=-45-=
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy
kompyuterning asosiy
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi,
negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Tizimli shina
— kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u
kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi.
Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina so’zi)
hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z
ichiga
oladi;
• adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi qurilma
kiritish-chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini parallel uzatish
uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning
hamma bloklariga
ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni)
uzatish uchun simlar va
ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ta’minot (tok) shinasi, u energota’minot tizimiga SHK ning bloklarini ulash uchun
simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.