• 1.Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari, mazmuni va tashkil etilishi.
  • Adabiyotlar




    Download 93.06 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana06.04.2022
    Hajmi93.06 Kb.
    #19405
    Bog'liq
    маъруза
    c Neft va gaz ishi asoslari


    2-Mavzu: Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar. 
    R E J A 
    1.Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari, mazmuni va tashkil etilishi. 
    2.Tayyorlov ishlarining plani. 
    ADABIYOTLAR 
    1.Mavlonova R.A. «Mehnat ta’lim metodikasi». T. «O’qituvchi» 1986 y. 
    2.Varob’ev A.A. «O’quvchilarda konstruktorlik va metodlash ishlari».T. «O’qituvchi». 1990 y. 
    3.Sanaqulov X. «Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limidan amaliy ishlar». T.1994 y. 
    1.Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari, mazmuni va tashkil etilishi. 
    Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o’quv hamda sinfdan 
    tashqari ishlarning o’zagi, maktabni hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo’lidir. 
    O’quvchilarning mehnatga psixologik va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy 
    vazifalaridan biridir. 
    Maktabning turmush bilan alohasi kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan 
    tashqari ishlarning o’quvchilar o’zlarining mustaqilliklari va tashabbuslarini namoyish eta 
    oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go’zalligi va quvonchini, 
    kollektivning kuchini xis etishlari yordam beradigan yangi shakl va usullari aniqlanmohda. 
    O’quvchilarni sinfdan tashqari ishlarning tushunchalari harakatining davom etishi to’garak 
    ishlari (jumladan yosh naruralistlari va «Mohir qullar» badiiy kashta tikish to’garaklari) kabi 
    formalari keng tarqalgandir. 
    O’quvchilarni mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash o’quvchilar ijtimoiy 
    foydali mehnatning har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarida xilma-xil tarbiyaviy kompleksini 
    qo’llash orqali amalga oshirilishi kerak. 
    O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim-
    tarbiyaviy ishining ajralmas qismi bo’lib, u bilan har tomonlama rivojlantirish, darslarda 
    egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, amalda qo’llanishga yordam beruvchi 
    muhim vositadir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o’quvchilarning bilim doirasini 
    kengaytiradi, mehnat ta’limi tarbiyasi bolalarda fan, texnika, san’atning turli sohalariga 
    qiziqishni o’stirish masalalarini eng mahbul hal etishga yordam beradi. 
    Mehnat ta’limi bo’yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi 
    qo’shimchasidir. O’quv mashg’ulotlari bilimlarga qiziqishni o’stiradi, sinfdan tashqari ish darsda 
    esa bilimlarni kengroq qo’llash hamda chuqurlashtirish imkonini berdi. Shu bilan birga sinfdan 
    tashqari ish darsda beriladigan materiallarni aynan takrorlanmasligi kerak, u sinfdagi ishdan 
    o’zining o’yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarga 
    ishning o’zlariga ko’proq yoqqan, o’zlarini qo’proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon 
    yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq 
    namoyon bo’ladi, bu erda ular istalgan ish bilan shug’ullanishlari, qo’yilgan maqsadga erishish 
    uchun kerak bo’lgan vaqt va kuchni sarflashlari mumkin. 
    Sinfdan tashqari ishning formalari ko’pdir: 
    Ommaviy ish – kechalar, sborlar, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar, ko’rgazmalar. 
    To’garak ishi – «Mohir qo’llar», «Qo’g’irchoq teatr», «Yosh tabiatshunoslar», «Quvnoq 
    ustaxona» to’garaklar. 


    Individual mashg’ulot. Kollekciyalar to’plash, texnika bilan mustaqil shug’ullanish. 
    Temirchilik ishi, qishloq xo’jalik mehnati. 
    Maktablarda boshlang’ich sinfdan tashqari ishlarning ertaliklar, ko’rgazmalar uyushtirish 
    kabi ommaviy ish turidan keng foydalanib, konkurs va viktorinalarga kam e’tibor beriladi. 
    Ommaviy ishlarning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va ayni bir vaqtda katta 
    tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. Chunki eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab qilinadi. 
    Boshlang’ich sinfdagi ishlari quyi sinf o’quvchilarida umumiy rivojlantirishni, ayniqsa 
    o’qishning turmush bilan aloqasi nuqtai nazardan juda muhim va keraklidir. «Mohir qo’llar», 
    «Qo’g’irchoq teatri» to’garaklari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lib, to’garakda o’g’il va qiz 
    bolalar bir xil qiziqish, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug’ullana oladi. 

    Download 93.06 Kb.




    Download 93.06 Kb.
    Pdf ko'rish