• II. O’tgan mavzuni so’rash. a)
  • Foydalaniladigan adabiyotlar




    Download 0.72 Mb.
    bet138/142
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #21027
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
    Bog'liq
    6-sinf-adabiyot-fanidan-konspekt
    Иш режа усти, 3-tema. Tańlaw hám jaylastırıw gruppaındaǵı quramalılıqǵa iye saralaw algoritmları (2), matluba-1, ШАРТНОМА-МТТ-ва-ота-–-она-ўртасида-1, Диплом Майсара.uz, Виртуализация амалий иш 1, java, OU50484, Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiay asoslari (1) (1), Документ Microsoft Word (3), 1-Dars, Ehtimollik va statistika 2M, 4-Amaliy ish
    Foydalaniladigan adabiyotlar:
    1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
    2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
    I. Darsning borishi:
    a) salomlashish
    b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
    II. O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    III. Yangi mavzu:
    1. Pirimqul Qodirovni tarixiy mavzuga murojaat qilishga undagan sabablar nimalar edi deb o‘ylaysiz?
    2. «Yulduzli tunlar» romanini o‘qigan bo‘lsangiz yoki u asosida yaratilgan videofilmni ko‘rgan bo‘lsangiz, sinfdoshlaringizga bu asarning sujetini qisqacha gapirib bering.
    3. Bobur va boburiylar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Ularning faoliyati Hindiston tarixida qanday iz qoldirgan?
    4. «Avlodlar dovoni» romanidan olingan parchada Hindiston tabiati va odamlariga xos qanday uyg‘un jihatlar ko‘rsatilgan?
    5. Alvaro Pakavira singari odamlar tarix sahnasida qanday rol o‘ynaydilar? Ularning ishlarini oqlash mumkinmi?
    6. Sherxonni qanday odam sifatida tasavvur etdingiz? Uning o‘rnida Siz bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz?
    7. Nima deb o‘ylaysiz: agar Sherxon o‘zi va Humoyun o‘rtasida ahdlashilgan tinchlik sulhiga Qur’onni ushlab va’da berganida, uni buzishga jur’at etarmidi-yo‘qmi?
    8. Bayramxonning Humoyunga bo‘lgan sadoqati qaysi harakatlarida bo‘rtibroq ko‘rinadi?
    9. Tarixiy qo‘lyozma kitoblarga ishlangan suratlar (miniaturalar)da tasvirlangan jang epizodlari bilan romanda tasvirlangan jang lavhalarini o‘zaro muqoyasa qilishga harakat qiling.
    10. Humoyun Mirzo otasi Bobur umidlarini oqlagan farzand bo‘lib yetishganmi? Uning ukalari-chi?
    11. Nizom oddiy mehnatkash odamni emas, kimsan podshohni o‘limdan qutqardi! Shunday vaziyatda uning o‘zini tutishi Sizga notabiiy tuyulmayaptimi? Fikringizni asoslashga harakat qiling.
    12. Nega Nizom podshohdan otasini ozod qilishni so‘radi-yu, Hamidabonu haqida so‘z ochmadi?
    13. Tog‘ay Murod va unga tengdosh yozuvchilar ijodiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni biror asar misolida ko‘rsatishga harakat qiling.
    14. Tog‘ay Murodning darslikda keltirilgan qissasidan boshqa yana qanday asarlarini o‘qigansiz?
    15. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi Siz hozirga qadar o‘qigan boshqa yozuvchilar asarlaridan ko‘proq nimasi bilan farq qiladi?
    16. Bo‘ri polvon tabiatan qanaqa odam? Nega u o‘ttizga kirguncha uylanmay yurdi?
    17. Nasim polvon bilan Bo‘ri polvon o‘rtasida qanday ziddiyat yuz berganini qissani to‘liq o‘qish orqali bilib olishga harakat qiling.
    18. Bo‘ri polvonning hech qachon o‘z manfaatini ko‘zlab ish qilmasligi qaysi harakatlarida namoyon bo‘ladi?
    19. Bo‘ri polvon nega o‘g‘li Tilovberdining g‘alabasini tan olishni istamadi va uni qaytadan kurashga tushishga majbur qildi?
    20. Tilovberdining Abray polvondan yengilganidan keyingi holatini qanday izohlaysiz? Bu - otaga hurmatsizlik belgisimidi yoki boshqa narsami?
    21. Qissaning kitobingizda berilgan parchalaridan Bo‘ri polvon aslida qayerda ishlashi, qishloqda nima yetishtirilishini bilsa bo‘ladimi?
    22. Sizni ham kattalar biror marta «E, yasha otasining uli (o‘g‘li)!» deya alqaganmi?
    23. Tog‘ay Murod qissasini mutolaa qilib, o‘zingiz uchun o‘zlashtirgan eng muhim ma’naviy boylik nima bo‘ldi?
    24. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi asosida ijodiy insho yozing va sinfdoshlaringizga o‘qib bering.



    Download 0.72 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




    Download 0.72 Mb.