• III. Yangi mavzu
  • ) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi




    Download 0.72 Mb.
    bet22/142
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #21027
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
    Bog'liq
    6-sinf-adabiyot-fanidan-konspekt
    Иш режа усти, 3-tema. Tańlaw hám jaylastırıw gruppaındaǵı quramalılıqǵa iye saralaw algoritmları (2), matluba-1, ШАРТНОМА-МТТ-ва-ота-–-она-ўртасида-1, Диплом Майсара.uz, Виртуализация амалий иш 1, java, OU50484, Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiay asoslari (1) (1), Документ Microsoft Word (3), 1-Dars, Ehtimollik va statistika 2M, 4-Amaliy ish
    2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
    I. Darsning borishi:
    a) salomlashish
    b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
    II. O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    III. Yangi mavzu:
    Qadrli bolalar! Siz aka-uka Grimmlar, Sharl Perro, Hans Kristian Andersen hamda boshqa adiblar qalamiga mansub ertaklar va bu asarlar asosida yaratilgan kino va sahna asarlari bilan tanishsiz. Esingizda bo‘lsa, 5-sinfda Hans Kristian Andersenning «Bulbul» nomli ertagini o‘rgangansiz. Bilasizki, ertaklarda afsonaviy, o‘ylab topilgan voqealar tasvirlanadi. Biroq ular zamirida kishini ezgulikka, xayrli ishlarga undovchi, insonni ma’naviy jihatdan go‘zallashtiradigan sehrli bir kuch mavjud. Kattalarning ham, kichiklarning ham ertaklarni birdek yaxshi ko‘rishi shundan bo‘lsa, ajab emas. Italiyalik ertakchi Janni Rodari yuqorida biz nomini tilga olgan buyuk ijodkorlardan ancha keyin yashab o‘tgan bo‘lsada, o‘zining mo‘jizali, o‘quvchini hayratga soluvchi ertaklari bilan jahon bolalarining qalbini rom etgan adibdir.
    Janni Rodari 1920-yilning 23-oktabrida Italiya shimolidagi Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Jannining bolalik yillari mashaqqatli kechdi. Uning otasi Juzeppe Rodarining kasbi novvoy bo‘lib, Jannining bolaligi, adibning o‘zi ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi. Jannining otasi nisbatan erta vafot etadi. Tirikchilik og‘irlashgach, ularning oilasi boshqa shaharga ko‘chib ketadi. Janni bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egallashni orzu qilgan edi. Biroq kambag‘allik tufayli hech orzu qilmagani diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, Rodari bu maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmaydi.
    Yosh Janni universitetga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. Maktabdagi o‘quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, ularning fe’l-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o‘rganish Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida shakllanishida jiddiy omil bo‘ldi, deya olamiz. Yosh o‘qituvchi Janni Rodari o‘quvchilari bilan uzoq suhbat qurar, ularning ba’zan javob berish mushkul bo‘lgan xilma-xil savollaridan zavqlanar, bu savollarga javob berish uchun turli xil voqealarni hikoya qilib berardi. J.Rodari bu jarayonda o‘zi ham bilmagan holda kichik ertaklar to‘qir, ularni yosh do‘stlariga aytib berar edi. Keyinchalik u o‘zi to‘qigan ertaklarni qog‘ozga tushira boshlaydi. Ana shu tarzda yozuvchining ilk to‘plami - «Quvnoq she’rlar kitobi» yuzaga keladi. Shundan keyin u Italiyada va boshqa mamlakatlarda mohir ertakchi adib sifatida taniladi. Yozuvchining «Chippolinoning sarguzashtlari», «Telefonda aytilgan ertaklar», «Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida», «Osmondagi tort», «Televizorga kirib qolgan Jip», «Rim ertaklari»? «Uchtadan oxiri bor ertaklar» kabi mutoyibaga boy, ta’sirchan hikoyalar turkumi maydonga keldi. Bu asarlarning ko‘pchiligi o‘zbek tilida ham nashr etilgan. Janni Rodari asarlari o‘zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o‘quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan adib edi. Mashhur yozuvchi 1980-yil 14-aprelda vafot etdi. Siz quyida Janni Rodarining «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumidagi «Hurishni eplolmagan kuchukcha» hamda «Rim ertaklari» kitobidan olingan «Shahzoda Plombir» nomli ertaklar bilan tanishasiz.

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi

    Download 0.72 Mb.