|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 41/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Biz avvalgi darslardan ertaklarning nima ekanligi, ularning qanday turlari borligini bilib olgan edik. Siz «doston» degan so‘zni eshitgan, ularni o‘qigan ham bo‘lsangiz kerak, albatta. Voqealarni ma’lum bir sujet asosida bayon qilib beruvchi yirik she’riy asarlar doston deb ataladi. Dostonlar yaratilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: xalq dostonlari va adabiy dostonlar. Xalq dostonlarining muallifi aniq bo‘lmaydi. U baxshilar tomonidan kuylanadi va og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga o‘tganda ba’zi bir o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Adabiy ertaklarning muallifi aniq bo‘ladi, ya’ni ular shoirlar tomonidan ijod qilinadi.
Badiiy adabiyotda, xususan bolalar adabiyotida ertak-doston degan janrga ham duch kelamiz. Xo‘sh, ertak-doston nima?
Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ertak-doston o‘zida ham ertaklarning, ham dostonlarning xususiyatlarini mujassam etadi. Ertak-dostonlar asosan shoirlar tomonidan yaratiladi. U mazmunan ertakka, shaklan esa dostonga yaqin turadi. Ya’ni voqealar xuddi ertakdagi kabi boshlama, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ammo bu voqealar nasriy usulda emas, balki she’riy usulda bayon etiladi.
Ertak-dostonlar qanday ehtiyojdan kelib chiqib yaratiladi? Shoirlar har qanday ertakni ham she’rga solavermaydilar. Avvalo, bu ertakning sujeti juda qiziqarli, voqealar rivoji tarang bo‘lishi kerak. Shoir uni o‘z iste’dodi, dunyoqarashidan kelib chiqib, o‘z davrining muammolariga moslashtiradi. Shuningdek, ijodkor ertak-doston yaratar ekan, unga asos bo‘lgan ertak voqealarini she’riy usulda aynan bayon etib bermaydi. Ertakdagi voqeaga o‘zidan nimadir qo‘shishi, nimanidir o‘zgartirishi, nimanidir tushirib qoldirishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, barcha ertak-dostonlar ham xalq ertak va afsonalari asosida yaratilavermaydi. Bu voqealarni shoirning o‘zi o‘ylab topishi, ya’ni hali xalq og‘zaki ijodi yoki yozma adabiyotda ma’lum bo‘lmagan mutlaqo yangi asar yaratishi ham mumkin. Ertak-dostonlar ba’zan she’riy ertaklar deb ham ataladi.
Jahon adabiyotida Ubayd Zokoniy, Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak ertak-dostonlarning ajoyib namunalarini yaratganlar. o‘zbek adabiyotida Abdulla Avloniy, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Quddus Muhammadiy, Po‘lat Mo‘min kabi ijodkorlar ertak-doston janrining rivojiga munosib hissa qo‘shdilar. Bugungi kunda ham ijodkorlar tomonidan diqqatga sazovor ertak-dostonlar yaratilmoqda.
|
| |