• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet63/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi

    O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    Yangi mavzu:
    Andersenning ko‘pgina ertaklarida tabiat manzaralari juda jonli, qahramonlar ruhiy holatiga mos tasvirlanadi. Masalan, Gerda Kayni izlab daryoda suzib borayotganida asov to‘lqinlar uning hayotiga qanchalik xavf-xatar solsa, qirg‘oqdagi dov-daraxtlar, qushchalar qizga shunchalik taskin-tasalli berib, uni jasoratga chorlagandek tuyuladi. Sehrgar ayolning bog‘idagi gullab yotgan giloslar, quyoshning bu daraxtlar ortiga asta-sekin botib ketishi, bog‘da anvoyi gullarning ochilib yotishini kuzatar ekanmiz, bunday maftunkor joyda har qanday kishi ham Gerda kabi hamma narsani unutib yuborishiga ishonamiz. Qop-qora o‘rmon, qaroqchilarning vahimali qarorgohi bizni ham dahshatga soladi. Ertak oxirida Kay va Gerdaning yana o‘z bog‘chalarida, atirgullar ostida qo‘l ushlashib o‘tirishlari, butun atrofda to‘kin-sochin yozning hukmronlik qilayotgani juda chiroyli tasvirlangan. Har ikki qahramon qishning qor-quyunlarini, izg‘irin-sovuqlarini yengib o‘tib, tinch-osuda yoz fasliga yetib kelgan edilar.
    Andersen ertaklarida hamisha hayotga muhabbat, har bir voqea-hodisadan yaxshilik, go‘zallik izlash ruhi ustun turadi. Masalan, Gerda borib qolgan bog‘dagi sehrgar ayol unga yomonlik qilishni istamaydi, faqat shunday bir qizchani orzu qilgani uchun uni o‘zi bilan olib qolmoqchi bo‘ladi. Hatto Qor malikasi ham Kayni o‘zining qandaydir jozibasi bilan maftun etadi, unga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Agar Kay muz bo‘laklaridan «mangulik» degan so‘zni yoza olsa, uni ozod qilishga, butun olamni unga baxsh etishga va’da beradi. Nega? Chunki barcha ezgu, oliyjanob, go‘zal narsalar mangudir. Aksincha, hamma yovuzliklar, qabihlik va razolatlar o‘tkinchidir. Agar Kay ana shu yovuzlik va qabohatlarni yengib o‘tib, ezgulik, go‘zallikka erisha olsa, u mangulikka erishgan bo‘ladi.
    H. K. Andersen ijodidagi «Bulbul» ertagi ham buyuk ertakchi yarat-gan go‘zal asarlardan biridir, Bu ertakni go‘zallik ya ezgulikni ulug‘lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi, uning inqirozi muqarrarligi haqidagi asar, desak yanglishmaymiz. Ertakning qisqacha mazmuni quyidagicha: Xitoy imperatorining qaramog‘idagi bepoyon bog‘ning to‘rida bir sayroqi bulbul yashaydi. Bu mamlakatga kelgan xorijlik elchilar va sayyohlar imperatorning g‘aroyib chinni saroyi, jannatsimon bog‘lari va undagi bulbul xonishidan zavqlanadilar, ayniqsa, imperator bog‘idagi bulbulning kishini sel qilib sayrashi ularni hayratda qoldiradi. Kuylovchi qushchaning dong‘i butun olamga mashhur bo‘lib ketadi. U haqida qasidalar, kitoblar yoziladi. Faqat mamlakat hukmdori imperatorgina o‘z bog‘ida shunday mo‘jizakor qushcha borligini bilmas edi. U ham bulbul haqida xorijdan unga yuborilgan kitoblarni o‘qib biladi, bundan avval ajablanadi, keyin esa g‘azablanadi. O‘z amaldorlariga bulbulni yer tagidan bo‘lsa ham topishni, aks holda barchalarini qattiq jazolashini aytib, farmon beradi. Bulbulni saroyga taklif etadilar, uning sharafiga katta ziyofat beriladi va uning bemalol sayrashi uchun oltindan qo‘ndoq yasaladi. Ziyofatga barcha to‘plangach, imperator jajji qushga hurmat ko‘rsatib sayrab berishini taklif qiladi. Bulbul shunday dilbar bir navo qiladiki, imperatorning ko‘zlaridan duv-duv yosh kelib, yonoqlariga oqa boshlaydi. Qushning qo‘shig‘i yuraklarga jiz etib tegadi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.