=-44-=
mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi
qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi
(BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu
signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan
belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira
yacheykalari adreslarini
shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi
impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma
(AMK) — sonli va belgili axborot ustida
barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK
larning
ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik
soprocessor ulanadi).