Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana21.05.2024
Hajmi1,16 Mb.
#248249
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

 
Videomonitor
(displey) — SHK ga kiritilayotgan va undan chiqarilayotgan 
ma’lumotlarni aks ettirish uchun qurilmadir.
Nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari tez rivojlanayotgan multimedia vositalariga 
kiradi.


=-48-= 
 
Nutqli kiritish qurilmasi
— bu turli xil mikrofonli akustik tizimlar, "tovushli 
sichqonlar", masalan, odam talaffuz qilayotgan harf va so’zlarni anglay oladigan
ularni identifikatsiya qiladigan va kodlaydigan murakkab dasturli ta’minot.
 
Nutqli chiqarish qurilmasi
— bu kompyuterga ulangan baland gapiruvchilar 
(dinamiklar) yoki tovushli kolonkalar orqali ishlab chiqariladigan, raqamli kodlarni 
harf va so’zlarga o’zgartirishni bajaradigan turli xil tovush sintezatorlari.
Ma’lumotlarni kirtnsh qurilmalariga quyidagilar kiradi: 
• klaviatura — SHK ga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qo’lda kiritish uchun 
qurilma; 
• grafik planshetlar (digitayzerlar) — planshet bo’yicha maxsus ko’rsatkichni 
(peroni) harakatlantirish yo’li bilan grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni qo’lda kiritish 
uchun pero siljiganda uning koordinatalari o’qiladi va bu ma’lumotlar SHKga 
kiritiladi; 
• skanerlar (o’quvchi avtomatlar) — mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, 
chizmalarni qog’ozdagi tashuvchilardan avtomatik o’qish va SHK ga kiritish uchun
• ko’rsatish qurilmalari (grafik manipulyatorlar) — grafik axborotni displey ekraniga 
kiritish uchun kursor harakatini ekran bo’yicha boshqarish yo’li bilan va keyinchalik 
kursor koordinatini kodlash va uni SHK ga kiritish bilan (joystik — richag, 
"sichqoncha", trekbol — gardishdagi shar, yorug’lik perosi va b. ); 
• sensorlik ekranlar — tasvirlar, dasturlar yoki buyruqlarning aloxida elementlarini 
displeyning poliekranidan SHK ga kiritish uchun.
Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi: 
• printerlar — ma’lumotni qog’ozli tashuvchida qayd etish uchun yozuvchi qurilma; 
• grafikchizuvchilar (
plotterlar
) — grafik ma’lumotni (grafiklar, chizmalar, rasmlar) 
SHK dan qog’ozdagi tashuvchiga chiqarish uchun.
Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari priborlar va avtomatlashtirishning 
boshqa vositalari bilan (interfeyslar moslashtiruvchilari, adapterlar, raqamli-analog va 
analog-raqamli o’zgartirgichlar va sh. o’.) aloqa qilish uchun va SHK ni aloqa 
kanallariga, boshqa EHM va hisoblash tarmoqlariga (tarmoqli interfeysli plata
"ulanishlar", qiymatlarni uzatish multipleksorlari, modemlar) ulash uchun ishlatiladi.


=-49-= 
Yuqorida aytib o’tilgan qurilmalarni ko’pchiligi shartli ajratilgan guruhga — 
multimedia vositalariga mansubdir. 

Download 1,16 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish