=-64-=
dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning (MPX va
kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini odatda DRAM-
mikrosxemalar tashkil etadi.
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor
xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish,
qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar — mikrosekundning mingdan bir ulushlari
bilan o’lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan
ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; MPX
mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira
(AX) tez harakat qiladigan mikroprotsessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan
ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.
Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez
harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli
mikroprotsessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium
MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
Mikroprotsessor registrlari
umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar
turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari — A
segm
,
xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari — A
baza
, A
qayd
,
A
sil
buyruqlar va b. ), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari
belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar
universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni
saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni
bajarishda albatga ishlatilgan bo’lishlari shart.
MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni
ishda ko’rib chiqish mumkin.