o‘g‘li oybolta soldi.
Baliq qornin yorganda,
Pichoq belga borganda,
Chol birdan cho‘chib qochdi,
Baxtiyor g‘azab sochdi.
Baliq qornida shu on
Tebranib u yon-bu yon,
Oygul ko‘zini ochdi
Va Baxtiyorni ko‘rdi.
Boshiga qon yugurdi.
Qora ko‘zlari yonib
Uyga vazifa She’rlardan yod olish
Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________
«Adabiyot» 5-sinflar uchun
«________»___________________20___ yil
Mavzu: Maqsud SHAYXZODA (1908-1967)
Darsning texnologik haritasi
|
| |